Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
112 bo‘yidami, biron daraxt yaqinidami? Balki o‘rindiqlar bordir? — O‘rindiqmi?.. O‘rindiqning oyoqlari bor edi. Taxtalari sug‘urib tashlangan ekan. Qabristonga kelib Qur’on o‘qilmasin, degan buyruq bo‘lgan ekan. Botirov Zohidning maydalab so‘rashidan dastlab g‘ashlandi. So‘ng ko‘ngliga chiroq yoqilganday bo‘ldi. «Harholda bu yigit qo‘l uchida ish yuritadiganga o‘xshamaydi. Ikir- chikirlarga qiziqayotganidan yaxshilikni umid qilish mumkin», deb o‘ylab barcha savollarga erinmay javob qaytardi. Zohid uning aytganlarini qog‘ozga yozib olib, suhbat so‘nggida imzo chektirdi. Tergov yakunlanganini anglagan Botirov yana «Yo Robbim, barchalarimizni o‘zing isloh ayla!» deb duo qildi. «Men uning o‘rnida bo‘lganimda Xudodan tergovchilarga insof berishini so‘ragan bo‘lardim», deb o‘yladi Zohid. U o‘nlab jinoyatchi, guvohlarni so‘roq qilib, bugunchalik qiynalmagan edi. Nazarida bu mahbus og‘ir bir toshni uning yelkasiga qo‘yib chiqqanday tuyuldi. Bu qanday tosh — gunohlar toshimi yo mas’uliyatmi, bilmadi. Lekin og‘irligini his etdi. Tobora cho‘kib borayotganday bo‘ldi. Yelkalarini tosh ezib, zirillab og‘rita boshladi... 4 So‘roqxonadan chiqib kelayotgan Zohidga soqchi boshliq yo‘qlayotganini ma’lum qildi. U «Biror rasmiyatchiligi bordir», degan fikrda qamoqxona boshlig‘i xonasi tomon yurdi. Boshliq respublika prokuraturasidan yo‘qlashgani, hoziroq yetib borishi zarurligini bildirganda «Hosilboyvachchaning murdasi topildimikan?» degan xayolga borib, Said Qodirov bilan uchrashuvga shoshildi. Said Qodirovning stoli usti odatdagiday tartibli emasdi. U bir necha «Ish» to‘plamlarini yoyganicha nimalarnidir yozish bilan mashg‘ul edi. Eshikni taqillatib kirgan Zohidga bir qarab olib, ishini davom ettirdi. Zohid xalal bermaslik uchun iziga qaytmoqchi edi, u qog‘ozdan boshini ko‘tarmaganicha «Kiring, o‘tiring», dedi. Zohid yumshoq kursiga cho‘kib o‘tirganida «Qahva tayyorlab iching», deb qo‘ydi. Zohidning qahva ichgisi yo‘q edi. Shu bois o‘rnidan jilmadi. Yarim soat davomida xonaga sukunat hukmronlik qildi. Qog‘ozning shitirlashi, Said Qodirovning dam-badam tomoq qirib qo‘yishi sukunat hukmronligi mutlaq emasligidan darak berardi. Said Qodirov ishini yakuniga yetkazgach, qo‘lidagi qalamni stol ustiga tashlab, kerishdi. So‘ng ko‘zlarini uqalab olib, Zohidga qaradi: — Uzr, kattaning topshirig‘i. Betoqat bo‘lib kutib o‘tiribdi. Yuqoriga chiqishi kerak ekan. Ishlaringiz qalay? — Yomon emas. — Yaxshi ham emas. Sharif Namozov degan odamni taniysizmi? — Ha. Vinzavod direktori. Prokuraturaga o‘tganimda birinchi bo‘lib shuning ishi bilan shug‘ullanganman. — «Ish»ni oxiriga yetkazganmidingiz? — Yo‘q. — Nima uchun? — Vinzavod direktori tuhmat qilganini bo‘yniga olgan ekan. Lekin... «Ish»ni men yopmaganman. Nega so‘rayapsiz? — Sharipov bilan Moskva shug‘ullanyapti. Vinzavoddan juda ko‘p miqdordagi mahsulot Krasnoyarskka yuborilgan. Hujjatlar qalbaki ekan. Moskvadan tergov guruhi kelgan. Boshlig‘i naq Azroilning urg‘ochisimi, deyman. Balki sizni hozir kutib o‘tirgandir. Har bir gapingizni o‘ylab gapiring. U bilan o‘chakishmang. Eski odatingizni qilib haqiqat talashmang. Moskvadan keladiganlarga haqiqat kerak, deb yanglishmang. Ularda ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling