Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 bilan uch daqiqa kifoya...» Ha, uch daqiqa kifoya edi. Zaynabga aynan shu uch daqiqa yetmadi. Telefonning qattiq jiringlashi qora xotinning gaplarini tasdiq etganday bo‘ldi. 2 Olmoniya sari uchib borayotgan Manzura o‘zini dorboz kabi his etardi. Uch yil avval Asadbek ikki o‘g‘lini xorijga o‘qish uchun yuborish harakatiga tushganida quvongan edi. «O‘g‘illarim otalari singari qil ko‘prik ustida yashamaydigan bo‘lishadi», deb Xudoga shukrlar qildi. Asadbek to‘ng‘ich o‘g‘il tug‘ilganidayoq «Men buni o‘qitib, zo‘r odam qilaman», degandi. Oradan yil o‘tib keyingi o‘g‘il dunyoga kelganida ham shu ahdini aytdi. Bu maqsadini tez-tez takrorlab tursa-da, Manzura ishonqiramas edi. Farzandlari ulg‘aygani sayin «ot o‘rnini toy bosmasa edi» deb cho‘chirdi. Uning xavotiri o‘rinsiz edi. Asadbek farzandlariga qattiqqo‘l bo‘lmasa-da, erkalatmadi, o‘qishini nazorat qildi. Yaxshi muallimlarni yollab, o‘g‘illarining vaqtni bekor o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymadi. Fursat yetgach, ikkala o‘g‘lini oldinma-keyin Moskvadagi o‘qishga kiritdi. Bir tomondan zarning kuchi, ikkinchi tomondan bolalarning idroki zo‘r kelib, Olmoniyada o‘qish imkoni tug‘ilishi bilan bu imkoniyatdan beto‘xtov foydalanildi. O‘shanda quvongan Manzura o‘zini dorboz holiga tushajagini fahmlamagan edi. Juda baland tikilgan, sog‘inch deb ataluvchi bu dorning bir tomonida o‘g‘illari, bir tomonida eri bilan qizi. U esa uquvsiz dorboz, qo‘lida langar cho‘pi ham yo‘q. Dorning o‘rtasiga kelib olib, dam oldinga, dam orqaga qaraydi... Uydan chiqqanidan beri yuragi g‘ash. Eri kasal, qizining yuzlaridan qon qochgan, ko‘zlariga xastalik buluti ko‘lanka solgan. Qizi sezdirmaslikka harakat qiladi. Lekin onaning yuragini aldab bo‘lar ekanmi? Bormayin desa, u tomonda o‘g‘illari... Bahona qidirsa eridan baloga qoladi. Borayin desa... Uchoq bulutlar hamlasidan yulqinib chiqib ohista suza boshlagach, uchoq bekasi patnisdagi billur qadahlarda ichimlik tutdi. Manzura kalta ko‘ylakli bekaga «bu nima?» degan ma’noda qaragan edi, u izoh berdi: — Pepsi-kola, pivo, vino. Manzura: «Kerakmas, ichmayman», deganday bosh chayqadi. Shu paytgacha qosh- ko‘zlariga zeb berayotgan yosh juvon bo‘yin cho‘zib patnisga qaradi-da: — Pivo kimniki, finlarnikimi? — deb so‘radi. — Moskvaniki, — dedi uchoq bekasi. — Vino-chi? — Vino ham. — Fu, — dedi juvon, keyin Manzuradan iltimos qildi: — Pepsini uzatib yuboring. Manzura «pepsisi qaysi biri ekan?» deb o‘ylanib o‘yiga yetgunicha juvon uning shunday tumshug‘i ostidan qo‘lini uzatib qadahlardan birini oldi. So‘ng yarmini ichdi-da, sumkasidan yapaloq shisha idishni olib, qopqog‘ini ochdi. Manzura uning harakatlarini ko‘z qiri bilan kuzatdi. U yapaloq idishdagi ichimlik xorij konyagi ekanini bilmas edi. Konyakdan pepsi-kola ustiga quyilib, sumkadan bir qarichli naycha chiqarilib, simira boshlangach, Manzura kinolarda ko‘rganini eslab, xonimchaning kokteyl ichayotganini fahmladi. Manzura bunaqa holatni hayotda endi ko‘rishi edi, shu bois «kinoda ko‘rsatadiganlari to‘g‘ri ekan-da» deb qo‘ydi. Manzuraning u bilan gaplashish istagi yo‘q edi. Xonimchaning qilig‘i yoqmaganidan yoki ruschani yaxshi bilmaganidan emas, balki xayol ipining bir uchi erida, qizida, bir uchi hademay uchrashishi lozim bo‘lgan o‘g‘illarida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling