Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
25 yoqtirmasmidi, yo dang‘illama uy solishdan qo‘rqarmidi, Manzura buni bilmaydi. O‘zi esa hech mahal bunga qiziqmagan. «Qizlar bizning uyimizni nazarga ilisharmikin?» Ostona hatlab ichkari kirgan Manzuraning xayoliga kelgan dastlabki fikr shu bo‘ldi. Dunyodagi barcha ayollarda bo‘lganidek, Manzurada ham libosga qarab qo‘yish odati bor edi. U bir qarashning o‘zidayoq, mezbonlar libosining shohona ekanini bildi. Ularnikiga nisbatan o‘ziniki g‘aribgina tuyuldi. Agar qimmatbaho bezaklari bo‘lmasa, uni shu uy xizmatkorlari qatoriga qo‘yish mumkin edi. Tanishuv so‘ngida ular chekkaroqda iymanib turgan ikki qizga yaqinlashdilar. — Mening qorong‘u osmonimni yoritib turuvchi ikki yulduzim — biri Cho‘lponoy, biri Mushtariy, — dedi Muzaffarxon faxr bilan. Qizlar ko‘zlarini yerdan uzmay, baravariga salom berdilar. Manzura alik olgach, doktor Xudoyor so‘z qotdi: — Inshoollohkim, bu yulduzlar sizning osmoningizda ham nur sochajak! Qizlar uyalishib, o‘girildilar-da, zina tomon yurdilar. So‘ng ildamlik bilan yuqoriga ko‘tarildilar. Ularni ko‘rgan zahoti Manzuraning yuragi jiz etdi. Qizlar bag‘oyat go‘zal, istarali edilar. Balki hazrat Navoiy «Ruxsorida lomai malohat, guftorida nash’ai fasohat» deb bitik bitganlarida shunday go‘zallarni nazarda tutdilarmi, Xudo biladi. Manzura hozircha ularning ruxsorigagina bandi bo‘ldi, hali so‘zlarini eshitgach, shunday qizlarni o‘g‘illariga nasib etgani uchun Yaratganga shukrlar qilishi tayin. Manzura barcha bilan bir sidra tanishib chiqqach, Guluzor begim iltifot qildi: — Azizlarim, Manzuraxon begim ila meni ma’zur tutgaysizlar, sizlarni bir necha daqiqaga tark etajakmiz. Manzura mezbonga ergashib, avval shinam dahlizga chiqdi, so‘ng mo‘’jaz mehmonxonaga kirdi. — Bunda orom olmog‘ingiz mumkin, Manzuraxon begim. Chantalaringiz bu yerda. — Mezbon shunday deb, yon eshikni ochdi. Manzura bir kishilik yotoqxonani, karavot yonida turgan jomadonini ko‘rib, «chanta» nima ekanini fahmladi. — Siz tashrifingiz ila barchalarimizni g‘oyatda sarfaroz ayladingiz, begim, biz bunda ota yurtdan kelgan har bir vatandoshlarimizning nafasiga mushtoq yashayurmiz. Shul bois vatandoshlar tashrifingizga peshvoz yig‘ildilar. Siz hordiq chiqaring, men picha fursat o‘tgach, huzuringizga qaytajakman. Mezbon chiqqach, Manzura yumshoq kursiga omonatgina o‘tirdi. U uyning hashami, mezbonlarning takallufidan hayron, go‘yo begona yurtga, begona odamlarnikiga emas, balki begona dunyoga kelib qolganday edi. To‘yu-ziyofatlarga borib «esonmisiz- omonmisiz...»dan boshlab, kerakli-keraksiz gaplar bilan vaqt o‘tkazishga, ketma-ket kiritiluvchi ovqatlarga, «oling opovsi, oling, ovsin» degan mehribonchiliklarga o‘rganib qolgan ayol uchun bu chindan ham o‘zga dunyo edi. Shu sababli Manzura yo‘ldagi holatini, qizi tashvishidagi xayollarini, o‘g‘illarini bag‘riga bosgan chog‘dagi mas’udlikni bir zum unutib, o‘zini qanday tutmoqligi lozimligini o‘yladi. Guluzor begimning bu xonaga boshlab kirishidan maqsadi yuvinib, kiyimlarini almashtirib olish uchun sharoit yaratmoq ekanini fahmlab, o‘rnidan turdi. Shunda yotoqxona yonidagi eshikning qiya ochiq turganiga, bu yerning yuvinish xonasi ekaniga e’tibor berdi. Manzura yuvinib, taranib bo‘lgach, mezbonni yana o‘n daqiqa kutdi. So‘ng Guluzor begimga ergashib, tanishuv marosimi bo‘lib o‘tgan katta xonaga qaytdi. Davra qurib o‘tirganlar Manzuraning tashrifini jilmayib, bosh irg‘ab qo‘yish bilan sharaflashdi. Davra to‘rida, ikki o‘g‘il o‘rtasida ikki joy bo‘sh edi. Manzura bilan Guluzor begim o‘tirishlari hamon xizmatchi kelib qahva tutdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling