Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 Zohidga jo‘yali maslahat bera oladigan odam — mayor Soliev. Zohid Hamdamdan ilmoqli gap eshitib, qalb yarasi tatalangach, o‘zining yog‘iga o‘zi qovrilib yurdi. Xayolning ming bir ko‘chasiga tentirab kirib, dovdirab chiqdi. Oxiri mayor Solievni topib, dardini aytdi. Bu sohada turli nayranglarga duch kelaverib pishib ketgan mayor shogirdining gaplarini diqqat bilan eshitib, sukutga toldi. Zohid «bu sukut fikrlarimning tasdig‘i alomati» degan xayolga borib, tasdiqni til bilan ifoda etilishini, ya’ni «To‘g‘ri, ularga ishonma, barchasi nayrangboz, tovlamachi», deyilishini kutib, yonmoqqa, yonmoq nima ekan, portlamoqqa tayyor edi. Picha fursat o‘tgach, yonmasligi ham, portlamasligi ham ayon bo‘ldi — mayor u kutmagan gapni aytdi: — Xulosa chiqarishga shoshilma, — dedi u vazmin ohangda. — Balki yuqoridagilar bir narsani o‘ylashgandir. Sen bilan biz bir qo‘rg‘onga duch kelganmiz, uni egallashga qurbimiz yetmaydi. Alam qiladigan yeri shuki, bu qo‘rg‘onni ko‘z oldimizda tiklashdi. Ayrim birodarlarimiz ularga dastyorlik qilib, «Mana bu yerini mustahkamroq qiling», deb maslahat berishgani uchun ham bizning bu qo‘rg‘onga hujumimiz betonga kesak otgan bilan barobar bo‘ladi. Bu qo‘rg‘onni olish uchun mo‘ljalga aniq uruvchi zambaraklar kerak. Bizga o‘xshagan piyodalar ishni buzishi mumkin. Balki qo‘rg‘onlarining mutlaq bexavotir ekaniga to‘la ishonishlari uchun ularga sharoit yaratib berishmoqchidir. Agar ularda shunday ishonch qat’iylashsa, ziyrakliklari susayar, qo‘rg‘onni bir hamla bilan olish imkoni yaralar?.. — O‘h-ho‘... — dedi Zohid, hafsalasi pir bo‘lib. — Gapga ham to‘n kiydirvordingiz. Siz aytganday arqon uzun tashlansa, ular qo‘rg‘onlarini shunday mustahkamlab oladilarki, keyin o‘nta atom bomba tashlab ham tinchita olmaysiz. — Atom bomba ta’sir qilmasa, vodorod bomba bor, neytron bomba bor, — dedi mayor Soliev hazil ohangida. Mayor kamdan-kam hollarda hazillashardi. Hozir shogirdini tutab turganini ko‘rib, atayin gap maromini hazil ohangiga burgan, shu orqali tarang tortilgan asab torlarini sal yumshatmoqchi edi. Lekin uning bu makri ish bermadi. — Maqsud aka, aytayotgan gaplaringizga o‘zingiz ham ishonmayapsiz. Mening o‘rnimda bo‘lganingizda nima qilardingiz? — He, jo‘jaxo‘roz, — dedi Soliev, endi erkalash ohangida, — sening holingga men ko‘p martabalab tushganman. — Har safar shunaqa chekinganmisiz? — Chekinmaganman, sabr qilganman. Chekinish boshqa, sabr boshqa. «Sabrliga tog‘lar egar boshini», degan maqolni eshitmaganmisan? Zohid mayorni tushunmadi. Hamisha adolat uchun kurashib kelgan odamning bu gaplari sabr emas, chekinishdan dalolat edi. Odam suyanib, panoh topishni mo‘ljal qilgan qoya tosh emas, nurab, yiqilay deb turgan paxsa devor ekani ma’lum bo‘lgach, qanday holga tushadi, tasavvur qilib ko‘ring-a? Zohid shu holga tushib, yanglishgan edi. Chunki Soliev vazirlikka chaqirilganini, Asadbekka aloqador ishlarga aralashmay turish haqida topshiriq olganini unga aytmadi. Soliev dastlab sukut saqlaganida shu topshiriqni o‘ylagan edi. Ikki yuqori idoradan bir xilda topshiriq bo‘ldimi, bu demak, masala Asadbeklar foydasiga hal etilish jarayonida emas. Yuqoridagilar qandaydir rejani pishitishgan. Ishga halal bermaslikni so‘rashdimi, demak, bajarish shart! Solievga ham «Vaqti kelganda bu ishga sizni jalb etamiz», deyishdi. Demak, sabrdan o‘zga yo‘l yo‘q. Agar Zohidga o‘xshab «beton devorga kesak otaveraman», desa, iste’foga chiqishni taklif etishlari turgan gap. Soliev shogirdiga yana nasihatlar qilib, uning popugini bir oz pasaytirmoqchi bo‘ldi. Lekin qalb yarasiga malham qo‘ya olmadi. Malhamni ikki kundan keyin yana o‘sha hamkasb yigit — Said Qodirov qo‘ydi. Zohid oxirgi uchrashuvdan so‘ng endi uni anchagacha ko‘rmasam kerak, deb o‘ylagan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling