Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 XI b o b 1 Asadbek tush ko‘rdi. Qabriston... Ruhi shodlar va qabr azobini chekayotganlar diyori. Bu do‘ngliklar odamlarning jasadlari bilan birga qancha sir-sinoatlarni yashirgan ekan? Boylik yo‘lida hech narsadan qaytmagan ham, bir burda nonga muhtoj bo‘lganlar ham shunda. Unisining ham, bunisining ham boshida guvala... O‘rkach-o‘rkach hisobsiz do‘nglik — hisobsiz qabr, hisobsiz taqdir, hisobsiz ajr... Ayrim qabrlar ustida ajib nur jilva qiladi. Asadbekning ko‘zlari bu nurdan qamashadi. Nur oppoq qushlarga aylanib, charx ura boshlaydi. Asadbek onasining qabrini izlaydi. Ikki qabr... Yonma-yon... Qora marmartosh qo‘yilgan. Biri onasiniki, kichikrog‘i Samandarniki... Ajab manzara: bu qabrlar ustida oppoq qushlar charx urmaydi. Aksincha, olov tillari ko‘rinadi. Kimningdir oh urgani eshitiladi. Asadbek bu ovoz egasini taniydi: onasi! Samandarning o‘limidan so‘ng uyqusiz tunlarda shunday oh chekardi. «Yotgan yerlarida ham oh uryaptilarmi?» Asadbek ajablanib qabr sari yuradi, yuraveradi. Qabr esa undan qochgandek chekinadi, chekinaveradi... So‘ng... olov tillari o‘rnida onasi ko‘rinadi. Qo‘lida Samandar — xasta Samandar. Ko‘zlari yumuq. Harakat sezilmaydi. Jonsiz Samandarmi? So‘ng... otasi... — Ada? — deb ajablanadi Asadbek, — Siz ham shu yerdamisiz? — Hammamiz birgamiz, toychoq, — deydi otasi jilmayib. — Yaqinda men ham kelsam kerak, — deydi Asadbek. — Kelasan... Men kutyapman. Senga chena yasab qo‘yibman... Chenada uchishni sog‘indingmi? — Sog‘indim ada... — Bolam, qiynalib ketdingmi? — deydi onasi. — Qiynaldim, — deydi Asadbek. — Kela qol, adang chenada uchiradilar. Qara, yog‘och chena yasabdilar o‘zlari. Asadbek atrofga alanglaydi. Chana ko‘rinmaydi. Ba’zi qabrlar ustida charx urayotgan oq qushlarga ajablanib qaraydi: — Bular qanday qushlar? — deb so‘raydi Asadbek. — Bular shu qabrlarda yotganlarning ruhlari. Ular u dunyoda solih farzandlar qoldirganlar. — Siznikida olov ko‘rdim?.. — Oh... bolam... sen qabr azobi nima ekanini bilmaysan... — Sizlar bu dunyoda halol yashadingiz, umrlaringiz azob bilan o‘tdi. Yana qanday azob bo‘lishi mumkin? — Solih farzand... — Tez-tez xudoyi qilaman, qo‘ylar so‘ydiraman, machit qurdiryapman. — Bu yetarli emas, bolam... Solih farzand amali... — Solih farzand amali? Nima bu?.. Onasi javob o‘rniga «Oh!» deb qo‘yadi. Qabriston etagida oq tuyalar ko‘rinadi. Tuya karvoni asta yurib qabristonni tark eta boshlaydi. — Oq tuyalar ketishyapti, — deydi onasi afsus bilan. — Ularni qaytarish kerak, — deydi otasi. — Mozorimizdan avliyolar ketib qolishyapti. Odamlardan iymon ko‘tarilyapti... Asadbek o‘ylandi. Avval ham kimdandir eshitib edi bu gapni. Ha, esladi: Manzura aytib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling