Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
aniqlagan bo‘lsa-da, hali unda «Sunnatullaev tuhmat bilan qamalgan ekan-da?» degan 
fikr uyg‘onmagan edi. Hozir borishidan maqsadi ham tuhmatni fosh etish emas, balki 
Sunnatullaevning «Ish»iga aniqlik kiritish, Asadbekning to‘dasiga qanday kirib qolganini 
bilishga intilish edi. 
U Jalol Komilovning shaxsini oz bo‘lsa-da, aniqlashtirdi. Jinoyatchilar ko‘chasiga qanday 
kirganini taxmin qila oldi. Eng muhimi — osilgan odamning Jalol Komilov ekani aniq. 
Hamdam hatto uning laqabini ham aniqlashtirib berdi — Shilimshiq. Zohid buni eshitishi 
bilan «Shilimshiq bo‘lsa, o‘ladigan odam ekan-da», deb ham qo‘ydi. 
Jamshidning «Ish»i hiyla murakkab, chunki «o‘ldi» degan fikr bilan ko‘milsa-da, aslida 
tirik bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Komilov bilan Sunnatullaevning bir jihati o‘xshash — 
ikkoviga ham aza ochilmadi. «Voy, jigare-em!» deydigan odam topilmadi. Axir 
qarindosh-urug‘lari bor-ku, ular nima uchun jim? Ular yigitlarning nima ish bilan 
shug‘ullanishganini bilishganmi, bilganlari uchun «O‘lgani yaxshi bo‘libdi», deb qo‘ya 
qolishganmi? Yo qo‘rqishganmi? Kimdan qo‘rqishadi? 
Kuzning bir oz izg‘irinli, ammo yoqimli shabadasi esib turgan xiyobondan yurib 
borayotgan Zohid bu haqda avval ham o‘ylagan, avval ham «Kimdan qo‘rqishadi?» 
degan savol devoriga boshini urib, to‘xtagan edi. U bir narsani idrok qila olmayotgan 
edi: Komilov ham, Sunnatullaev ham Asadbekning odamlari. Bir xilda o‘ldirildi. Bunday 
holda Asadbek indamay ketaveradigan latta odammi? «O‘zi o‘ldirtirgan bo‘lsa-chi?» 
degan taxmin o‘rinsiz. Agar o‘zi o‘limga hukm qilsa, bunday namoyishkorona osib 
qo‘ymas edi. «Balki boshqalarga o‘rnak bo‘lsin», degandir? Baribir bunday yo‘l tutishi 
aqldan emas. Zohidni ko‘proq qiynagan savol begona odamning murdasini «Jamshid 
Sunnatullaev» deb ko‘mishlari. Bu o‘zlarining nayranglarimi yo go‘lliklarimi? «Siz 
ko‘mgan odam Sunnatullaev emas», desak qidirishadimi? Yo uni o‘zlari yashirishdimi?.. 
Savollar Zohidning nazarida qavat-qavat qo‘yilgan beton devorga o‘xshardi. Bu devorni 
yiqish uchun Said Qodirov aytganday «Ilm» deb atalguvchi portlatgich zarur. 
Zohid xiyobondan o‘tgach, avtobusga chiqdi. Yarim soat deganda Jamshid ishlagan 
idoraga yetib bordi. Keng dahlizning boshlanishiga qo‘yilgan eski yozuv stoli yonida 
yoshlari oltmishlardan oshgan ikki kishi choyxo‘rlik qilib o‘tirishardi. Idoraga kirib kelgan 
begona odamni ko‘rib ikkovlari uni savol nazari bilan qarshiladilar. Zohid odob bilan 
salom berib ko‘rishgach, ulardan biri choy quyib uzatdi-da: 
— Keling, inim, birovni izlayotganga o‘xshaysiz? — dedi. 
— Qaerdan bildingiz? — dedi Zohid choy ho‘plab. 
— Bilamiz-da, shu yerda o‘tirib rizqimizni terib yeganimizdan keyin kim keldi, kim ketdi, 
kimning dardi nima — sezib turamiz-da. 
— Bu yerda anchadan beri ishlaydiganga o‘xshaysiz, a? 
— Oltinchi yil ketyapti. Mamasodiqning bir og‘iz gapi bilan issiq joyimni tashlab 
kelganman. Buning o‘zi yigirma yildan beri shu yerda. Galma-gal turamiz. Hozir ismen 
almashadigan paytga keldingiz. Ismen bahona ikkita chol valaqlashib olamiz-da. 
Zohid choyni ichib bo‘lib piyola uzatgach, maqsadini aytdi: 
— Mamasodiq aka, bundan o‘n ikki o‘n uch yil oldin shu idorada Jamshid degan yigitcha 
ishlagan ekan, eslaysizmi, bir qizni zo‘rlayman, deb qamalib ketgan ekan? 
— Jamshidmi? Sunnatvoyning o‘g‘lini aytyapsiz-da, a? 
— Ha. Bir qizni... 
— Bo‘lmagan gap! Boyaqish mo‘min-qobil bola edi. Otasi ham tilla odam. Hozir yotib 
qolgan... 
— Yosh bola narsaga shayton vasvasa qilgan bo‘lsa, ko‘zi qonga to‘lgan payt sho‘xlik 
qilgandir, — dedi Mamasodiqning sherigi. 
— E, yo‘q, qo‘ysangiz-chi bu gaplarni, — dedi Mamasodiq bosh chayqab. — Siz uni 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling