Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
26 Manzura kirganda uzilgan suhbat, qahvadan bir ho‘plagan onda davom qildi. Doktor Xudoyorning yonida o‘tirgan ozg‘in odam ham qahva ho‘plab olib, fikrining davomini izhor etdi: — Men jannatmakon Shermuhammadbekning butun bo‘y-bastlari ila aks etgan haykalni- da borib ko‘rmakni ixtiyor etdim. Axir men Shermuhammadbek hali holi-hayot ekanliklarida bir necha bora suhbatlaridan bahramand bo‘lmak sharafiga yetushganman. Men lol qoldimki, aynan o‘zlariga o‘xshabdi. Yana lol qoldimki haykalni o‘rnatmakka yurt og‘alarida rag‘bat yo‘qtur. Guluzor begim Manzuraga qarab, past ovozda: «Sa’dulloxon Vatanga borib qaytib edilar. Taassurotlarini aytmakni ixtiyor etiyurlar», deb izoh berdi. Sa’dulloxon deganlari taassurotini intihosiga yetkazmay, doktor Xudoyor e’tiroz bildirdi: — Azizim, agarchi menda-da hukm bo‘lgan chog‘inda ham haykalni o‘rnatishga izn bermas edim. Fikrining qabul qilinishiga ishongan Sa’dulloxon bu qadar keskin e’tirozni kutmagani uchun ajablandi: — Nima uchun? — dedi u norozi ohangda. — Buning bir necha sabablari vordur: ilk sabab shulkim, haykal o‘rnatmaklik — Islomga tamomila yotdur. Butparast mushriklarning yo‘lidur. Islomdan narida so‘zlamak istasak, Shermuhammadbek bundayin sharafga noloyiq shaxsdir. — Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon. — Shermuhammadbekning kimligini bilurmisiz o‘zingiz? — Biliyurman, azizim, — dedi Xudoyor, xotirjam ohangiga xiyonat qilmay. — U muhtaram zotning ma’lum harakatlari uchun hurmatimni izhor etganim holda deyurmanki, siz aytgan sharafga loyiq emasdurlar. Ya’nikim, Madaminbekni shahid qilmoqda ishtiroklari bo‘lganini kechirmoq aslo mumkinmasdir. — Agar Madaminbek xoinlik ko‘chasiga kirgan bo‘lsalar-chi? — Sa’dulloxon, azizim, qalbimdasiz. Siz bilan bu xususinda avval ham bahslashib edik. Madaminbekning sho‘rolar bilan bitimidan asl maqsadi siz bilan bizga qorong‘u bo‘lgani sababli ajrim qilmoqqa huquqimiz yo‘qtur. Siz bilan men bu xususinda bir bitimga kela olmaganimiz bois, bahsni yangilamaylik. Fikrimning davomi shuki, Shermuhammadbek amiralmusliminni shahid etib qochganidan so‘ng... — Qochganlari yo‘q, hijrat qildilar. Hijrat qilmoqlik esa sunnatdir. Yoinki janobi Rasulillohning hijratlarini-da inkor etajakmisiz? Bu savol doktor Xudoyorga yoqmagani uchun zaharli jilmayib qo‘ydi. Ammo gapidagi bosiqlik ohangini yo‘qotmadi: — Azizim, siz meni bir toqqa, bir boqqa boshlamakdasiz. Payg‘ambar afandimiz, sallollohu alayhi vasallam, hijratlari bilan Shermuhammadbekning qochoqliklarini tenglashtirmoqning o‘ziyoq gunoh sanalur. Siz muhtaram afandimga eslatmagim joizdurki, payg‘ambar afandimiz hijrat qilganlaridan so‘ngra ulug‘ g‘azotning rahbari bo‘ldilar. Shermuhammadbek esa, — doktor Xudoyor yana jilmaydi, — mayli, siz aytganingizcha bo‘la qolsin, «hijrat qilganlaridan» so‘ngra tan oromidan o‘zga narsani bildilarmi? O‘zlarini amiralmuslimin, deganlari holda nechun jihodni davom ettirmadilar? Sa’dulloxon javobga og‘iz juftlagan chog‘da uy egasi Muzaffarxon gapga aralashib, bahsni yumshatmoqchi bo‘ldi: — Doktor Xudoyorning qarichlari uzunroq, — dedi u kulimsirab, — o‘lchovni hamisha baland olvoradilar. Rosmana o‘lchov bilan qarasak, Madaminbekning ham, Shermuhammadbekning ham omi odamlardan bo‘lganliklarini unutmasligimiz durustdir. Ularda harbiy ilm bormi edi? Shermuhammadbek miltiq otishni Madaminbekdan o‘rganib edimi? Ular qo‘llariga ilk marta miltiq oliboq kim bilan olishdilar, eslang! Jahon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling