Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
chiqardi. 
Asadbek yana bir necha fursat qimir etmay o‘tirdi. So‘ng o‘zicha «Gaplaring to‘g‘ri, 
og‘ayni. Sen hamisha to‘g‘ri gapirgansan», deb qo‘ydi.
2 
Kesakpolvon Jalilga bergan va’dasiga ko‘ra shom chog‘ida unikiga kirib keldi. Shom 
namozini o‘qib chiqqan Jalil u bilan ko‘risha turib, oshkora tarzda burnini jiyirdi. Jalil 
maktabda o‘qib yurgan chog‘larida ham uni xushlamasdi. Asadbekka bir necha marta 
«Shu boladan nariroq yur», dedi. Keyin indamay qo‘ydi, ammo yomon ko‘rishini hech 
vaqt yashirmadi. Kesakpolvon buni yaxshi biladi. Lekin Jalilning gaplarini hazil deb bilib, 
tirjayib yuraveradi. U Jalilning Asadbekka ta’sir o‘tkaza olishga qurbi yetishini bilgani 
uchun ham har qanday haqoratu so‘kishlariga chidaydi. 
— Bunaqa sasib yuradigan bo‘lsang kelma, devdim-ku? 
— Okaxon, bugun og‘zimga olmadim. Bu kechagining hididir. Bo‘ldi, endi tavba qildim. 
Ikkinchi qaytarilmaydi, — dedi Kesakpolvon. 
— Sening tavbang nima-yu, laychaning angillashi nima. 
— Ee-zvoring-a, ezzvoring... — dedi Kesakpolvon kulib. 
Jalil stol ustidagi qog‘oz xaltaga qaradi-da, bir uchi ko‘rinib turgan kolbasani tortib 
chiqardi: 
— Bu nima? — dedi zarda bilan. 
— Ha, endi quruq kelmay dedim, bolalarga... 
— Senga birov «Jalilning bolalari harom narsa yeydi» devdimi? 
— Ie, nega harom bo‘larkan? Hozir iskaladga kirib oldim. Otliqqa ham yo‘q, bu zo‘ridan, 
okaxon. 
— Zo‘rimi? — Jalil shunday deb derazani ochdi-da, pastga bir qarab olib, so‘ng kolbasani 
ko‘chaga irg‘itdi. 
— Iy-ya, — dedi Kesakpolvon ajablanib, — yemasangiz nega isrof qilasiz? 
— Haromni it-mushuklar yesin. Bironta musulmonning halqumini harom qilmasin. 
— Obbo... — dedi Kesakpolvon, ensasi qotib. 
Jalil qog‘oz xaltaning ichiga qaragan edi, Kesakpolvon: 
— Bunisi go‘sht. Qassobniki. Happai halol, — deb izoh berdi. 
— Sening qo‘lingga tushguncha halol bo‘lgandir. Buni ham harom qilibsan. Olib ket
o‘zing ye. 
— Nega harom bo‘larkan. Qassobniki axir? 
— Harom kolbasang tekkan unga. 
— Ob-bo... ja-a tor olib yuborasiz-da, okaxon. Bo‘pti, o‘zimizga tan, yana buni ham 
tashlab yubor- mang. — Jalil shunday deb qog‘oz xaltani olib ostonaga yaqinroq 
yerga qo‘ydi. 
Jalil Kesakpolvonning tezroq chiqib ketishini istab, unga savol nazari bilan tikildi. 
Kesakpolvon mezbonning maqsadini angladi. Ammo daf’atan muddaoni aytolmay, 
cho‘ntagidan sigaret chiqardi. 
— Bu yerda chekma, — dedi Jalil, undan nigohini uzmagan tarzda. 
— Ob-bo... — dedi Kesakpolvon norozi ohangda, — odam deganni shunaqangi ez-zib, 
qon qilib yuborasizmi, a? 
Jalilning tiliga «Sen hali odammisan?» degan kinoya keldi-yu, biroq, haddan oshirib 
yubormay, deb gapini ichiga yutdi-da: 
— Menda ishing bormidi? — degan savol bilan Kesakpolvonning mushkulini oson qildi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling