Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
qanaqa unum bo‘lsin? 
Endi uka, gapni ikki soatdan beri men emas, siz cho‘zyapsiz. Sizga lo‘ndasini aytdim: 
qaynonam azaldan meni yomon ko‘radi. Qizini ukasining o‘g‘liga bermoqchi bo‘lib 
yurarkan, qizi unga tegmasa, men aybdormanmi? Qizi menga xushtor edi, qaynonam 
shunisiga chidolmadi. Hozir ham chidolmaydi. Zoti past ularning aslida. 
Zohidga bu odamning gap ohangi g‘alati tuyulib, gapga aralashdi: 
— Qaynonangizning qizlari — sizning xotiningiz-da, a? 
— Ha, hamma gap shuning ustida. 
— Zoti past, dedingiz, demak, o‘zingiz ham zoti pastga tenglashibsiz-da, a? 
— Endi... yoshlik-da, xushtor bo‘lganidan keyin... 
— Xotiningiz sizni yaxshi ko‘rar ekan, siz-chi? Yaxshi ko‘rmasmidingiz? Bo‘yningizga 
osilib «Meni olsang ham olasan, olmasang ham olasan!» deb turib olganmi? 
— E, uka... 
— Bu odam sizga uka emas, prokuror! Shahar prokuraturasidan! — dedi Hamdam zarda 
bilan. 
— Uzr, o‘rtoq prokuror, tanimaganini siylamas, degan maqol bor-ku. Bilmapman, 
kechirasiz. Siz juda to‘g‘ri savol berdingiz. Uni o‘zim ham yaxshi ko‘rardim. Yigitlik 
o‘zingizga ma’lum. «Muhabbatning ko‘zi ko‘r», deyishadi-ku... Undan tashqari g‘unajin 
ko‘zini suzib turganidan keyin har qanaqa tentak buqacha arqonini uzadi-da... 
Endi-chi, endi yomon ko‘rib qoldingizmi? 
— Endimi... endi... 
— Chaynalmay aytavering: endi u xotin yo‘q, o‘lgan! Bu akaxonni qarang, o‘rtoq 
prokuror, xotinlarini jarrohning qo‘liga topshirib, o‘zlari Yaltaga jo‘navoribdilar. Bularning 
bir maqoli bor: «Puling bo‘lsa xaltada, yallo qilgin Yaltada», shunaqami, a? 
— Dam olish gunoh emas-ku? Kasali og‘irligini bilmabman, dedim-ku? O‘zim ham 
armondaman. 
Hamdam bu odamning ayyorligidan g‘ijinib «Ilgari tentak buqacha bo‘lganingiz rost 
ekan, endi ulg‘ayib g‘irt ahmoq ho‘kiz bo‘libsiz», demoqqa shaylandi-yu, ammo bu 
tashbehdan o‘zini tiyib, gapning lo‘ndasini aytib qo‘ya qoldi: 
— Ey, inson, odam degani qo‘yini qassobga bersa ham, so‘ygunicha poylab turadi. Siz 
qaynonangizga mag‘zava ag‘darib, o‘zingiz suvdan quruq chiqmoqchimisiz? O‘rtoq 
prokuror, bu odamning yana bitta qilig‘ini aytaymi: Yaltaga o‘ynashlarini achomlab 
ketishlaridan oldin... 
— Hech qanaqa o‘ynash yo‘q. Bu yerdan boshlab ketadigan ahmoq emasman. Yaltada 
daraxtga qarab aksirab yuborsang, mingta quling o‘rgilsin jonon yog‘iladi. O‘rislarda 
maqol bor: «Tulaga o‘z samovari bilan borilmaydi». 
— Qarang, o‘rtoq prokuror, bu akaxonimizning turgan-bitganlari g‘ij-g‘ij maqol. Hatto 
o‘rislarnikini ham biladilar. O‘zbeklarda ham bir maqol bo‘lardi, balki bilarsiz? Nima edi. 
«Chuchvarani xom sanamang»midi? Akaxon, men Tolipovman! Mana, menga 
ishonmasangiz, o‘rtoq prokuror aytsinlar, men ushlagan joyimdan kesaman. Hali hech 
kim meni suvga olib borib, sug‘ormay olib kelmagan. Kim bilan borganingizni ikki-uch 
kunda o‘zingizga aytaman. Xohlasangiz garov o‘ynaymiz: men sizga o‘ynashingizni 
ro‘para qilaman, siz esa... sizni bichamiz-qo‘yamiz, kelishdikmi? 
— Yo‘q, kelishmadik. Sizlarni bilaman, ko‘chadan bitta shaloqni olib kelib ro‘para qilasiz. 
Yuzta guvoh ham topasiz. 
— Yo‘-o‘q, akaxon, — dedi Hamdam o‘rnidan turib, — garovda bunaqa g‘irromlik 
bo‘lmaydi. Aniq dalil bilan isbotlayman. Isbotlay olmasam, mayli, «Ish»ni yopaman. 
— Qanaqa «Ish»? Quruq tuhmat bu! 
— To‘g‘ri, hozircha jinoiy ish qo‘zg‘olgani yo‘q. Hozircha ariza bor. Burnimning kattaligini 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling