Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
22 piston...» deyishi lozim edi. Shunda u «Rossiyani shuning uchun tashlab ketyapman», deb bahonasini ro‘kach qilgan bo‘lardi. Lekin kutgan gap aytilmadi. Xonimcha «Bular bir nima deyishga qo‘rqishadi», deb o‘ylab, achchiqlandi. Shu topda u gapirmay kelayotgan ayoldangina emas, o‘zidan ham nafratlandi: «Mening qayoqqa, nimaga ketayotganimni u bilmasa, unga tushuntirishim shartmi?..» Odam tabiati shunday: ba’zan biron nojo‘ya qadam qo‘yadi-yu, keyin o‘zini oqlash maqsadida bahonalar izlaydi. Birov «nimaga shunday qilding?» deb so‘ramasa ham bahonalarini aytishga shoshiladi. O‘zi to‘qigan, ammo o‘zi ham ishonmagan bahonaga boshqalarni ishontirmoqchi bo‘ladi. «Ishtonsizning hadigi cho‘pdan», deb balki shunga aytilar. Xonimcha Manzuraning qarab turishidan tutoqdi: — Nimaga qarayapsiz? Gapim yoqmadimi, yo tushunmadingizmi? — Tushundim... lekin... — Nima, lekin? — O‘zingiz rusmasmisiz? — Xo‘sh, rus bo‘lsam-chi? — O‘zingizning yurtingizni shunday deysizmi? — Xo‘sh, chindan ham yuvuqsiz bo‘lsa-chi? Xo‘sh, o‘zingiz kimsiz, qozoqmisiz, tojikmisiz? — O‘zbekman. — Agar O‘zbekiston shunaqa bo‘lsa, indamay yuraverasizmi? — Xudoning o‘zi asrasin! — Yo‘q, siz menga aniq javob bering: shu gapni aytmaysizmi? — Tilim kesilsa ham aytmasman. — Xo‘sh, nimaga? — Xonimcha shunday deb qutidan yana bir sigareta olib, labiga qistirdi. — Faqat «Vatanimni sevaman» demang, bunaqa gaplarni milliard marta eshitganman. Manzura nima deyishini bilmasdi. Nima desin: kindik qonim to‘kilgan tuproq men uchun muqaddas, unda ota-onam yotibdi, aziz-avliyolar yotishibdi, bir kuni o‘zim ham shu tuproqqa qo‘shilaman, qanday qilib uni la’natlash mumkin? O‘z yurtini la’natlagan tilni kesib, itga tashlansa, it ham bu tildan hazar qilar, yemas? Manzuraning dilida shu tuyg‘u bor, lekin bunday so‘zlarni maromiga yetkazib ulab, ayta olmaydi. Biroq, xonimcha unga qaltis savol berdi, javob kutyapti. — Shunday deysiz-u, erta-indin yana shu... yuvuqsiz deganingiz joyga qaysi yuz bilan qaytib kelasiz? — Kim qaytib keladi? Menmi? O‘lsam ham qaytmasman. Tupurdim bunaqa joyga. — Endi... bu yoqlarda yashamoqchimisiz? — Ha. O‘ynashim kutib turibdi. Germaniyaga boramanu undan Parijga uchaman. Parijda yashayman! «O‘ynashim kutib turibdi?» Bu gapni shu tarzda behayolik bilan aytilgani Manzurani titratib yubordi. Manzura nazoratdan o‘tayotganida bu xonimchaning bir yigit bilan quchoqlashib, o‘pishib xayrlashganiga ko‘zi tushgan edi. «Demak, u boyoqish eri... bu yoqda esa o‘ynashi... Voy sharmanda, yo tavba...» Manzura shunday deb o‘yladiyu birdan yodiga Zaynabning Elchinga aytgan so‘zlari yodiga tushib oyoq-qo‘liga muz yugurdi. «Nahotki mening qizim ham shunday bo‘lsa?!» degan fikr miyasiga yashin kabi urilib, jonini sug‘urib olganday bo‘ldi. Jism og‘risa chidash mumkin, ruh zada bo‘lsa, ezilsa chidamoq mushkul. Ko‘zini yumib, ingrab yuborganini o‘zi ham sezmay qoldi. Xonimchaning boshqa gapirmay jim ketishi bir jihatdan yaxshi bo‘lsa-da, ikkinchi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling