Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAQTANCHOQLAR
www.ziyouz.com kutubxonasi
113 Anbiyo - anbiyodir. Balki davron yo‘rug‘i Aslan to‘g‘ri bo‘lgaydir. Lekin ming bor dod dema, O’g‘ri - o‘g‘ri bo‘lgaydir. Har qadamda bir masjid Qurganing bilan, inson, Insof bermasa, hech kim Muslim bo‘lmas hech qachon. Ko‘pkariga kirganning Halollik erur dardi. Lekin ular safida Ot surar bir nomardi. Gohida sadoqatli Do‘stlaring qolib bir yon, Yo‘lin topib, qo‘yningga Kirib olgaydir ilon. Mo‘min deb atar o‘zin Goh yaxshi ham, yomon ham. Qaysi biri haq erur? O’zi bilgaydir Egam. Tuzumlar o‘zgarsa ham Inson o‘zgarmas ekan. Tizimlar o‘zgarsa ham Inson o‘zgarmas ekan. Shul boisdan Payg‘ambar Ummat g‘amin yeganlar. Allohdan boshqasiga Sig‘inmagin, deganlar. 1996 XAYOL Xayolga berilma, birodar, Qush kabi nazar sol olamga. O’ylamay mehr qo‘y odamga, Xayolga berilma, birodar. Xayolga berilsang mabodo, Ko‘p noxush narsalar ko‘ringay. Ilohlar iblisdek suringay, Xayolga berilsang mabodo. Xayolga berilsang nogahon Ko‘ringay Furqatdek to‘g‘ri ham. Ko‘ringay shu nomlik o‘g‘ri ham Xayolga berilsang nogahon. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 114 Xayolga berilsang, ochilgay Qarshingda bir go‘zal surati. Ayni choq alvasti siyrati Xayolga berilsang, ochilgay. Xayoling aldaydi ehtimol, Dunyoda diyonat bor deya, Daydi bir kuchukni nor deya Xayoling aldaydi, ehtimol. Xayoling puch bo‘lmas, inshoolloh, Sen faqat fanoni o‘ylasang. Sen faqat baqoni o‘ylasang, Xayoling puch bo‘lmas, inshoolloh. 1996 MAQTANCHOQLAR Bir kuni yig‘ildi uchta maqtanchoq, Har kim o‘z yutug‘in so‘ylay boshladi. Eng yuksak marrani zabt etgan qay choq? Boshlarin qashlashib o‘ylay boshladi. Birinchisi dedi: - Men aytsam agar, Omad degan narsa dunyoda bor-da! Hali aholisi bundan bexabar, Ulkan bir shaharni yutdim qimorda. Ikkinchisi dedi: - Murodga yetdim, Ne-ne zukkolarning oldim aqlini. Kuppa-kunduz kuni o‘marib ketdim Mashhur bir shoirning qalam haqini. Uchinchisi dedi: - Asli men g‘olib, Jasorat barq urar qilgan ishimda. Qaysi kun ko‘rpaga burkanib olib, Boshlig‘imni so‘kdim boplab... ichimda! 1996 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling