Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
lahadmi? Keyin... «Asadbek qanaqa odam edi?» so‘rashadi. «Yaxshi odam edi», 
deyishadi. Ha... Bu gaplari to‘g‘ri bo‘ladi. Dunyodagi eng yaxshi odam — o‘lik odam. 
Chunki u birovga yomonlik qilmaydi...» 
Shu fikrga kelgan Asadbek qaddini ko‘tardi. Nazarida shu yotishida o‘lib qoladiganday 
tuyulib o‘rnidan turdi. Shu paytgacha o‘limini o‘ylaganida uncha cho‘chimayotgan 
edi. Hozir lahadda yotishi ko‘zi oldiga kelganda sovqotayotgan odamday etlari junjikdi. 
Qo‘rqdi. O‘limidan emas, lahadda yotishidan qo‘rqdi. 
Lahad — u dunyo ostonasi. Asadbek bu ostonada o‘zini nimalar kutayotganini, qanday 
savol-javobga mubtalo bo‘lishini o‘ylamadi. U qorong‘u, zax lahadda yolg‘iz yotishdan 
qo‘rqdi. Nopok dil ila, imonsizlik ila o‘z umrini vayron qilishdan qo‘rqmagan odam 
lahadda yotishdan qo‘rqdi. Tushida onasi aytgan qabr azobi nima ekanini bilmay turib
lahadga tushishdan qo‘rqdi... 
Nazarida uy torayib lahadga aylanayotganday bo‘ldi. Yuragi o‘ynab, deraza tokchasidagi 
tugmani bosdi. Xastalikka chalinganidan keyin Chuvrindining topshirig‘i bilan barcha 
uylarga qo‘ng‘iroq tugmalari o‘rnatilgan, Asadbek boloxonadagi yigitlarni shu 
tugmalardan birini bosib chaqirardi. 
Navbatchi yigit hayallamadi. 
Jalil akangni olib kel, — dedi Asadbek unga. 
Navbatchi yigit uzoqlashgach, Asadbek yana qo‘ng‘iroqni bosdi-da, iziga qaytib «Labbay, 
Bek aka» deganicha qo‘l qovushtirgan yigitga: 
— Jalilnimas, Mahmud akangni top, — deb buyurdi. 
Asadbek Jalilni ko‘rmoqni istagan edi. Lekin «Men ping‘illasam, u bobillasa dilim xufton 
bo‘lar», degan o‘yda ko‘ngliga qarshi ish qildi. 
Chuvrindini chaqirtirishga chaqirtirdi-yu, «Yarim tunda ovora qilishim shartmi?» deb 
o‘yladi. O‘zini xayolan lahadda ko‘rganidan so‘ng uyda yolg‘iz qololmas ham edi. U 
Chuvrindi kelgan taqdirda ham bu uyda ko‘ngli osoyish topmasligini bilib, yana 
qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi-da, ostonada ko‘ringan yigitga «Chaqirma. Mashinani olib 
chiq. Idoraga boramiz», dedi. 
Xo‘jayinning yarim tunda kelishi Bo‘tqa uchun kutilmagan holat sanalardi. To‘g‘ri, u Bek 
akasi kunning istalgan vaqtida paydo bo‘lishi mumkinligini biladi, hamisha shunga shay 
turadi. Ammo uyida dam olib yotgan odamning yarim tunda yo‘lga chiqishi uni bir oz 
xavotirga soldi. 
Zamon sal qaltislashgani sababli keyingi oylarda tungi maishatlar asosan to‘xtatilgan 
bo‘lsa-da, ayrim ko‘ngli nozik akaxonlar hanuz bu yerto‘laga qo‘nib turishardi. Bu tun 
ham kichik ulfat aysh surayotgan damda Asadbekning tashrifidan ogoh bo‘lindi-yu, 
tezgina tarqalindi. Bo‘tqa «Bek akam kennayimsiz sal qiynalgandirlar», degan o‘yda har 
ehtimolga qarshi, o‘z ta’biri bilan aytilganda ikkitagina «qushcha»ni uchirib yubormay, 
olib qoldi. 
Videobardagilar uy-uylariga jo‘nagan bo‘lsalar-da, ulardan meros qolgan aroq hidi, 
sigaret tutunlari hali tarqamagan edi. Asadbek ichkari kirishi bilan Bo‘tqani bo‘ralab 
so‘kdi. 
— Yig‘ishtir demaganmidim bu ishlarni! — deb, qulochkashlab urdi. 
Zarba kuchli emasdi. Shu bois Bo‘tqa bir tebrangan bo‘ldi-yu, yiqilmadi. Aslida bu 
zarbaga chap berishi mumkin edi, ammo xo‘jayinning muborak qo‘llari quruq qaytmasin 
deb jag‘ini tutib bergan edi. 
— Akaxonlar iltimos qilishuvdi, yo‘q deya olmadim, — dedi aybdor bolaning holatida. 
— Kim u akaxonlaring? 
Bo‘tqa Asadbek hurmat qiladigan ikki odamning nomini aytishga aytib, «Ishqilib 
tekshirib qolmasin-da», deb cho‘chidi. Agar bu odamlarning bugun kelmagani Asadbekka 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling