Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
IV b o b 
1 
O‘zining o‘rmoniga sig‘magan bir sher boshqa bir o‘rmonga borib qarasaki, o‘zidan 
zo‘rrog‘i yo‘q. Shunda u behad quvonib «Men shu o‘rmonning shoh-arsloniman! Hamma 
qarshimda tiz cho‘ksin!» deb na’ra tortibdi. Bu nodon o‘ylamabdiki, bu o‘rmonning o‘z 
xo‘jasi — arsloni bordir, u pinakka ketgandir, hademay uyg‘onar, uyg‘onsa ish rasvo 
bo‘lar... 
O‘z ko‘nglicha shaharga yakka hokim bo‘lib olgan Hosilboyvachcha ana shu nodon sher 
toifasidan edi. Yengil-elpi g‘alabalar bilan shu martabaga yetgan u aqli qosir mutlaq 
hokimlikka erishmoq uchun bittagina asosiy g‘alaba yetarli deb o‘yladi. Agar u qimorboz 
bo‘lsa edi, oshig‘i hamisha olchi turishi mumkin emasligini bilardi. U oshiq tepishni 
yaxshi o‘rganmay turib bor mulkni, hattoki jonni tikdi. Tikdi-yu, Asadbekning oshig‘i 
olchi turib, u yutqizdi. Agar Hosilboyvachcha din ahlidan, yoinki ularga yaqinlardan 
bo‘lsa edi, «Iza tavotiru aala ahadikum an nia’mu fal-yabki aala nafsihi fa qod salika 
g‘ayra tariyqus-solihin»* hikmatining ma’nisini chaqarmidi. Afsuski, u o‘z holiga yig‘lay 
olmay ketdi. 
Har bir qush qaerga, qanday in qurishni biladi. Buni bilibdimi, demak, yashashdan 
maqsadi ne ekanini ham anglaydi. Jonzotlar orasida eng onglisi hisoblanuvchi inson 
vakili bo‘lmish Hosilboyvachcha qush bilgan narsaga fahmi yetmadi. Chumchuq hech 
qachon burgut uyasini orzu qilmaydi. U esa orzu qildi... Chumchuq bilan burgutning 
qanoti ham, changali ham har xil bo‘lishini bilmadi... 
Asadbek esa bu o‘yinda yutishiga ishonardi. Inson qalbi haqiqatdan, adolat va 
muruvvatdan o‘z xohishi bilan emas, o‘zi bilgan va bilmagan kuch orqali zo‘rlik bilan 
uzoqlashadi. Asadbek uni o‘ldirishni istamagan edi. U Hosilboyvachchaning ko‘p 
qiliqlarini kechirib kelardi. Ayrim izdihomlarda «Shu bola oxiri to‘qmoq yeydi», deb 
qo‘yardi, lekin «shu to‘qmoq bilan o‘zim ursam kerak», deb o‘ylamasdi. «Yovni ayagan 
yara yer, kaltagini sara yer», deb bejiz aytishmagan. Asadbek bu maqolni bilmas edi
ammo u «Senga zulm qilsalar, sen o‘n karra zulm bilan javob qaytar», degan o‘z 
aqidasiga sodiq holda yashardi. Hosilboyvachchaning zarbidan so‘ng quyosh yuzi to‘silib, 
sovuq bosh ko‘targani kabi, Asadbekda zulm uyg‘ondi. Afsus shuki, kechroq uyg‘ondi. 
Asadbek Hosilboyvachchaning zarbaga shaylanayotganini sezgan edi. Qilich 
Sulaymonovning «Shu ish bahona bo‘lib Asadbekni yo‘qotish kerak. Bu shaharga 
xo‘jayinlik qilish faqat sizga yarashadi», degan gaplarini yozib olib taqdim etishi yoki 
Elchinni to‘yda haqoratlashga jur’at etishining o‘ziyoq ogohlantiruvchi zarbalardan edi. 
Asadbek «Hosilboyvachcha kuchliroq zarba berishga qodir emas», deb yanglishdi. 
Asadbekning keyingi kunlardagi ahvolini ko‘rgan Chuvrindi «kasallik xuruj qilyapti», deb 
xavotirlandi. Asadbek esa kasalini qariyb unutgan, butun fikri-zikri Hosilboyvachchada 
edi. U ko‘zlarini yumdi deguncha qizi sharmandali holda gavdalanar, bu manzara temir 
tirnoqlar bilan ruhini ezardi. Uning ingrashlari tan azobidan emas, ruh qiynog‘idan edi.
O‘sha kuni qizi titroq ovozda, «Ada, siz hech kimni o‘ldirmaysiz, ularni o‘zim 
o‘ldiraman», deganida zimiston ko‘ngliga bir yorug‘lik mo‘raladi. Ehtimol, qaysi bir ota 
shunday fojiaga ro‘para bo‘lsa-yu, qizi qasos istagida shunday desa, balki «Mayli, qizim, 
o‘ch ol!» der. Lekin gap shundaki, u «qaysi bir ota» emas. U — ASADBYeK! U erkak 
bilan ayolning vazifalarini ajrata oladi. O‘lar holida ham bu ishni qiziga qoldirmaydi. Agar 
o‘g‘illari shu yerda bo‘lishganida, shubhasiz, ular singillarining toptalgan nomusi haqqi 
qasos olishga otlanishardi. Ammo o‘shanda ham Asadbek ularning yo‘lini to‘sgan 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling