Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
201 deb emas, xojalariga xolis xizmat qilish deb bilardi. Asadbek uning aynan shu odatidan foydalanish uchun vazifa topshirib turardi. Hovlida Jamshidning ovozi eshitilib, Asadbek deraza orqali tashqariga qaradi. Yomg‘ir tinib, parcha-parcha bulutlar yorug‘idan quyosh ko‘rinayotgan edi. Shiypon zinasi yonida kelinayalari bilan suhbatlashib turgan Zaynab darvozaxonada turib ovoz bergan Jamshidni ko‘rdi-yu, gapirayotgan gapini ham chala qoldirib, oshxonaga yo‘naldi. Bundan ajablangan kelinlar ovoz kelgan tomonga qarab, Jamshidga salom berdilaru gap nimadaligini bilmasalar-da, Zaynabga ergashdilar. Bu holatni deraza orqali kuzatib turgan Asadbekning ko‘ngliga sovuqlik oraladi. Ayollar oshxonaga o‘tib, hovli bo‘shagan bo‘lsa ham Jamshid ichkari tomon dalil yurib kelmadi. Uydan shoshilib chiqqan Abdusamad qarshilagandan keyingina unga ergashib, Asadbek o‘tirgan xonaga kirdi. Xojasi bilan ko‘rishdi-yu, «o‘tir» degan taklifga javoban: — Ko‘chada Samatoxun aka turibdilar, — dedi. — Boshlab kiravermadingmi? — Unamadilar. «Bek akamiz uydamilar, avval bilib chiq», deb ajablanib turibdilar. — Nega ajablanadi? — «Ilgarilari yigitlar kutib olishardi, endi nega hech kim yo‘q», deydilar. — Bo‘pti, bor, chaqir. Bashang kiyingan Samatoxun hovliga kirib ham bir narsadan cho‘chiganday atrofga olazarak qarab oldi. Ichkariga kirib tavoze bilan ko‘rishgach, Asadbek ko‘rsatgan joyga o‘tirib, uzoq duo qildi. Shundan so‘ng gapni nimadan boshlashni bilmay o‘tirganida Asadbek boloxonada o‘tiruvchi yigitlarga javob berib yuborganining sababini aytdi. Bu gap Samatoxunning qulog‘iga yetgan, ammo ishonmagan edi. Sababni Asadbekning o‘zidan eshitib, «durust bo‘libdi», deb qo‘ya qoldi. Bu orada Abdusamad choynak ko‘tarib kirib poygakka, Jamshidning yoniga o‘tirdi. — Kuyov bola, to‘ylar qutlug‘ bo‘lsin, — dedi Samat-oxun unga qarab, so‘ng cho‘ntagidan ikkita quticha chiqarib uzatdi: — Xudoyim ota yurtimga borishni nasib qilgan edi. O‘sha yerdagi zargarlik do‘koniga kirib tillo isirg‘alarga hushim ketdi. Qizlarimga, kelinimga atab olib tashqari chiqdimu ko‘nglim bo‘lmay yana qaytdim. «Baxti kulganlarga nasib etar», degan umidda yana ikki juftini oldim. Uyga qaytib suyunchli xabarni eshitdimu qanot chiqarib siz tomon uchdim. Xudoning ko‘nglimga solganini qarang, shu kunlarda to‘y qilishingiz menga noma’lum edi. Ayniqsa birdaniga ikki kelin tushirishingizni qarang! Shu isirg‘alarning egasi, baxti kulgan qizlar sizning kelinlaringiz ekan. Olloh muborak qilsin. Samatoxunning duosidan so‘ng Jamshid bilan Abdusamad o‘rinlaridan turib, tashqariga chiqishdi. — Ha, oxun, mashqingiz sal pastroqmi? — dedi Asadbek, holi qolishgach, — Mashqim joyida, Bek aka... — Samatoxun Asadbekning sinchkov nigohiga dosh berolmay dasturxon ustidagi piyolaga tikildi, — asli maqsad muborak bo‘lsin, deb ketish edi. Bir gap bor-u, hozir o‘rni emas, to‘ydan keyin bafurja gaplasharmiz. — Gapiravering, to‘y o‘tguncha qiynalib yurasizmi. — Unchalik muhim gapmas edi... — Chaynalmang, sizga dadil gapirish yarashadi. — Gap shuki... balki bizlarga noto‘g‘ri xabar yetgandir... Siz Haydarjonga vakolatni sal kattaroq berib yuborganmishsizmi? — Ha, shunga yaqin gap bo‘ldi. Kasallik meni ancha toldirib qo‘ydi. Haydar begona odam emas, tashvishlanmang. — Shunaqa deysiz-u, begonadan o‘zingniki yomon chaqadi. — Siz chaqdirib yurmang-da. Uni bugun ko‘rib turibsizmi, qiliqlarini bilasiz-ku? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling