Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
116 edi. Onasi ham aytyapti... — Tuyalarni qaytaraman, — deydi Asadbek. Onasi afsus bilan bosh chayqaydi. Otasi esa: — Sen qaytarolmaysan, — deydi. — Qaytaraman, — deydi Asadbek o‘jarlik bilan. Keyin... yugurmoqchi bo‘ladi. Yuguraman, deydi-yu, zil-zambil oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmaydi. Kimdir qah-qah otib kuladi. Atrofiga alanglab kulgi egasini qidiradi. Bir do‘ng ustida Hosilboyvachchani ko‘radi. — Ablah, sen tirikmisan, o‘lmaganmiding? — deydi Asadbek. — Men o‘lmayman. Meni hech kim o‘ldirolmaydi, — deydi Hosilboyvachcha, — yugurma, ovora bo‘lma. Baribir yetolmaysan. Tuyalar ketib bo‘ldi. — Yetib olaman, — deydi Asadbek. So‘ng yana yugurmoqchi bo‘ladi. Oyoqlari bo‘ysunmaydi. Bir joyda... bo‘ri ko‘rinadi. Nimanidir ishtaha bilan yeyapti. Asadbek to‘xtab, bo‘riga tosh otadi. Bo‘ri osmonga bo‘ynini cho‘zib uvlaydi. Shu asnoda u... og‘zi qon Kesakpolvonga aylanadi. — Haydar?! Sen nima qilyapsan bu yerda? Kesakpolvon og‘zidan qonni oqizib kuladi. Asadbek uning o‘ljasiga qaraydi: Chuvrindi! Ko‘ksi yorilgan. Yuragi sug‘urib olingan... — Haydar! Ablah! Nima qilyapsan? — O‘lib qolibdi, go‘shti bekorga isrof bo‘lmasin, deb yeyapman. Ma, sen ham ye, yuragi shirin ekan. Shunday deb qon tomib turgan yurakni uzatadi. — Yo‘qol, hayvon! — Asadbek shunday deb chekinadi. Kesakpolvon esa yurakni cho‘zganicha uni ta’qib etadi. So‘ng yurakni tishlab, chaynay boshlaydi... — Yo‘qol, hayvon! Yo‘qol!.. Asadbek o‘zining baqirig‘idan o‘zi cho‘chib tushdi. A’zoyi badanini ter bosgan, nafas olishi og‘irlashgan holda uyg‘ondi. Xonada havo qolmagandek tuyulib, derazani ochdi. Yopirilib kirgan muzdek havo yo‘talini uyg‘otdi. Xapdori yutsa ham kor qilmadi. Yo‘tal ovozidan sergaklangan boloxonadagi yigitlardan biri choynak ko‘tarib kirib, bir piyolada qaynoq choy uzatdi. Yo‘tali bosilgach, Asadbek o‘rniga behol cho‘zildi. «Shu yo‘tal olib ketadimi endi... — deb o‘yladi u.— Bitta yo‘talga qo‘shilib chiqadimi jonim? Shuncha to‘plagan boyligim bitta yo‘talning evini qilolmaydimi? Dardimga davo berolmaydigan bu boylikni nima uchun yig‘dim? Bolalarim uchunmi?.. Ha, bolalarim uchun...» «Kimning puli bo‘lsa — o‘shaning kelajagi bor. Puli yo‘qda kelajak nima qilsin? Umuman... puli yo‘q odam bu dunyoda yashamasa ham bo‘ladi», deb yurgan odam holsizlanib yotib, o‘zini o‘zi ovutardi. Hozir unga «Puldorning ahvoli shumi? Puldor odamning kelajagi — kafanmi?» deydigan odam yo‘q. Bunday fikr qorong‘ulikdagi aqlning qay bir qirralarini yoritadi. Lekin u mazkur haqiqatni tan olishni istamaydi. «Nima qilgan bo‘lsam bolalarim uchun edi», deb o‘zini o‘zi ishontirmoqchi bo‘ladi... «O‘zim yo‘qchilikka chidardim. Manzura ham chidardi. Bolalar zoriqmasin, dedim. Bolalarim... o‘lim oldidan ularni ko‘rish nasib etadimi? Ularga nima deyman? Ha... «Rozi bo‘linglar», deyman. Zaynab... rozi bo‘larmikin? Balki... ko‘nglim uchun «roziman», der. Lekin... Men uni baxtsiz qildim. Har nima bo‘lganda ham otarchiga uzatmasligim kerak edi. Mendan katta xatolik o‘tdi... Otarchini o‘ldirishim kerak edi... Ojizlik qildim... Mahmudga aytib qo‘yishim kerak... Mendan keyin uni o‘ldirsin... Yo‘q... Balki bundan bu yog‘iga yaxshi yashab ketishar?.. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling