Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
o‘tganimmi? Sinovdan o‘tganim — baxtimmi? Baxt tushunchasi shunchalar tormi?» 
— Men farzand ko‘rganimda o‘zimni baxtli his qilgan edim, — dedi Zohid, masalani o‘zi 
uchun oydinlashtirib olish uchun. — Men ham adashganmanmi? 
— Sizga bu baxtni kim berganini anglaganmisiz? Unga shukr etganmisiz? — dedi Botirov 
unga sinovchan tikilib. 
Qamoqxonaning zax xonasida, dimiqqan havoda nafas olib, ularning baxt masalasini 
oydinlashtirishga kirishishlari ajab hol edi. Ular jisman bir xonada, ammo ruhan ikki 
olamda edilar. Shu holatda baxt xususida yagona tushunchaga ega bo‘lmoqlari mumkin 
emasdi. Ayniqsa Zohid mahbusning baxti nimada ekanini his qila olmas edi. Yanada 
oydinroq aytilsa, mahbusning baxtli bo‘lishi mumkinligi uning uchun yot tushuncha edi. 
U hissiyotga berilib, asl maqsadidan uzoqlashayotganini his etdi. Botirov uning ko‘ziga 
begunoh farishtaday bo‘lib ko‘rina boshlagan edi. Unga «Mahbusni yaxshi xislatlarini 
izlama, yaxshi fazilatiga yo‘liqqan chog‘ingda ko‘zlaringni yumginu so‘roqni davom 
ettir», deb ta’lim berishgan. Har qanday darajadagi mahbusdan bir pog‘ona balandda 
turib so‘roq qilishi lozimligini ham unutgani yo‘q. Lekin Botirov ostona hatlab kirgan 
onidan boshlab uni chalg‘itib yubordi. 
Zohid bu «dars»larga hamisha amal qilmasa-da, hozir xonasi kelganini angladi. Xayolini 
jamlab, «Sen u bilan bahslashgani kelmagansan, sen so‘roq qilgani kelgansan. Mahliyo 
bo‘lma. «O‘g‘ri qarisa — so‘fi bo‘ladi», degan maqol bor. Bu ham qilg‘iliqni qilib qo‘yib, 
keyin mullaga aylangandir balki...», deb o‘ziga-o‘zi tanbeh berdi. So‘ng tergovchi 
qiyofasiga kirdi: 
— Botirov, — dedi u rasmiy ohangda, — siz bir qizni zo‘rlashda, so‘ng uning puli, 
kiyimlarini o‘g‘irlashda ayblanasiz. Aybingizga iqrormisiz? 
Botirov suhbat mavzuining, gap ohangining keskin tarzda o‘zgarganidan ajablanmadi, 
balki «asl qiyofasiga kirdi», deb o‘ylab kulimsiradi. Zohid bu kulimsirash zamirida yotgan 
achchiq kinoyani uqdi. «Nimaga kulyapsiz?» deb ham so‘ramoqchi bo‘ldi. Biroq, yana 
gap chuvalishi mumkinligini anglab, savolini takrorladi: 
— Aybingizga iqrormisiz? 
— Odam yo‘q aybiga iqror bo‘lishi mumkinmi? 
— Harholda sizga shunday ayb qo‘yib, qamashgan. Qiz ham tanish chog‘ida sizni 
adashmasdan ko‘rsatgan. 
— Lekin u keyingi ko‘rsatmalarida tongan. Sudda ham «Zo‘rlagan bu odam emas», 
degan. Ammo qozilar uning gaplariga e’tibor berishmadi. Sizlarning ishingiz qiziq. Qiz 
«Bu emas», deb tursa-yu, ish ustida bo‘lmaganlar, «Yo‘q, shu edi», deb ishontirmoqchi 
bo‘lsa... Shunchalar ham tuhmat bo‘larmi? Yo Rabbim, ularga o‘zing to‘zim ber. Men bir 
narsaga ajablanaman, birodar, nima uchun tuhmatga osongina ishonasizlar-u, haqiqatga 
inonishdan bo‘yin tovlayverasizlar? Haqiqatdan qochish — do‘zax olovi sari bir qadam 
qo‘yish emasmi, vallohi a’lam? 
— Qizning keyingi gaplarini haqiqat deyapsizmi? 
— Siz ham ishonmaysizmi? U holda yana qayta tergov qilishingizdan naf bormi? 
Ishonchsiz qo‘llar bilan adolat eshigini ochaman, deb fikr qilyapsizmi? 
— Quruq gap bilan haqiqatni isbot etib bo‘lmaydi. Hozircha mening ishonchimni bir 
chetga qo‘yib turaylik. Qiz balki keyin qo‘rqitilgandir. Balki pul berilgandir... Shunday 
bo‘lishi mumkin emasmi? 
— Mumkin emas! — dedi Botirov qat’iy tarzda. 
— Bizning ishimizda bunaqa gapidan qaytishlar ko‘p uchraydi. 
— Sizning ishingizda balki ko‘p uchrar. Ammo mening «Ish»imda bunday bo‘lmagan. 
Bizning u qizga beradigan pulimiz yo‘q. Puldor oila bo‘lganimizda birinchi safar qamatib 
qo‘yishmasdi. Puldor bo‘lmaganimiz ham yaxshi ekan. Yo‘qsa, quloqlarimizgacha 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling