Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
119 ma’lum bo‘lsami, bir-ikki musht bilan qutulolmasligini u yaxshi biladi. U hojasiga yolg‘on gapirish mutlaqo mumkin emasligini yodida saqlasa ham ba’zan shunaqa aldovlardan foydalanishga majbur bo‘lardi. Xayriyatki, bu safargi yolg‘oni uni malomatdan qutqardi. Asadbek to‘g‘riga, ish yuritadigan xonasiga emas, chapdagi xos xonaga kirib, divanga yonboshladi-da, ostonada buyruqqa mahtal turgan Bo‘tqaga qarab: — Nimang bor, olib kel, — dedi. Bo‘tqa shu turishida egasining ko‘ziga mo‘ltillab qarab, dumini likillatayotgan ko‘ppak holatida edi. U hojasining ko‘ngli nima tusayotganini bilganday videoga xorij filmini qo‘ygach, dasturxon tuzash tadorigini boshladi. O‘zi oshxonada masalliqlarni tayyorlab turdi. Olib qolgan ikki «qushcha»si esa xizmatda bo‘ldi. Oq harir ko‘ylakdagi «qushcha»lar xonaga go‘yo suzib kirdilar. Ichimlik, yemaklarni karashma bilan qo‘yib, karashma bilan chiqdilar. Asadbek bu yoqqa kelayotganida qizlar bilan maishat qilishni o‘ylamagan edi. Uning maqsadi uyidan sal chetroqda bo‘lish, ko‘z oldiga keltirgani — lahadda yotish manzarasidan uzoqlashish, biror piyola aroqni simirib sarxush bo‘lish edi. Qizlarni ko‘rgach vujudida shahvat uyg‘ona boshladi. Yaqindagina lahadda yotishdan qo‘rqqan odam bu dunyoning jannatida huzur qilishni a’loroq deb bildi. Adashgan bandagina hayotning lazzati sharob va zinoda deb biladi. Buning aldamchi lazzat ekaniga aqli qosir bandaning fahmi yetmaydi. Sharob va zino lazzati danak ustini yalamoq kabidir. Chin lazzat esa danak ustida emas, mag‘zida ekanini anglamoq shu qadar mushkulmi? Bu danak aql bilan chaqiladi. Aql shu darajada zaifmi? Chin lazzat — ruh lazzati ekanini Asadbek ham bilmaydi. U aroqni quyib ichib, televizorga tikilgach, vujudida o‘t alanga oldi. Qizlar kirgach, birini yoniga chaqirdi. Qizlardan biri chaqirilgan bo‘lsa-da, ikkinchisi noumid chiqib ketmay, dugonasiga ergashib yaqinlashdi. Bo‘tqadan aniq ko‘rsatma olgan «qushcha»lar bu kasalmand, behol odamning ko‘nglini ovlashga tushdilar. «Bu odam xastaga o‘xshaydi, kasali yuqib qolmasmikin?» deb mulohaza ham qilib o‘tirmadilar. Yaxshi xizmat uchun yaxshi haq olishlari ularni bunday mulohazalardan benasib etardi. Qizlardan birining labiga labini bosib, so‘ng noz bilan «Oh!» deb qo‘yishi Asadbekning boshiga gurzi kabi urildi — u go‘yo qizi Zaynabning ovozini eshitganday bo‘ldi. O‘sha sharmandali kunda, uchinchi qavatda, eshik o‘rniga tutilgan parda ortidan Zaynabning shunday ovozi kelgan edi. Oradan kunlar o‘tganiga qaramay Asadbekni bu ovoz holi qo‘ymasdi. Dam-badam eslab, yuragi zirillardi. Hozir yana o‘sha ovoz... Faqat... Faqat hozir boshqacha ohangda eshitilganday bo‘ldi. Hozir... Hozir nechundir unda shahvat ohangi yo‘q edi. Hozir... «Oh, otajon!» deganday nola bor edi. Asadbekning ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Avval... Avval chiroq o‘chganday bo‘ldi. Zim-ziyo tun... Sukunat... Yo‘q, qora tun emas. Qora tun chekindi. Uning o‘rniga... qonli tun bosdi. O‘sha sharmandali kunda, qalbiga o‘lim baytlari yozilganini bilmay eshik o‘rniga parda tortilgan xonada ayshini surayotgan yigit tanasidan sachragan qon devordan sizib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling