Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
QAYSAR BOLA
(Qiziqchilar bisotidan) Bor ekanu yo‘q ekan, Bir bola bo‘lgan ekan. Hammani sensirashni U odat qilgan ekan. Otani ham sen dermish, Onani ham sen dermish. Bir kun muallim unga Shunday deb tanbeh bermish: Sensiraysan hammani, Shu jumladan meni ham. Bunday xunuk odatni Tashlagin endi, ukam. Mening bir maslahatim Natija berar balkim. Siz deyman deb barchani Yuz marta yozib kelgin. Ertasiga bolakay Vazifani bajarmish. Aytganini yuz emas, Ikki yuz bor qaytarmish. Muallim shod: .Men senga, Ha, ishongan edim-da.. Bola dermish: .Seni bir Xursand qilay dedim-da.. 1994 * * * Olamda hech narsa emas yagona, Besh panjang misoli turfa zamona. Agar bir oqilni uchratsang, bilki, Unga to‘g‘ri kelgay yuzta devona. 1994 * * * Paymonalar o‘z-o‘zidan to‘lgan emas, Mangulik ham bir lahzada bo‘lgan emas. Hoy raqibim, alay-balay dema menga, Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 105 Men o‘lmayman, chunki bobom o‘lgan emas. 1994 * * * Ishlari ig‘vo-yu tuhmat va riyo, Aldamchi, haromxo‘r, iymonsiz balo. Agar ularni ham yaratgan bo‘lsang Kimdan gina qilay endi, ey xudo. 1994 * * * She’rim, aytgan so‘zim, ba hukmi zamon, Tarqalib ketdilar hammasi har yon. Qalblarda tinch-totuv yasharmi ular, Bozor iqtisodi bilan yonma-yon. 1994 BAYRAM Toki tirik ekan dunyoda odam, Unga hamroh erur goh shodlik, goh g‘am. Ertang ne bo‘lishin bilmasman ammo, Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. Yordan ayri kechsa - har lahza abas, Vafosiz do‘stni ham do‘stim dema, bas. Keng jahon sen uchun bo‘lmasdan qafas, Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. Demagil, chopqirdir omadim manim, Hech qachon belanmas loylarga sha’nim. Ustingdan yozmasdan bir nomard g‘anim, Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. Oddiy narsalarni ko‘zga ilmay goh, Olis yulduzlar deb chekamiz oh-voh. Boshingni qotirmay yoningdagi moh, Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. Olamda bazmu aysh uchrar alomat, Bemorga bormikan undan halovat. Mayliga yovg‘on ich, lekin salomat, Tinch o‘tgan har kuning, albatta, bayram. Eng avval tinch bo‘lsin ko‘ksingda vijdon, Tinch bo‘lsin elu yurt, Vatan jonajon. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling