Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
— dedi Hamdam zaharli piching ohangida. 
Hamdam aka, anchadan beri birovni chaqa olmay zada bo‘lib turgan ekansiz-a? — 
dedi Zohid jilmayishga harakat qilib. — Men bir ish bilan keldim. Gapimni eshitishga 
tobingiz bormi? 
— Tobimmi?.. Tobim bor. Bilib turibman: «Hosilboyvachcha yo‘qolganmish», 
demoqchisan. 
— Eshitibsiz-da? 
— Bu teshik quloq ba’zan eshitib ham turadi. 
— Mish-mish ovlaydigan joyingiz bo‘lardi? 
— U yerdagi gaplar senga to‘g‘ri kelmaydi. 
— Ayting-chi? 
— Boyvachcha chet elga qochib ketganmish. 
— Ishonchsiz gapmi bu? 
— Sen ishonasanmi? — Hamdam savolga savol bilan javob qildi. So‘ng bir nafas tin oldi-
da, afsus ohangida qo‘shib qo‘ydi: — Ishonsang — g‘irt ahmoqsan! 
— Bu gapni nima sababdan ishonchsiz deyapsiz? 
— Chet elda unga pishirib qo‘yibdimi? Bu yerda o‘ziga xon, o‘ziga bek bo‘lsa. Senga 
o‘xshaganlar mushugini pisht demasa... Chet elga qochib ketish oson ekanmi? Bular 
ahmoq emas, qochishmaydi. Chet elda non yo‘q ularga. 
— Unda qaerga g‘oyib bo‘lgan? 
— Sen gapni cho‘zma, ichingdagini aytaver: o‘ldirib ketishgan, demoqchimisan? 
— Shu taxmin haqiqatga yaqinroqqa o‘xshaydi. 
— Kim o‘ldiradi? 
— Balki Asadbekdir? 
— Sening tanglayingni Asadbek ko‘targanmi? Nima ish bo‘lsa o‘shanga taqaydigan 
bo‘libsan. Xo‘sh, davom et-chi? 
— Murdani topish kerak. 
— O‘h-ho‘... ishtahalar karnay-ku, a? Bilib qo‘y: agar boyvachcha sen aytganday 
o‘ldirilgan bo‘lsa, o‘ligini ikki dunyoda ham topolmaysan. 
— Harholda bir qiziqib ko‘rish kerakmikin? 
— Menga qara, prokuror, foyda chiqmaydigan ishlarga boshingni qotirma. Agar chindan 
ham ular o‘ldirishgan bo‘lsa-yu, murdani topishimizni istashsa, bizlarni qiynashmas edi. 
Avvalgilariga o‘xshab daraxtga osib qo‘ya qolishardi. Buni istashmadimi — tamom, ovora 
bo‘lma. Men gugurt cho‘pini besh-oltiga maydalab Sirdaryoga tashlab yuboray-chi, topa 
olarmikansan? Murdani yo‘qotish usullari ko‘p, topish usuli esa kam. Sen jasadni emas, 
uni yo‘qotishda qatnashganlarni top. Hech bo‘lmaganda bittasini top. Gapingning hidiga 
qaraganda kimdir xabar qilganga o‘xshaydi. Ana o‘shaning giribonidan ol. 
Gapirmaguncha qo‘yma. 
«Uning kimligi ma’lum bo‘lganida nima qilishni o‘zim bilar edim», — deb o‘yladi Zohid 
uning gaplarini eshita turib. — Agar Said Qodirov rost gapirgan bo‘lsa, u odamni yolg‘iz 
o‘zi biladi. Menga ro‘para qilmaydi. Giribonidan ham oldirmaydi». 
Hamdam Tolipov jasadni yo‘qotish usullarini yana picha bayon qilgach, gapdan to‘xtadi. 
Zohid bu mavzuni davom ettirmakni istamay, suhbat mavzuiga tahrir kiritdi. U bugun, 
ulgurolmasa ertaga Botirov ishini yuritgan tergovchi bilan uchrashmoqni ixtiyor etgan 
edi. Zohid qo‘shni tumandagi bu tergovchini tanimasdi. «Balki Hamdam aka tanir», deb 
so‘rab edi, yanglishmadi. 
— Taniyman uni, — dedi Hamdam. So‘ng Zohidga mug‘ombirona tikildi. — U ishkalga 
nima uchun ishqing tushib qoldi? 
— Bir «Ish»da xomlik qilganga o‘xshaydi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling