Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 edi, barvaqt yo‘qlanishi uning uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Shu sababli ajablanganicha uning huzuriga yo‘l oldi. Said Qodirov uni xush kayfiyat bilan qarshiladi. — Ishlar qalay? — deb so‘radi u, Zohidni o‘tirishga taklif etgach. — Ishlar yomon emas, — dedi Zohid, so‘ng Hamdamning kesatiq gapini qistirib qo‘ydi: — Cho‘kyapmiz! — Cho‘kyapmiz, deng? Qiziq masala... Kimdir cho‘ksa suv aybdormi yo suzishni bilmagan odamning o‘zimi? — Botqoqqa cho‘kish uchun suzishni bilishning hech bir ahamiyati yo‘q. — Botqoqqa deng?.. Eski plastinkani aylantirishni yaxshi ko‘rar ekansiz. Bitta ashulani eshitaverish joningizga tegmaydimi? — Agar haqiqat ashulasi bo‘lsa... Said Qodirov uning gapini betakalluf tarzda uzdi: — Sunnatullaev ishini yoping, deb buyruq berishdimi? Zohid fikri bo‘linganidan g‘ashlansa-da, sir boy bermay javob qaytardi: — Buyruq emas, maslahat berishdi. — Siz-chi? — Men o‘ylab ko‘raman, dedim. — Keskin tarzda rad javobi berib, so‘ng bizga raport yozishingiz kerak edi. — Sabab? Said Qodirov javob o‘rniga savol nazari bilan tikildi. Zohid bu qarashdan «Shunga ham fahming yetmadimi?» degan savolni uqdi. «Men raport yozaman, bular esa rad etishadi. So‘ngra Sunnatullaev ishi batamom to‘xtatiladi. Ishning yopilishidan bularning ham manfaatdor ekanliklari ayon bo‘ladi. Kimga ayon bo‘ladi? Asadbekkami? Shaxmat o‘yinidagi piyodaning arzimas, hech narsani hal qilmaydigan yurishi-ku, bu? Shunaqa past yurishlar bilan o‘yinni yutishmoqchimi?» — Xo‘p, yaxshi, — dedi Said Qodirov qat’iyroq ohangda. — Ular sizga yana aytishadi. Ungacha mana bu bilan tanishib chiqing. — U shunday deb qog‘ozlar bog‘lamini uzatdi. Zohid birinchi sahifaga ko‘z yugurtirdi: Jamshid Sunnatullaevning jinoiy ishi. Zohid bu «Ish» bilan yuzaki tanish, jiddiyroq shug‘ullanishga hali fursati yetmagan edi. Bu «Ish»ning Said Qodirov qo‘liga tushib qolganidan ajablanib, unga qaradi: — Bir qiziqib ko‘ring, foydasi tegib qoladi. Uning o‘lganiga ishonmayapsiz-ku, demak, yana uchrashib qolishingiz mumkin. Qog‘ozlarni menga erta-indin qaytarasiz. — Hoziroq qaytarishim mumkin. «Ish» bilan tanishib, kerakli joylarini yozib olganman. — Yozib olgan bo‘lsangiz ham yana bir marta o‘qib chiqsangiz zarar bo‘lmas, — Said Qodirov shunday dedi-da, stoli tortmasidan qahva chiqarib ikki piyolaga bir qoshiqdan qahva kukuni soldi. So‘ngra qaynatgichni choynak og‘zidan oldi. — Qand solasizmi? — U savoliga javob kutmay piyolalarga bir chaqmoqdan qand solib, ustiga qaynoq suv quydi. — Menga ustozim «Cho‘kmaslik yo‘lini izlasang, qahva ich, qahva aqlni peshlaydi», degan. Said Qodirovning yengil hazilini javobsiz qoldirmaslik uchun Zohid qahvadan bir ho‘plab, dedi: — Ustozingiz bir narsaning hisob-kitobini qilmabdilar. Bu hayot dengizida cho‘kayotganlar ko‘p. Hammaga qahva yetkazib bo‘larmikin? Said Qodirov jilmayib qo‘yib: — Mabodo sizning muchalingiz chumak ari emasmi? — dedi. Qahva ichilayotgan damda ular orasidagi rasmiyatchilik devori chekinganday bo‘ldi. Zohid bu odamni dastlab ko‘rganida g‘ashlangan edi. Hozir Qodirovning gap ohangidagi samimiylikmi yo chindan qahva ta’sir etdimi, bosib turgan o‘sha g‘ashlik tutuni ko‘tarila |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling