Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 boshladi. — Zohid, siz hech ilm bilan shug‘ullanishga harakat qilganmisiz? Suhbat mavzuining to‘satdan bu mavzuga ko‘chishi Zohidni ajablantirdi. «O‘tmishimni bilib so‘rayaptimi yo boshqa bir narsani aytish niyati bormi?» deb o‘ylab, mujmalroq javob qaytardi: — Sal-pal... harakat bo‘lgan. — Bizning ishimizda o‘sha «sal-pal»i chatoq. Ilmga «sal-pal» qiziqqanimiz uchun ham cho‘kamiz. Mana, bizning ishimiz nima o‘zi? Jinoyatni ochish, jinoyatchini fosh qilish... hokazo, hokazo... Men esam «bizning ishimiz ilmning aynan o‘zi!» deyman. Bu ishga ilm nuqtai nazaridan qaramaganimiz uchun ham cho‘kamiz. Siz ranjimang, kinoya qilayotganim yo‘q. Cho‘kayotganimiz aniq. Men sizga bekor qiziqib qolmadim. Sizda ilmiy tahlilga intilishni ko‘rdim. Mana, kechagi xabar: Rusiyada bir manyakni ushlashibdi. O‘n yettita xotinni zo‘rlab, o‘ldirgan. Bu xabar yuzaki qaraganda men uchun ahamiyatli emas. Lekin ikki yil ichida o‘n yetti xotinning qotili izlangan. Uchtasi hatto «topilgan». Ahmoqlikni qarangki, bitta xotinning erini qotil deb gumon qilib, otishga hukm qilishgan, bolalarini yetimxonaga joylashgan. Agar u ahmoqlar ilmga asoslanib ish yuritishganda shunday bo‘larmidi? — Bizda ahmoqlar yo‘q deysizmi? — Ha, qoyilman. Hamma gap shunda. Shuning uchun Sunnatullaevning eski «Ish»ini bir ko‘ring dedim. Mening fikrimcha, har bir jinoiy ishning ochilishi — ilmiy ish. Menga qolsa, Sunnatullaevning ishini ochsangiz, shartta «huquqshunoslik fanlari nomzodi» yoki «do‘kto‘ri» unvonini berib yuborardim. — Rahmat, xuddi unvonni olganday bo‘ldim, — dedi Zohid kulimsirab. — Endi ishimizga taalluqli bir savol: Asadbekka o‘xshaganlar, jinoiy guruhlar nima uchun taltayib ketishdi? Ular oldin pastki qobiqda pisib yurishardi. It qutursa egasini qopadi, deyisharmidi? Ularni nima quturtirdi? — Buning sabablari ko‘p. Jamiyatning tomir urishiga qarab, sabablarni axtarish kerak. — Siz bir axtaring. Ungacha mening javobimni eshitib ko‘ring. Jamiyatning kasalini eslaganingiz yaxshi. Asadbeklar paytdan foydalanishdi. Oshqovoq Gdlyan tepa tomonni sur-sur qilayotganida bular bilan hech kimning ishi bo‘lmay qoldimi? Kadrlar masalasi ko‘tarildimi? Ko‘p joylar bo‘shadimi? Bular o‘sha joylarga o‘zlariga sodiq odamlarini tiqishtira boshlashdimi? O‘rtada pul degan nozanin o‘ynadimi? Bu nozanin bir karashmasi bilan necha jonlarni behalavot qilarkin? Bular hali ham o‘sha-o‘sha zamon deb o‘ylashyapti. Hali ham aytganlarini qonun deb ishonishadi. Bir jihatdan shunday deb o‘ylashlari ham durust. Ilm deganim — rentgenday gap. Biz ularning o‘pka-jigarlarigacha ko‘rib turishimiz shart. Bo‘lmasa kasalning ildizini topa olmaymiz... Ustozim to‘g‘ri aytgan ekanlarmi, qahva aqlni peshlarkanmi? Yana bittadan ichamizmi? Zohid piyolani chetga surib, iltifoti uchun Said Qodirovga rahmat aytdi-da, ketishga ijozat so‘radi. U ostona hatlab xonaga kirishida ezgin kayfiyatda edi, chiqishda boshqa holda bo‘ldi. «Gapi boshqa, ishi boshqalarga o‘xshamaydi», deb o‘ziga-o‘zi taskin berdi. 2 Jamshid Sunnatullaevning avvalgi jinoiy ishini o‘rganishni Zohid e’tiborga molik masala deb hisoblagan bo‘lsa-da, bu vazifani bajarishni keyinroqqa qo‘ygan edi. Said Qodirovning huzuridan chiqqach, Jamshid o‘smirlik chog‘ida ishlagan idoraga qarab yurdi. U «Ish» bilan dastlab tanishgan chog‘ida pala-partishlikni, da’vogar qizning tergovdagi gaplari bilan sudda aytganlari orasida mantiqiy bog‘lanish buzilganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling