Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
nafs bor. 
— Tushunmadim? Nima, unga pora berishim kerakmi? 
— Men unaqa deganim yo‘q. Safsata sotmang, ularga haqiqat kerakmas, deb 
ogohlantirmoqchiman, xalos. Oshiqcha gapirib yubormasangiz bas. Uyushgan 
jinoyatchilik haqida umuman gap ochmang. Siz bu haqda hech nima bilmaysiz. 
— Shuni aytgani chaqirtirdingizmi? — dedi Zohid norozi ohangda. 
— Ha. Yana qaytaraman: ehtiyot bo‘ling. Hozirgi ishlarimizning isini chiqarmang. 
Said Qodirov shunday deb qog‘ozlarini yig‘ishtira boshladi. 
— Ketaveraymi? — dedi Zohid. 
— Ha. Aytmoqchi, Sharipov hibsda, buni ham bilib qo‘ying. 
Zohid tashqariga chiqib, sovuqdan junjikdi. Said Qodirovning maxsus chaqirib 
ogohlantirishi unga ortiqchaday tuyuldi. «Buncha vahima qiladi. Men qoradori bo‘yicha 
«Ish» ochdim. Hammasi qonuniy bo‘ldi. Uni boshqalar chiqarishdi. Vinzavod hujjatlarida 
qalbakilik bo‘lsa, mening nima aloqam bor?» 
Ishxonasiga borguniga qadar shu fikrda bo‘ldi. Faqat xonasiga yaqinlashganida eshik 
og‘zida ikki notanish yigitni ko‘rib ogohlantirishning bejiz emasligini angladi. 
Eshik ochmoqchi bo‘lganida yigitlardan biri yo‘lini to‘sdi-da: 
— Kimsiz? — dedi dag‘al ohangda. 
Zohid o‘zini tanishtirib, guvohnomasini ko‘rsatgach, uning o‘zi eshikni ochdi. Zohid 
o‘zining o‘rnida o‘tirgan ayolni ko‘rib «Maskovdan kelgan Azroilning urg‘ochisi shumi?» 
deb o‘yladi. Zohid ichkari kirib, orqasidan eshik yopilgach, mallasoch o‘rnidan turdi. 
Arina Berger, SSSR prokuraturasidanman, — dedi-da, stol ustidagi qutidan sigaret 
olib, labiga qistirdi. 
Sharipov, — dedi Zohid, o‘zini tanishtirish maqsadida. 
— Sharipovligingizni bilamiz, o‘tiring, — dedi Berger sigaret tutatib. So‘ng stolga omonat 
o‘tirdi-da, unga tikildi. 
— Ish paytida qaerlarda yurganingizni rahbarlar bilishmaydimi? 
— Ish paytida ish bilan shug‘ullanamiz, — dedi Zohid uning qilig‘idan g‘ashi kelib. 
— Qaerda edingiz? 
— Shahar turmasida. 
— Siz Sharipovsiz... Sharif Namozov kimingiz bo‘ladi? Sharif... Sharipov... 
— O‘zbeklarda bunday ism ko‘p uchraydi. Ruslarning Ivaniga o‘xshaydi. 
— Shunaqa deng? Ruslarga o‘xshasa yaxshi... Demak, Sharif Namozov kimingiz bo‘ladi? 
— Hech kimim, begona odam. 
— Hali «Uni tanimayman» ham dersiz? 
— Taniyman. 
— Qiziq... darrov tanishingiz qiziq? 
— Prokuraturadagi birinchi ishim. Hali bir yil ham bo‘lgani yo‘q. Xotiram ham yaxshi, 
nolimayman. 
— Xotirangiz yaxshimi? Bu juda go‘zal! Hozir sinab ko‘ramiz. Mushuk-sichqon 
o‘ynaymizmi yo to‘g‘risini ayta qolasizmi? 
— Nimaning to‘g‘risini? 
— Tushunmayapsizmi? Yaxshi, lo‘nda qilib aytaymi? Gap shu bo‘lmasa: qamoqdan 
chiqarib yuborganingiz uchun Sharif Namozov sizga qancha haq to‘ladi? 
Bunday ahmoqona savolning bu qadar bezbetlarcha berilishini Zohid kutmagan edi. 
Savol xanjar bo‘lib yuragiga sanchilib, bir burab olinganday bo‘ldi. 
— Bunaqa savolni... hazillashib ham berib bo‘lmaydi, — dedi u g‘azabini ichiga yutib. 
— Men hazillashayotganim yo‘q, — dedi Ber- ger. — Siz bilan hazillashay deb ikki 
qit’ani bosib kelganim ham yo‘q. Meni haqiqat, faqatgina haqiqat qiziqtiradi. Xotiringiz 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling