Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 tomondan Manzurani noxush xayollar hukmiga topshirib qo‘ydi. Omadsizlik-da, agar hamrohi bama’ni bo‘lsa, suhbat bilan ovunardi, bu azoblar ham yo‘q edi. Bunday hollarda banda chorasiz. Islomiy ilmdan xabardor bo‘lganida ham, shayton vasvasalaridan panoh izlab, Yaratgan sari intilar edi. Tangriga solih banda bo‘lish tizginsiz xayollarga bandi bo‘lishdan qutqarardi. Bunday panoh yo‘q ekan, azobni tortaveradi. U o‘zini ko‘ngilsiz xayollar panjasidan qutqarmoq uchun ko‘zini ochganida xonimcha Zaynab bo‘lib ko‘rinib yana ingrab yubordi. Shu bo‘yi yana ko‘zlarini yumganicha, to uchoq qo‘ngunicha ochmadi. Uchoqdan tushar mahalida ham xonimchaga qaramaslikka tirishdi. U o‘zini ham, ko‘zlarini ham hamrohidan olib qochar, ammo aksiga olganday, xonimcha dam yonida, dam ro‘parasida paydo bo‘lib qolardi. Xonimcha boshqalarni turtib-surtib bo‘lsa-da, nazoratdan avvalroq o‘tdi. Shunda Manzura uning o‘ynashini ko‘rdi. Kamida oltmishni urib qo‘ygan, kal, malla bashara semiz odamni ko‘rib, «O‘l-a, topganing shumidi?» deb qo‘ydi. 3 Manzura kelinlikka nomzodlar ham kutgani chiqishsa kerak, deb faraz qilgan edi. Shu sababli sog‘intirgan o‘g‘illarini bir-bir bag‘riga bosib, xuddi go‘dagini erkalagani kabi suyib, o‘payotganida nigohi ko‘z yoshlarining xira pardasi orqali o‘sha qizlarni izladi. Manzura o‘g‘illarini qayta-qayta bag‘riga bosgani bilan sog‘inch sahrosida tashnalik azobida qiynalgan ko‘ngli qoniqmayotgan edi. Bu uchrashuv, bu ko‘rishuv sahro yuziga uch-to‘rt yomg‘ir tomchisi tushgani kabi edi. U farzandlarini birma-bir quchoqlashga qanoat qilmay qulochini keng yoydi-da, so‘ng jo‘jalarini ikki qanoti ostiga olib avaylaganday baravariga quchoqladi. Ko‘zlardan oqqan sog‘inch, baxtiyorlik yoshlari tinib, hayajon tafti sal bosilgach, ulardan ikki qadam narida o‘rta bo‘yli, qorachadan kelgan tilla halli ko‘zoynak taqqan odam yaqinlashib, qo‘lidagi bir dasta gulni Manzuraga uzatdi: — Marhabo, xonim afandim, xush keldingiz, — dedi u Manzura uchun begona bo‘lgan lutf bilan. — Doktor Xudoyor ustozimiz bo‘ladilar, — dedi Samad, uni onasiga tanishtirib. — Yodingizdadir, biz siz ila telefon orqali so‘zlashmak sharafiga muyassar bo‘lgan edik. Bu tashrifingiz cho‘x go‘zal bo‘lmish. Cho‘x minnatdorman, cho‘x baxtiyor bo‘lmisham, xonim afandim. Manzura bunday iltifotga nima deb javob qaytarishni bilmay, bosh silkib qo‘ya qoldi. Erida, xonadoni atrofidagilarda bunday lutf bo‘lmagani sababli ham u javobga ojiz edi. Doktor Xudoyor uchun bu hol qorong‘u edi. Shu bois ayolning bosh silkib qo‘yishini uning hayajoniga yo‘ydi. — Abdusamad, inim, siz yuklar ila mashg‘ul bo‘ling, biz bora turamiz, — dedi doktor Xudoyor. To‘ng‘ich o‘g‘liga «Samad» deb ism qo‘yib, shu yoshga qadar «Samadjon», deb erkalab chaqiruvchi onaga «Abdusamad» deyilishi ajab tuyuldi. U o‘g‘lining doktor Xudoyorga dastlab uchrab «Ismim Samad» deganida «As-Somad — Ollohning sifatlaridan biri, ya’nikim, butun maxluqotning ishini bitiruvchi, barcha hojatlarni so‘raydigan zot, demakdir. Siz bilan biz esa Ollohning qullarimiz. «Samad» desangiz Xudo bo‘lib qolasiz. Ismni to‘g‘ri talaffuz etmak joizdur. Siz «Samad» emas, «Abdusamad» siz», deb tanbeh eshitganini bilmas edi. Manzura «qizlar kutgani chiqmadimi?» degan o‘yda atrofga bir alangladi. Uning fikrini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling