Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Kuyovini o‘limga hukm qilganida diydasi qattiq edi. Uning qat’iy fikricha, Elchinga 
bundan bo‘lak mukofot bo‘lishi mumkin emas edi. U «Elchinning yuragi ko‘pdan beri bir-
ikki o‘qni sog‘inib qolgan», deb o‘ylardi. Aslida Elchinning yuragi Zaynab o‘g‘irlangan 
kunlariyoq qo‘rg‘oshin o‘qlarni yutib, tepishdan to‘xtashi lozim edi. Zaynabning keyingi 
taqdiri, sharmandalik chodiriga o‘ralishining sababchisi ham Asadbek nazarida Elchin edi. 
Asadbekning qo‘lqop kiyib olganiga Elchin ajablangandi. Holbuki, qo‘l sovqotadigan 
darajada ayoz tushmagan edi. Elchin to‘pponchada barmoq izlari qolmasligi uchun 
qo‘lqop kiyilganini, to‘pponchada Hosilboyvachchaning qotili emas, balki o‘zining barmoq 
izlari qolajagini qaerdan bilsin? Hosilboyvachchaga o‘q uzgan to‘pponcha Elchinda, 
Shomilniki esa Hosilboyvachcha qo‘lida bo‘lgach, milisa chaqirilishi mo‘ljallangan edi. 
Ana o‘shanda milisa bir-birini «o‘ldirgan» ikki nodon «Ish»i bilan shug‘ullana boshlardi. 
Rejadagi ish nihoyasiga yetay deganida Elchin ingrab yotibdi, joni qattiq ekan, o‘lmabdi. 
Bu xatoni tuzatish oson — bir imo qilsa bas, Chuvrindi o‘q uzadi. Lekin... imo qilishga 
jur’at eta olmadi. Ko‘z oldida parishon Zaynab ko‘rindi. Qulog‘i ostida uning «otmang!» 
degan hayqirig‘i eshitilganday bo‘ldi. Bir soniyaning o‘zida, Elchining hayoti qilga osilib 
turgan nafasda Asadbek o‘zi kutmagan holga tushdi. Uning ro‘parasida, parishon 
Zaynabning yonida Elchinni otilajak o‘qdan himoya qilganday onasi, so‘ng... xastalikdan 
ozib ketgan kichkina Samandar ko‘rindi. Asadbek bu holatini keyinchalik ham ko‘p 
o‘yladi. Onasining ko‘ziga ko‘ringanini tushunish mumkin. Onasining ruhi nabirasi 
Zaynabning taqdirini o‘ylab nabira kuyovning hayotini saqlab qolmoq uchun bezovta 
bo‘lgandir? Samandar-chi? Go‘dak ukasining ruhi nechun bezovtalandi? Bu savolga 
Asadbek keyinroq javob topishga harakat qiladi. 
Ayni damda Chuvrindi izn kutib, hojasiga tikiladi. Asadbek esa ko‘ziga ko‘rinayotgan 
yaqinlari oldida ojiz. 
Payg‘ambar afandimiz (sallallohu alayhi vasallam) namoz so‘ngida o‘ng tomonga salom 
berib, chap tomonga salom berishga ulguramanmi, yo‘qmi, Xudo biladi, degan ekanlar. 
Kishi olgan nafasini chiqara oladimi yo u nafas bilan joni qo‘shilib chiqadimi — bilmaydi. 
Bilmagani holda xuddi dunyoda mangu qoladiganday mag‘rur yuradi. Qorni bir kosa 
ovqatga to‘ygani holda doshqozonda to‘la osh bo‘lmog‘ini istaydi. Shu uchun kurashadi, 
yon-atrofidagilarni bosib-yanchadi. Suyagini qizg‘anib irillagan itdan kuladi, o‘zi esa 
faqatgina irillab qo‘ya qolmaydi, g‘anim deb bilgani birodariga tashlanadi, kekirdagidan 
oladi. Umri davomida bu dunyoning hoyu-havaslari deb necha odamning ruhini 
majaqlaydi. G‘ofil banda... o‘zicha oltmishmi yo to‘qson yilmi umr ko‘radiganday kerilib 
yuradi. Holbuki uning umri birgina im qoqish bilan uzilishi mumkin. Mana, hozir Asadbek 
birgina imlasa tepki bosiladi, o‘q ko‘z ilg‘amas tezlikda olovli iz qoldiradi-yu, Elchinning 
issiq qalbidan makon topadi. Tamom-vassalom. 
Chuvrindi hojasidan izn kutadi. U nodon banda «otarchining hayoti begimning qo‘lida», 
deb o‘ylaydi. U bilmaydiki, olam tig‘i joyidan qo‘zg‘olgan taqdirda ham Xudo xohlamasa
biron tomirni ham qirqolmas. Bu onda Yaratgan taqdir yozug‘iga xiyonat qilmadi — im 
qoqilmadi, tepki bosilmadi, o‘q o‘zining sovuq makonida qoldi. 
Asadbek bir zumgina ko‘zlarini yumdi-yu, temir tirnoqlar hukmidagi qalb azobidan 
ingrab yubordi. So‘ng Elchin qo‘lidan to‘pponchani oldi-da qasos o‘tining zabtidanmi yo 
kuyovini o‘limga hukm etishga jur’ati yetishmagani alamidanmi, ko‘zlarni mo‘ljalga 
olishni ham unutib, barcha o‘qlarni jonsiz jasadga qadadi. Chuvrindi hojasini shu 
paytgacha bu ahvolda ko‘rmagan edi. Shu sababli uning vajohatidan bir oz cho‘chidi. 
Asadbek bir necha nafas harakatsiz turgach, burilib, uy tomon yura boshladi. U endi 
yaqindagina mag‘rur qadamlar bilan uydan chiqqan Asadbek emas, o‘lim to‘shagi sari 
borayotgan xasta odam ko‘rinishida edi. Uch-to‘rt qadam bosgach, u to‘xtab, o‘girildi: 
— Do‘xtirga olib bor. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling