Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
gunohga botar edik. 
— Qo‘rqitish-chi? 
— Pulsiz oila zo‘ravon bo‘larmikin? Uni kim qo‘rqitadi? Onammi? Siz... onamni 
ko‘rdingizmi? Bir ko‘ring... Gaplashing... Akam bilan ham gaplashing... Akam... Agar 
qo‘llarini chivin chaqib turganini ko‘rsalar, avval: «Shu chivinni o‘ldirish mumkinmi?» 
deb domladan so‘rab oladilar. Shunday odam qizni qo‘rqitarmikin? 
— Unda sabab nima? 
— Xudoning o‘zi qizni to‘g‘ri yo‘lga solgan, vallohi a’lam. Tuhmat tufayli qanday gunoh 
botqog‘iga botayotganini bilgandir. Siz uning o‘zi bilan gaplashdingizmi? 
— Gaplashdim. 
— Nima dedi? 
Zohid unga «Tergovchi menmanmi yo sizmisiz?» deganday savol nazari bilan qaradi. 
Botirov bu qarashning ma’nosini uqib, boshini egdi. 
— Voqea sodir bo‘lgan kuni, ya’ni 1986 yilning yigirma birinchi dekabrida qaerda 
edingiz? 
— Uch marta sud bo‘ldi. Ungacha necha marta so‘rashdi. Yaxshilik bilan ham so‘rashdi, 
yomonlik bilan ham so‘roq qilishdi. Har safar to‘g‘risini aytdim. Ikkinchi sudda gapimga 
ishonib oqlashdi. Lekin adolat qilgan sud yana buzildi. Uchinchisi yana qo‘shib berdi. Men 
hech qachon iqror bo‘lmaganman. Qiz ham ayblovni rad etdi. Lekin... Siz yana 
so‘rayapsiz. Hammasi qog‘ozlaringizga yozilgan-ku? 
— Yozilgan bo‘lsa ham savolimga javob bering. 
— O‘sha kuni ustozimni Ollohning huzuriga kuzatgan edik. 
— Aniqroq ayting. 
Botirov boshini ko‘tarib, Zohidga norozi qiyofada boqdi. 
— Ustozimning janozalari bo‘lgan edi, — dedi sal qo‘polroq ohangda. 
— Ustozingiz kim? 
— Ne’matilloh alloma. 
— Qaysi qabristonga qo‘ygansizlar? 
— Qabristonning nomi esimda yo‘q. 
— Janozani qaysi masjidda o‘qidinglar? 
— Janoza hovlida o‘qilgan. 
— Nima uchun masjidda o‘qilmadi? 
— Jamoat ko‘p edi... Undan tashqari... o‘shanda masjid berkitilgan ekan. 
— Ustozingizning uyi qaerda edi? 
— Bu shaharda emas... 
Botirov aytdi. Zohid daftarchasiga yozib oldi. 
— Havo qanday edi o‘sha kuni? 
— Sovuq edi. Maydalab qor yoqqan edi. 
— Janozani kim o‘qigan edi? 
— Abdunabi qori. Ustozning eng yaqin shogirdlari. 
— U sizni ko‘rganmi? 
— Ko‘rgan. Uch kun birga bo‘lganmiz. 
— Bularni nima uchun tergovda aytmagansiz? 
— Aytganman. E’tibor berishmadi. Sudda ham Abdunabi qorini chaqiringlar, dedim. 
Xo‘p, deyishdi-yu, chaqirishmadi. 
— O‘sha kuni ustingizdagi kiyim qanday edi? 
— Ustimda... palto, oyog‘imda mahsi-kalish. Boshimda telpak. Qo‘ng‘ir quyon terisidan. 
Ust-boshim sizlarda... uyda emas. 
— Qabristonni eslang-chi. Qaysi ko‘chalardan yurib boriladi? Jasad qaerga qo‘yilgan? Yo‘l 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling