Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
28 sog‘inchini meros qoldirdi. Sho‘roparastlar buni anglamaslar! Ularda nainki sog‘inch, ularda Vatan tuyg‘usi yo‘qtur. Buni men angladim! Ular so‘qir! Sho‘ro yetagida qayga borajaklarini bilmaslar! — Siz ularni bunda ayblarsiz, ular bizlarni unda ayblarlar. Kun shu tarzda o‘taverar. Vatan esa kundan-kun botqoqqa botaverar. Afandim, agarchi ular sizni, siz tufayli bizlarni ayblar bo‘lsalar, haqlidurlar. Chunki biz bunda Vatan uchun biron nima qilmakdan ojizdurmiz. — Biz nimalar qilaylikki, yo‘llar to‘siq bo‘lsa. Yo‘llar ochilsa edi, men Vatanning besh yerida besh ulug‘ mag‘oza ochsam, Lutfullaxon yana necha yerinda supermarket ochsalar... — O‘h-ho‘!.. — doktor Xudoyor baralla kulib yubordi.— Afandim, afandim, siz o‘n emas, o‘n ming do‘kon quring, Vatanga nafi ozdir. Mag‘ozalar qurg‘uvchi tujjorlar Vatanda ham bisyordir. Siz Vatanga ilm olib boring. Vatanning qaddini ko‘targuvchi birinchi vosita — ozodlik, ikkinchisi esa ilmdur. Dunyo yurtlariga bir qarang-chi, ular mag‘ozalari ila baquvvatlarmi yoinki ilm ilami? Siz bilan biz yashab turgan Olmoniyani urushdan so‘nggi xaroblikdan bu darajaga ilm ko‘tarmadimi? Siz bilan bizning aybimiz shuki, Vatan yo‘llari ochilsin, Vatan ozod bo‘lsin, deb bunda orzu qilib kutib o‘tirmakdamiz. Sho‘rolarning hukmidagi Ovrupo jumhuriyatlarining xorijdagi biz kabi muhojirlari esa vaqtli hukumat tuzib, o‘z Vatanlarini ozod qilish qasdida kurashmakdalar. Nima uchun siz bilan biz kurashmaymiz? Chunki bizlar — siz mehr qo‘ygan Shermuhammadbekning avlodlarimiz. Na-da Shermuhammadbek kurashdi, na-da amir Said Olimxon kurashdi, na-da biz kurashyapmiz. Sizni bilmadim, sharafli afandim, ammo men Vatan qarshisida uyatlidurman. — Siz andak yanglish gap aytdingiz, janob Xudoyor. Bizning jamiyatimizni nazarga ilmaganingiz chakki. Biz ham Vatan uchun qayg‘urmakdamiz. — Qayg‘urmak durust, ammo kurashmak lozim. Vatandan kelgan ashulalarni eshitib, «o‘yna yor, o‘yna!» deb o‘tirmakdan naf yo‘qtur. Agar mening so‘zlarim malol tuyulsa, ana, vatandoshimiz muhtarama xonim afandim aytsinlar... Manzuraning kutilmagan tarzda suhbatga chorlanishi faqat uning o‘zinigina emas, o‘g‘illarini ham shoshirib qo‘ydi. Ikkovi baravariga najot istab, Guluzor begimga qaradilar. Guluzor begim bu qarashning ma’nosini uqib, jilmaygani holda doktor Xudoyorga murojaat qildi: — Muhtaram doktor janoblari, bizlarga dasturxon muntazirdir. Bahs nonushtadan so‘ng davom etmagi durustmikin? Bu luqma cho‘kayotgan odamni kemaga chiqarib olish savobi darajasiga yetishdi. Doktor Xudoyorning murojaati ham sog‘inch, ham xavotir dengizida cho‘kish azobini tortayotgan ayolni yanada og‘irroq ahvolga solgan edi. Avvaliga Manzura ularning suhbatlariga unchalik ahamiyat bermadi. Aniqroq aytilsa, bahsning sababini anglamadi. Mashoyixlar bedardning oldida boshimni og‘ritma, deganlaricha bor. Asosan oila tashvishlari bilan yashovchi ayolning bu odamlar qalbidagi dardni his qilishi mumkin ham emas edi. Qo‘qonda Sobitxon Asadbekni yo‘qlab, unda Vatan himoyachisini ko‘rishni istab yanglishgani kabi, bu izdihomdagilar ham Vatan xususidagi gaplarimiz vatandoshni befarq qoldirmas, deb adashdilar. To‘plangan mezbonlarning qalblari Vatan, Vatan sog‘inchi dardi bilan, Manzuraning qalbi esa erining tashvishi, qizining sog‘inchi bilan tepardi. Qalblarning tepishi hamohang emas edi. Manzuraning suhbatga chorlanishi ana shu sirni oshkor etmog‘i mumkin edi. Guluzor begimning luqmasi uni bu noqulaylikdan ham qutqardi. Doktor Xudoyor tanbehni anglab, o‘rnidan turdi-da, qulochlarini yoygan holda dedi: — O‘, sharafli xonim afandim, qalbimdasiz, sizning so‘zlaringiz biz uchun amrdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling