Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
muhoribasinda chiniqqan o‘rus askarlari bilan jang qildilar-ku?! Ular to o‘sha kunlarga 
qadar siyosat nima ekanini bilarmi edilar? Yo‘q, azizlarim, bilmas edilar. Harbiy ilmdan 
uzoq, siyosatning aldovdan iborat bir narsa ekanini bilmagan holda jang qildilar. Ha, 
ularda na harbiy, na siyosiy ilm bor edi. Ammo u ulug‘ zotlarning muborak qalblarida 
Vatanni sevmak tuyg‘usi bor edi. Biz, azizlarim, ana shu tuyg‘uni sharaflamagimiz 
shartdur. 
— Afandim, — dedi doktor Xudoyor, uning so‘zini bo‘lib, — buni men-da durust 
anglayurman. Biroq, Shermuhammadbek jihodni davom ettirmagi mumkin bo‘lmagan 
ekan, Vatanda dushman qo‘lidan o‘lim topmog‘i sharafliroq emasmi edi? 
— Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon, ovozini bir oz balandlatib. — Sizning bu 
gaplaringiz menga Vatandagi bir sho‘roparastning so‘zlarini eslatdi. 
— Sabr etmakni ixtiyor qiling, afandim. Mening-da so‘zim hali intihosiga yetkani yo‘qtur. 
Siz-da, afandim, hijratni tilga oldingiz, ammo ulug‘ Badr muhoribasini xayolingizdan 
parishon qildingiz. Anglayurmanki, ulug‘ Badr muhoribasinda shahid bo‘lganlar sharafiga 
yetmak mushkul bir vazifadur. Ammo ming to‘qqiz yuz o‘n to‘rt sanasinda Chanoq 
qal’asindagi muhoribani anglayurmisiz? Bir qal’ada to‘rt yuz ellik ming shahid! Uch yuz 
ellik mingi talabalar! Anglayurmisiz buni?! «Kimi hindu, kimi yam-yam, kimi bilmam ne 
balo...» Ular-da shahid bo‘ldilar, ammo Turkiya mag‘lub etilmadi. Afandim, anglamak 
joizki, Vatan bir bog‘dur. Bu bog‘ni inson qoni ila sug‘armak lozimdur. Afandim, men 
sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman. Sho‘roparastlar so‘zlarini siz ayting. 
To‘planganlar o‘sha sho‘roparastning gapi nima ekan, degan ma’noda kutdilar. 
Sa’dulloxon hozirgi gaplarga ham munosabatini ayon qilmoqchi edi, biroq doktor 
Xudoyorning «men sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman», deb qo‘yishi hamda 
to‘planganlarning tikilib qolishlari uning shashtini qaytardi. 
— U zoti past aytdiki, — dedi u bir oz o‘ng‘aysiz ahvolda, — it qorni to‘ygan yerda, odam 
esa Vatanda yasharmish. 
Dastlab eshitilganda qo‘pol tuyulgan bu maqol o‘tirganlar etini bir sidra zirillatdi. Bu 
holatni sezgan Sa’dulloxon mazkur bahsda mutlaq g‘olib bo‘ldim, degan qarorga kelib, 
atrofidagilarga mag‘rur nazar tashladi. Ammo uning g‘oliblik supasini egallashi bir necha 
soniyalik edi. Doktor Xudoyor osonlik bilan mag‘lub bo‘luvchi toifadan emas edi. U ham 
o‘tirganlarga bir qur nazar tashlab olgach, «boshqa so‘z aytmasman» degan va’dasiga 
xiyonat qilgani holda javob berdi: 
— Gumrah ulus ichra o‘zin qotti, axiy, 
Dunyoga birovki dunyoni sotti, axiy... 
Hazrat Navoiyga bir so‘z qo‘shmakka hojat yo‘qtur. Sa‘dulloxon, sharafli afandim, 
qalbimdasiz, siz meni bir muhoriba maydonidan boshqasiga yetaklab o‘tmakni ixtiyor 
ettingiz. Sho‘roparastning gapi boshqa, biz aytayotgan dard o‘zgadir, Sho‘roparast sizga 
qozoq birodarlarimizning bir maqolini aytibdi. Buni kamina ham eshitgani bor. Siz 
sho‘roparast bizlarni itga qiyos etmakdadir, deb g‘azab otiga miniyursiz. Mening 
anglamog‘im bo‘yicha, maqsad maqolning ikkinchi bo‘lagida. Har bir insonni Vatanda 
yashamakka da’vat etmakdir. 
— Vatanda bo‘lmak?! — Sa’dulloxon chekinishni istamadi. — Otam menga Vatanni 
qoldirdimi? 
Bunday bahsning o‘rni hamda vaqti emasligini bilgan Guluzor begim yengil yo‘talib 
qo‘yib, mehmonga qarab aybli ko‘rinishda kulimsiradi. Sa’dulloxon yengil yo‘talning 
ma’nosini anglagan bo‘lsa-da, gaplarini chala qoldirishni istamadi: 
— Otam menga Vatanni qoldirdimi? — deb qaytardi u. — Yo‘q, otam menga Vatan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling