Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet277/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
— Asadbeklarning ishi yangi bosqichga kiryapti, — dedi. — Ularning orasidagi odamimiz 
topildi. Uni narkokurer sifatida Krasnoyarga yuborishgan ekan. Nazarimda sinab 
ko‘rishmoqchi bo‘lishgan. Uning xabariga qaraganda, Asadbek o‘zining eng yaqin 
sherigidan uzoqlashgan. Oraga Moskva mafiyasi aralashgan. Demak, ishi yana ham 
qiyinlashadi. Moskva jinoiy guruhining militsiya bilan aloqasi yaxshiga o‘xshaydi. Biz bir 
yangi gap topib u yoqqa yuborsak, yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Krasnoyarda bizning 
odamni mol bilan qo‘lga olishgan. Lekin uning uyiga tekshiruv kelmagan. Biz tomonga 
xabar ham berilmagan. Keyin uni qamoqdan chiqarishgan. Hozir unga ish buyurmay 
qo‘yishgan. 
— Chaqirib olish kerakdir? 
— Hali vaqt bor. Asadbekning «Kesakpolvon» laqabli sherigi Moskva guruhi bilan 
qoradori bo‘yicha katta ish boshlaganga o‘xshaydi. Asadbek chetda emish. Nega? Shuni 
aniqlash kerak. Yana bir gap: Mirodil degan odamning xotini bizga murojaat qildi: eri 
yo‘qmish. Mahmud Ehsonovning janozasidan keyin yo‘qolgan. «KamAZ»dan tushgan 
odam o‘shanga o‘xshaydi: past bo‘yli, kallasi katta. Laqabi ham shunga yarasha — 
Xumkalla. 
— Tinchitib yuborishganmi? 
— Shunaqaga o‘xshaydi. Bu ishlar bo‘yicha ma’lumot yuqori idoraga qadar yetib bordi. 
Yangi kattamiz bu masalada juda qattiq talab qilyapti. Biz sizni bu yoqqa ishga chaqirish 
maslahatini pishirib qo‘ydik. Asadbeklar doirasiga bog‘liq yopilgan hamma ishlar qayta 
qo‘zg‘otiladi. Nima deysiz? 
Zohid yangi rahbarning talablari haqida mayor Soliev aytgan gaplarni eslab, «demak, 
asosiy ishlar endi boshlanadi», deb qo‘ydi. 
— Nega o‘ylanib qoldingiz? Taklif yoqmadimi? Yo Qo‘rqyapsizmi? 
— Qo‘rqyapman. Shu ishning chala qolishidan qo‘rqyapman. 
— Endi bundan qo‘rqmang. Vaqtincha, aldovchi chekinish tugadi. 
Said Qodirovning bu gapidan Zohidning ko‘ngli yayrab: 
— Qahva ichmaymizmi? — deb so‘radi. 
— Ha, albatta, endi aqlni peshlab olish kerak. 
Ikki kundan so‘ng Zohid Said Qodirovning yonidagi xonadan joy oldi. Ularga harakatning 
asosiy yo‘nalishini o‘n kun ichida ishlab chiqish topshirildi. Ular guruhning jinoyatlarini 
bir-bir bayon qilib berishlari mumkin edi. Ammo ularning zimmasida buni isbot etish, 
guruhning barcha a’zolarini jinoyat ustida qo‘lga olish vazifasi turardi. 
U damda Zohid o‘zining bu urinishdagi birinchi qurbon bo‘lishini bilmas edi. 
2 
Zohid ish joyini o‘zgartirgan kuni Asadbek o‘g‘li, kelinlari bilan Moskvaga qarab uchdi. 
Uning qaroridan Kesakpolvon Xongireyni ogoh etib, «Jamshid birga kelsin», degan 
topshiriqni oldi. Jamshidning shaharda Tarzan bilan qiladigan ishlari bor edi. Shuning 
uchun Asadbek uning o‘ziga xamroh bo‘lishini noxushlik bilan qabul etdi.
Moskvada ularni Ilikoning o‘zi kutib olib, ikki kundan so‘ng Abdusamad bilan kelinlari o‘zi 
kuzatdi. 
Kuzatadigan kuni ertalabdan Asadbekning ko‘ngli g‘ash bo‘ldi. Nazarida farzandini
kelinlarini so‘nggi marta ko‘rayotganday edi. «Sheremetevo-2»ga yetib borishganda 
bolalari tekshiruvdan o‘tayotgan ekan. O‘g‘lini bag‘riga bosib o‘pganida, kelinlari Ovrupo 
odatiga ko‘ra uning yonog‘idan o‘pishganda, ayniqsa Mushtariy yig‘idan ovunolmagan 
holda asta-asta uzoqlashayotganida undagi g‘ashlik alanga oldi. Chap ko‘kragidan bir 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling