Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 olay», deganday qarab qo‘yib, yana o‘ljasi iziga tushdi. Shunda ikkinchi chumchuq unga hujum qilmadi, balki qanoti singanday uning yo‘liga quladi. So‘ng, qanotlarini yerga urganicha chirqirab, sudrala boshladi. Mushuk endi uning iziga tushdi. Chumchuq sudrala-sudrala uni bolasidan uzoqlashtirdi. Ammo... o‘zi mushukka yem bo‘ldi. Sharif o‘shanda bu manzarani qiziqib tomosha qilgan, ammo mushukni haydab, qushlarni asrab qolish lozimligini o‘ylamagan edi. Bu voqeani xotiniga aytganida Nasiba ranjib, «Chumchuqlar uvol bo‘lib- di-ya...» deb achingan edi. Hozir o‘zi o‘sha chumchuq holiga tushdi. «Ertalabki nusxa bolalarimga sha’ma qildi. U yuz ming so‘ragan edi. Bunisi ikki million talab qilyapti. U-ku, odam qonini so‘rib yuruvchi hayvon. Kasbi shunaqa. Bular-chi? Qaysi biri battarroq? Maskovdan keldim, deb nimani xohlasa qilaveradimi? Itmi- mushukmi, Maskovdan keldim, deb bir chekkadan qiyrataversa, birov ularga pisht demasa...» Sharif bularni hozir emas, keyinroq, qamoqning bir kishilik sovuq xonasida yotganida o‘ylaydi. Hozir esa mushukni chalg‘itmoqchi bo‘lgan chumchuq kabi Arina Berger degan bu zulm qilg‘uvchini uyidan uzoqlashtirishni istaydi... _____________ * M a ‘ n o s i b u d i r: Ey Odam farzandi! Agar senga boylik kelayotganini sezsang, bilginki, azob-uqubati va jazosi naqd bo‘lgan gunoh kelayotir. (Qudsiy hadisdan.) 2 Botirovning shahar turmasiga keltirilganini Zohidga ma’lum qilishdi. Zohid zo‘rlangan qiz — Mohira Nuriddinovaning gaplariga qoniqmagan bo‘lsa-da, uni ikkinchi so‘roqqa chaqirishga shoshilmadi. Zo‘rlagan — Shokir Botirov bilan yuzma-yuz bo‘lganidan keyin ishni davom ettirishga qaror qilgan edi. Zohid ko‘chaga chiqqanida yo‘l-yo‘lakay Hamdam Tolipovni yo‘qlab o‘tishga qaror qildi. U bir necha kundan beri Said Qodirov aytgan gaplarning mag‘zini chaqish bilan band edi. «Hosilboyvachcha izsiz ketishi mumkin emas, — deb o‘yladi u. — Katta yo‘l bo‘yida yoqilgan murdalar taqdiri bilan birov qiziqmadi. Ular tomchilar edi. Qumga tomdilaru yo‘q bo‘ldilar. Hosilboyvachcha dengiz emas, ko‘l ham emas. Balki ko‘lmakdir. Biroq, ko‘lmakka cho‘p tashlasang ham chayqaladi. Sassiq ko‘lmak bo‘lsa, hidi chiqadi. Hosilboyvachchaning atrofidagilar nima uchun jim? Nega chayqalmadilar?..» Asadbekning yo‘rig‘idan bexabar Zohid o‘zicha kalavaning uchini yechmoqchi bo‘ladi. U «Hosilboyvachcha u yoq-bu yoqqa qochib ketmadimikin?» deb ham o‘yladi. Ammo Said Qodirovning bu to‘dada «odami borligi»ni ma’lum qilishi xayollarini ma’lum chegarada cheklashga majbur etdi. Hamdam Tolipovni yo‘qlashdan maqsadi ham shu muammoni yechishga intilishi, uning «mish-mish ovlash»ga ustaligidan foydalanish. Hamdam xonasida yolg‘iz emas edi. Xona tutunga to‘la bo‘lsa ham, u navbatdagi sigaretini baralla burqsitib o‘tirardi. Zohidga Hamdamning ishi uncha yurishmay turgani shundan ayon bo‘ldi. Hali mushtlari, tepkilarini ishga sola olmaganidan xunob ko‘rinadi. Bashang kiyingan, bo‘liq yuzlari po‘rsildoq nonday qizarib turgan, barmog‘iga yoqut ko‘zli yo‘g‘on uzuk taqqan odamda esa xavotir yoki tashvish sezilmas edi. Xonada boshqa stul yo‘qligi sababli Zohid deraza tokchasiga suyandi. — Ko‘rib qo‘ying, o‘rtoq prokuror, ba’zan «Ishingning tayini yo‘q», deb tanbeh berasiz. Mana bunaqa akaxonlar bilan ikki soatlab otamlashsagu bir tayinli gap chiqmasa, ishda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling