Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
107 — Bir «Ish»da sen xomlik qilishing mumkin. Bor, ana, men xomlik qilishim mumkin. Unda xomlik degan gap bo‘lmaydi, bilib qo‘y. Uning laqabi «Ishkal». Bu nima degani, bilasanmi? U ishkallikni pulga sotib oladi. — Tushunmadim? — Sen «Musht ishlatasiz», deb menga kun bermaysan. Men pichoq borib suyakka qadalganda do‘pposlab qolaman. Hammani ham uravermayman. U «Ishkal» esa xonasiga kirgan odamni mushtlamasa kechasi uxlolmaydi. Agar otasi kirib qolsa, uni ham ayamasa kerak. Yana bir narsani bilib qo‘y: u yaxshi xodimlar ro‘yxatida birinchilardan bo‘lib turadi. Topshirilgan ishning yuzdan to‘qson to‘qqizini ochadi. Tushundingmi? — Tushundim. — Yo‘q, tushunmading, — dedi Hamdam ayyorona jilmayib. — Hali tushunganing yo‘q. Uch-to‘rt kundan keyin tushunasan. — Nega? — deb ajablandi Zohid. — Negaki, u sening adolat qilishingga yo‘l bermaydi. Sen bor, u bilan suhbatlash. Lekin uning har bir teshikda akaxonlari borligini unutma. U xizmat varaqasiga qandaydir bir «zumrasha» prokurorning «minus» qo‘yishiga yo‘l bermaydi. Hamdam «Ishkal» deb atalgan hamkasbining qiliqlaridan aytib bergach, Zohid unga minnatdorlik bildirib, iziga qaytdi. 3 Soqchi Botirovni boshlab keldi. Botirov so‘roqxonaga qo‘llarini orqasiga qilgan holda kirib, mahbuslarga xos bo‘lmagan ohangda qiroat bilan salom berdi. Zohid bu lutfga javoban quruqqina qilib «salom», dedi-da, ro‘parasidagi kursini ko‘rsatib «O‘tiring», dedi. Botirov o‘tirgach, Zohid uchun kutilmaganda qo‘llarini fotihaga ochdi-da: — Robbano... ihdinas-sirotal mustaqiym... — deb duo qildi. Zohid beixtiyor ravishda duoga qo‘shilib, kaftlarini yuziga surtdi. — Qalay birodar, salomatmisiz, ahli baytlar omonmi? — deb so‘radi Botirov. — Rahmat, yuribmiz... — dedi Zohid. — Alhamdulillah, — dedi Botirov. Zohid yana ajablandi. Xizmati davomida ko‘p odamni tergov qildi, suhbatlashdi. Lekin hech bir tergovni bunday tarzda boshlamagan edi. Shu paytgacha birov unga «hol-ahvol so‘rash odobi bizda ham bor», demagan edi. Afsus yeri shundaki, buni o‘zi ham o‘ylab ko‘rmabdi. Hozir, Botirovning odobi unga bir dars bo‘lib, ahvol so‘ramakligi lozimligini uqdi. — O‘zingizning ahvolingiz qanday? Zohidning bu gapi odob ohangida emas, so‘roq tarzida eshitildi. So‘roqlarga ko‘nikib qolgan, tergovchidan lutf kutmagan Botirov bu ohangga e’tibor bermadi. — Alhamdulillah, — dedi u, so‘ng qo‘shib qo‘ydi: — Yaratganga shukr. Zohid bu shukronani eshitib, unga tikilib qoldi. Qamoqda yotgan odamning Xudoga shukr qilishi uni chindan ajablantirdi. Odatda ishi qayta ko‘rilayotgan odam tuhmat jabrini chekayotganidan shikoyat qilardi. Bu esa... «Til uchida aytyaptimi yo dildanmi?» — Ha, birodar, tikilib qoldingiz? — dedi Botirov. — Tikilib qolganim... ochig‘ini aytsam, «Yaratganga shukr», deganingizga hayron bo‘lyapman. — Astag‘firullah! Nima uchun hayron bo‘lyapsiz? Siz... musulmon emasmisiz? Zohid shu yoshga kirib, bunday savolga duch kelmagan edi. Shu bois ayb ustida qo‘lga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling