Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Nonushtadan so‘ngra ham bahslashmakdan bo‘yin tovlayajakman. Bahsda sharafli 
Sa’dulloxon afandimni yengib bo‘lmas! 
Doktor Xudoyorning keyingi gapida taslimga nisbatan kinoya ohangi zuhur edi. 
To‘planganlar bu gapdan «Sa’dulloxonga gapirish befoyda, baribir tushunmaydi», degan 
ma’noni uqishgan bo‘lishsa-da, hech narsa anglamaganday kulimsirab qo‘ydilar. 
Shu onda yon tomondagi devor asta surildi. Manzura bu devorni oynavand javon deb 
o‘ylagan edi. Devor surilgach, ular dasturxon tuzog‘liq xonaga o‘tdilar. Dasturxon ustida 
ortiqcha lutf, «oling, oling», degan qistashlar bo‘lmadi. Manzura tortinib, qimtinib 
o‘tirgani uchun Guluzor begim lutf ko‘rgazib ikki marta «marhamat qiling», dedi. 
Taomlanib bo‘lganlar birin-sirin yon xonaga chiqa boshladilar. Manzura qarasaki, o‘g‘illari 
bilan yolg‘iz qoladigan. Shu bois o‘zi uchun fotiha o‘qib, o‘rnidan turdi-da, 
Abdulhamiddan astagina: 
— Uyga telpon qilsa bo‘ladimi bu yerdan? — deb so‘radi. 
— Hozirmi? — dedi Abdulhamid. 
— Ha. Nimagadir ko‘nglim g‘ash, bolam. 
— Uzoq yo‘l yurib keldingiz. Charchagansiz. Mehmonlar hademay ketishadi Xotirjam 
dam olasiz. Men hozir telefonga buyurtma berib qo‘yaman. Xavotirlanmang. 
Abdulhamid aytganiday mehmonlar tez ketishmadi. Erkaklar hovlini aylanish bahonasida 
chiqdilar. Shundan so‘ng ayollar gurungi boshlanib, faqat ayollarga xos masalalar 
muhokama qilindi. Bu izdihomning avvalgisidan farqi shunda ediki, bunda «tomonlar bir-
birlarini to‘la anglagan holda, do‘stona suhbat qurdilar». 
Mehmonlar ketishgach, sohib bayt ham shaharda yumushlari mavjudligini bahona qilib 
qaytdilar. Villa Manzura bilan o‘g‘illari ixtiyoriga topshirildi. Manzura o‘g‘illarini tergash 
imkoniga ega bo‘lib, bu imkoniyatdan endi foydalanaman, deganida telefon jiringladi. 
Ayni shu onda Zaynabning uyida ham telefon jiringladi... 
III b o b 
1 
...Bir dengizchidan «Ahvol qanaqa?» deb so‘rashsa, «Kayfiyatlar a’lo, cho‘kyapmiz», 
degan ekan... 
Hamdam Tolipovning alam bilan aytgan bu gapi Zohidning yarador qalbini tirnab, azob 
berdi. Hamdam shu gapni aytmasa ham Zohid botqoqqa botayotganini sezib turardi. 
Dengizchi kayfiyatining a’lo bo‘lishiga asos bor — har qalay, toza suv bag‘ridan makon 
topadi. Ular-chi? Qo‘lansa botqoqdanmi? Nahot botqoqdan qutulishning iloji bo‘lmasa? 
Zohid shu botqoqda chirimoq uchun ilmdan voz kechib shu yo‘lga kirganmidi? 
Cho‘kayotgan odam «tirik qolarmikinman» degan umidda xasga ham tirmasharkan. 
Zohidning ko‘ziga ba’zan o‘sha xas ham ko‘rinmay ketadi. Ana shunday holda u dono bir 
maslahatchiga muhtojlik sezadi. Unga kim dono maslahat bera oladi? Otasimi, onasimi? 
Dardini ularga aytsa, javoblari tayin: «Qo‘y o‘g‘lim, shu ishingni yig‘ishtira qol, bu 
sohada kim baraka topibdiki, sen topsang...» Ularning eng dono maslahatlari shu. Yo 
ilmdagi ustozi Habib Sattorovich to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadimi? Uning aytadigan gapi: «Sen 
ilmga xiyonat qilding, endi xiyonatchi sifatida jazo topyapsan...» Balki Hamdam Tolipov 
qalb yarasiga malham qo‘yar? Uning maslahati ham aniq: «Shartta ushlash, shartta 
qamash, shartta otish kerak! Dasturxonchi xotinga o‘xshab hammaning ko‘ngliga qarab 
ish tutilsa, hech nimaga erishib bo‘lmaydi...» Hamdam shunga o‘xshash maslahatini 
beradi-yu unga amal qilinmasa, bir-ikki so‘kib, qo‘l siltab qo‘ya qoladi. Bu sohada 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling