Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
ko‘ryapsizmi? Mana shu burnim juda sezgir-da. Hozirning o‘zida jinoyatning hidini sezib 
turibdi. O‘rtoq prokuror, bu akaxon Yaltaga o‘ynashlarini achomlab jo‘nashlaridan oldin 
do‘xtirga ozginagina choychaqa uzatib «Narkozni ayamang, bechora bu dunyoda qiynalib 
ketdi, uxlaganicha uyg‘onmay qo‘ya qolsin», deganlar. 
— Tuhmat! 
— O‘rtoq prokuror, sizdan maslahat so‘ramoqchiman: murdani kavlab olib tekshirishni 
nima deyishardi?.. Ha, eksgumatsiya! Ekspertiza uning kasali, berilgan narkoz darajasini 
aniqlab bersa kerak, deyman, a? Ana undan keyin do‘xtirjon ham sayrab berarlar? Ana 
shunda bu akaxonni ikki qo‘llab sizga uzatamiz. Axir qotillik bilan ko‘proq prokuratura 
shug‘ullanadi, to‘g‘rimi? 
— Andishaning otini qo‘rqoq demang, og‘ayni. Meni qo‘rqitmay qo‘ya qoling, yosh bola 
emasman. Qonunni sizdan boshqa biladiganlar ham bor. Eksgumatsiya qilgingiz kelsa, 
qilavering. Ammo bilib qo‘ying: shaxsan o‘zimning ishtirokimda ochasiz. 
— Ie, bo‘lmasam-chi? — dedi Hamdam qo‘llarini yoyib. — Sizsiz bo‘larkanmi bu ish. Endi 
gapni ko‘paytirmay qo‘ya qolaylik. Maslahatimiz pishdi, a? Endi mana bu yerga 
chiroylikkina imzoingizni qo‘yib bering. 
— Nima bu? 
— Avval o‘qing. Qonunda avval o‘qib keyin qo‘l qo‘yilsin, deyilgan. Siz ish bir yoqlama 
bo‘lgunicha shahardan tashqariga chiqmay turasiz. Chaqirganim zamonim «Labbay!» 
deb yetib kelishingiz kerak bo‘ladi. Bolaligingizda pioner bo‘lgansiz-ku, a? Shioringiz 
«Vsegda gotov!»midi? Ha, bilar ekansiz. Mabodo bitta-yarimta sizga telefon qilib qolsa
shu shior esingizda tursin. 
— Mening telefonim ishlamaydi, bu bir. Ikkinchidan men pioner bo‘lmaganman. Shu 
shiorni bilmaganim uchun «Mafkurang buzuq», deb qabul qilishmagan. 
— Xotirjam bo‘ling, telefoningizni ishlatib qo‘yishadi. Mafkurangizni ham sozlab 
qo‘yishadi. 
O‘zaro piching toshlari otib tugatilgach, tilxatga imzo chekildi-yu, «qaynona tuhmatiga 
uchragan bechora kuyov» xonani tark etdi. Eshik yopilishi bilan Hamdam uning izidan 
g‘azab toshlarini otdi. 
— Hayvon! To‘ng‘iz! 
«To‘ng‘iz» «unvoni» kamlik qildimi, keyingi «tosh»lar uning onasi-yu, amma-xolalarini 
tilga olish bilan otildi. 
— Ko‘rdingmi, bu it emganni, — dedi Hamdam, sal hovuri bosilgach. — Beshta bolasi 
bor ekan. Ko‘ngli yangisini tusab qolgan bu buqaning. «Ish»ini sudga oshirmay bo‘g‘ib 
o‘ldirib qo‘ygim kelyapti. 
— Hali aybi isbotlanmadi-ku, balki chindan ham qaynonasi... 
— Sen prokuror, hali bolasan. Bunaqa ishlarga aqling yetmaydi. Hozirgina aytdim-ku, 
burnim sezgir, deb... Xo‘p, buni qo‘yaver, o‘zingning ishlaring qalay? 
— Yuribmiz ishla-ab...
— Asadbeklarni qo‘lga olibsanmi, a? 
Hamdamdagi qolgan-qutgan zahar tomchilarining o‘ziga atalganini sezgan Zohid uning 
pichingiga e’tibor bermay: 
— Olyapmiz, — deb qo‘ydi. 
— Olyapsizmi yo cho‘kyapsizmi? 
— Unisi ham, bunisi ham. 
— Keyingisi to‘g‘riroqdir. 
— Balki... Siz mabodo Hosilboyvachcha degan odamni eshitmaganmisiz? 
— Bunaqa zo‘rlarni prokurorlar eshitishadi. Biz bir kichkinagina izquvar bo‘lsak... «Fas!» 
deyilsa yuguramiz. Yetib olsak, bosamiz, tishlaymiz, «Fu!» deyilsa — qo‘yib yuboramiz


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling