Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
123 ketasanlar. Xudo senlarni jazosiz qoldirmaydi. — Shu yerda tormozni bosing, okaxon. Shu yerda birpas to‘xtang. Siz meni bilmaganday gapirasiz-a... Agar Azroil kelib «Qaysi birlaringning joningni olay?» desa men o‘zimni ro‘para qilaman. Asad... o‘lmasligi kerak, o‘lmaydi... Do‘xtirlardan ish chiqmaydi. Ular janozani o‘qib bo‘lishgan. Lekin bir odam bor ekan. O‘sha tuzatishi mumkin ekan. Men uning oldiga bordim. Eshshakdan battar qaysar bir chol ekan. «Bormayman, kasalingni ko‘rmayman», deb turib oldi. — Kim ekan u? — E, bir qari chol o‘zi... — Kesakpolvon Abdurahmon tabib bilan bo‘lgan uchrashuvni qisqa tarzda bayon qildi. Uning uloqchi otlarini otib tashlashni buyurganini esa aytmadi. — Asadni olib boramiz, — dedi Jalil bir oz mulohaza qilgach. — Ovora bo‘lmang, bormaydi. Bek tabiblarga ishonmaydi. Og‘ayningizning ham eshshakka o‘xshagan qaysar fe’li bor, bilasiz-ku... Ayniqsa, kasalidan xabar topganimizni bilsa, yomon bo‘ladi... O‘sha tabibning oldiga... siz borib keling. — Men borsam kelarkanmi? — Keladi... U esh-shak mendaqalarni yoqtirmas ekan. Kambag‘alparvar emish. Uni uyingizga olib kelsangiz, Asadni bir bahona bilan chaqiramiz. Kesakpolvonning bu ehtiyotkorligi Jalilga yoqmadi. Bir ko‘ngli hoziroq oshnasining oldiga borib, «Nega kasalingni mendan yashirasan, tur, ketdik, tabibga!» demoqchi ham bo‘ldi. Keyin esa, do‘stining xastaligiga e’tiborsiz qaragani uchun o‘zini o‘zi koyidi. Kesakpolvonning fikrlarida ma’no bordek tuyulib, o‘ylanib qoldi. — O‘zingiz bormasangiz bo‘lmaydi, — dedi Kesakpolvon. — Bo‘pti, ertalabgacha bir mulohaza qilib ko‘ray. Borsam boraveraman. — Ertalabgacha kutib nima qilasiz? Mashina tayyor. — Mana bu kallani Xudo o‘ylab ish yuritish uchun yaratgan. Ertalab beshda kelasan. — Gap yo‘q, o‘g‘il bola! — dedi Kesakpolvon uning ko‘nganidan quvonib. Beshu nol- nolda shu yerdaman. U shunday deb eshikka yaqinlashganida Jalil uni to‘xtatdi: — Gap shu: bilib qo‘y, sen bormaysan. Kesakpolvon bu shartga bajonidil rozi bo‘lib, kulib qo‘ydi. Jalil tuni bilan uxlamadi. Uning bezovtaligini sezgan Qamara «adasi, mazangiz bo‘lmayaptimi?» deb mehribonlik qilib, shuning evaziga «shiringina» so‘kish eshitib oldi. Bunaqa paytda eri duch kelgan odamga nishini sanchishi mumkin ekanligini bilgani uchun boshqa indamadi. Jalil uyiga sig‘madi. Ko‘chib kelganidan beri endi uyi tor, juda tor tuyuldi. Devorlar uning ustiga tog‘ qoyalari kabi bostirib kelib, bo‘g‘ganday bo‘ldi. Oshxonaga chiqib, muzdek suv simirdi. Mehmonxonada u yoqdan-bu yoqqa yurdi. So‘ng... kiyindi. Ko‘chaga chiqdi. Asadbeknikiga bormoqni niyat qilib, mashina to‘xtatdi. Haydovchi mashinasini yurgizishi bilan tirikchilik og‘irlashganidan shikoyat qilib, «bola-chaqaning rizqini deb yarim kechada yurganini» aytganida Jalil haqni tuzukroq to‘lashi lozimligini uqib, g‘ijinib qo‘ydi. Boshqa payt bo‘lganida mashinani to‘xtatib, tushib qolardi yoki haydovchiga «shirin» gaplaridan uch-to‘rttasini aytib ko‘ngil g‘uborini yozardi. Hozirgi kayfiyati, sharoiti unisini ham, bunisini ham ko‘tarmadi. Indamay ketaverdi. Mashina Asadbekning darvozasi qarshisiga yetganda «to‘xtat», deb buyurdi-da, cho‘ntagiga qo‘l soldi. Ko‘chaga pulsiz chiqib kelavergani shundagina ma’lum bo‘ldi. — Uka, xayol qursin, pul uyda qolibdi. Birpas kuting, kiramanu chiqaman. Qaytib borgandan keyin xursand qilaman, — dedi Jalil xijolat bo‘lib. — Bratan, ro‘lda uxlab qolay deyapman. Qaytib olib borolmayman. — To‘xtab turing bo‘lmasa, — Jalil shunday deb darvoza tomon yurdi. Uni tanigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling