Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
21 bo‘lgani sababli ham unga jim ketish ma’qulroq edi. Ba’zilar ruhi bezovta paytda kim bilan bo‘lsa bo‘lsin, suhbatlashib xayolini chalg‘itishga, shu yo‘l bilan ruhning ezuvchi to‘rlaridan qutulib chiqishga urinadi. Manzura unday toifadan emas. U har qanday ruhiy azobning mute cho‘risi. Safarga otlanganidan beri shu cho‘rilik libosida. Ichimlik simirib bo‘lingach, xonimcha sumkasidan sigaret chiqarib, birini labiga qistirdi- da, so‘ng qutini Manzuraga uzatib, iltifot qildi: — Oling, cheking! Manzura chekuvchi ayollarni ko‘rgan-u, ammo «qachondir, kimdir menga ham chekishni taklif qilar», deb o‘ylamagan edi. Shu bois hamrohining taklifini darrov anglamadi. — Chekasizmi? — deb so‘radi xonimcha uning darrov javob bermaganidan g‘ashi kelib. — Yo‘q-yo‘q, — dedi Manzura, hijolat bo‘lib. Uning bu holi zimdan kuzatilsa, chekmagani uchun uyalyapti, deb o‘ylash ham mumkin edi. Xonimcha «chekmasang battar bo‘l», deganday bir chimirilgach, sigareta tutatdi. Dam o‘tmay uchoq bekasi kelib: — Aeroflot qoidasiga ko‘ra salonda chekish mumkin emas, — dedi. Xonimcha uning gaplariga e’tibor qilmadi. — Sizga aytyapman! — dedi beka, qat’iyroq ohangda. — Tupurdim o‘sha aeroflotingga ham, qoidasiga ham, — dedi xonimcha. — Bor, ishingni qil, menga xalaqit berma. Men tekinga uchmayapman. Pulini to‘lab qo‘yganman. Qanday xohlasam, shunday uchaman. — Qoidani buzganingiz uchun qo‘ngan yerimizda jarima to‘laysiz. — Voy, voy, qo‘rqitib yubording-ku, qo‘ngan yerimizda, agar istasam, samolyotingga qo‘shib o‘zingni ham sotib olaman. O‘layotgan paytingda ham oyog‘imni o‘pib o‘lasan. — Bezbet ekansiz! — Bor, ishingni qil, ammo kimligingni unutma! Uchoq bekasi bu balo bilan bahslashishning foydasi yo‘qligini bilib bir nima deb pichirlaganicha burilib, nari ketdi. Manzura uning nima deganini eshitmagan bo‘lsa-da, erkaklar aytadigan shirin so‘zlardan ekanini fahmlab, labini tishladi. Xonimcha hamrohi esa bu so‘zlarni ovoz chiqarib aytib qo‘ya qoldi. Keyin yapaloq shisha chiqarilib, ikki qultumgina ichilgach, Manzura suhbatga tortildi. — Bu yuvuqsizlar qachon odam bo‘larkin, a? Manzura notanish ayollarning orasiga tushmoqni lozim ko‘rmadi, indamay o‘tiraverdi. Xonimchaga hozir eshitguvchi quloq kerak edi, shu bois Manzuraning savoliga javob bermagani andak g‘ashini keltirgan bo‘lsa-da, gapini davom etdi: — Xudoga shukr, bulardan qutuladigan bo‘ldim, — u dumaloq deraza osha pastga qarab qo‘yib, xitob qildi:— Xayr, yuvuqsiz Rossiya! Manzura bu gapni eshitib, seskanib tushdi. U vatanparvarlik, Vatanga sadoqat, muhabbat degan balandparvoz gaplardan uzoq edi, ammo ayni choqda o‘z yurtiga nisbatan bunday deyish mumkinligini hazm qila olmay, hamrohiga savol nazari bilan qaradi. Xonimcha bu qarashning ma’nosini uqib, izoh berdi. — Bu mening gapim emas, Gogol degan yozuvchi o‘tgan, eshitganmisiz? U Rossiyani tashlab ketayotganida shunday degan. Tarixdan, xususan Gogol taqdiridan xabardor odam unga javoban «Ey nodon, Gogol kimu sen kimsan, o‘zingni kimga tenglashtiryapsan? Bu gap aytilgan zamon qayda-yu, bugungi zamon qayda?» degan bo‘lardi. Manzura esa bu tarixdan bexabar bo‘lgani sababli «Gogol degani ham g‘alati ekan-da» deb o‘yladi. U hamrohining asl maqsadini anglamadi. Yurtini tashlab ketayotgan bu xonimcha shu gapi bilan rus bo‘lmagan ayolning ko‘nglini qitiqlamoqchi, uni o‘ziga hamdard qilib olmoqchi edi. Uning mo‘ljalicha, Manzura bu gapni eshitgach, «Ha, chindan ham yuvuqsiz, bular falon, bular |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling