Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet279/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
279
Jamshid ikki kundan so‘ng qaytib, ushlanib qolishi sababini aytdi. 
Jamshidni yo‘qlagan Xongirey oldinda katta ishlar turganligidan gapirib, Kesakpolvondan 
ko‘ngli to‘lmayotganini bildirdi: 
— U bir merov, laqma ekan. Bek akang qanday qilib uni yonida olib yuribdi? 
Jamshid «bilmayman» deganday yelka qisdi. 
— Men uning o‘rnida seni ko‘rmoqchiman, — dedi Xongirey o‘tkir ko‘zini unga qadab. 
Jamshid bu kutilmagan gapdan noqulay ahvolga tushib, undan nigohini olib qochdi. 
— Mening ustozim Zelixon og‘a odam tanlashni bilardi. Seni menga bekorga tavsiya 
etmagan. Sen noz qilib o‘zingni u yon-bu yon tashlamaginu, Bekning o‘rniga tayyorlan. 
Bek seni o‘ldirmoqchi edi. Istasang uni o‘ldirishing mumkin. Men uni senga sovg‘a 
qildim. 
Xongirey bu maqtovlardan so‘ng Jamshidga bo‘lajak vazifani tushuntirdi: 
— Kecha Moskvaga polshalik talabalar kelishdi. Komsomolning «Sputnik» degan 
sayyohlik xizmati bor, bilasanmi? Polshaliklar shularning taklifi bilan kelishgan. Ertadan 
keyin ular sening yurtingga uchishadi. Ularning orasida krakovlik bir yigit bor. Sen 
Krakovda bo‘lganmisan? 
— Yo‘q. 
— Adashma, bo‘lgansan, esingdan chiqdimi? Axir «yuksak askarlik burchingni» Krakov 
yaqinidagi Sovet qo‘shinlari safida o‘tagansan-ku? 
Jamshid Xongireyning nima demoqchi ekanini ang-lab, «davom etavering, 
maqsadingizni tushunyapman», deb qarab turaverdi. 
— Polshaliklar «Yunost» mehmonxonasiga joylashishgan. Sening xonang o‘sha krakovlik 
yigitning ro‘parasida. Yigitning ismi — Valdemar Vilchek. 
Xongirey shunday deb unga surat ko‘rsatdi. Keyin «Krakov» degan suratli kitobni qo‘liga 
tutqazdi. 
— Kechgacha ko‘rib, o‘qib, suv qilib ichib yubor. Kechqurun u bilan restoranda 
tanishasan. Qolgan topshiriqni Mamatbeydan vaqti kelganda olasan,— dedi Xongirey. 
Xongireyning topshirig‘ini, Valdemar bilan tanishib kelganini bayon qilib bo‘lgach, 
Jamshid «Endi nima qilamiz?» deganday Asadbekka qaradi. 
Jamshid «Krakov» degan so‘zni tilga olganidayoq Asadbek Xongireyning Krakovga 
borishi haqidagi gapini esladi. Otasining vasiyati, amakisining Krakov uchun bo‘lgan 
janglarda xalok bo‘lganini Jamshidning shu shahar yaqinida xizmat qilgani bilan bir 
narsa ekanini tushundi. Xongireyning maqsadini fahmlaganday ham bo‘ldi: 
— Polkovnikning o‘limini to‘rtinchi kasalxonada tobutga joylashganmidi? — Asadbek 
shunday savol berdi-yu, javob kutmay, o‘ylandi: «Polkovnik yashagan mehmonxonadan 
bu kasalxona uzoq. Yoshlarning mehmonxonasi esa juda yaqin... Krakovlik bola ham shu 
yerga tushmasmikin?..» 
— Mamatbey nima qilishni aytmadimi? 
— Yo‘q hali. 
— Bolani balki polkovnik singari mehmon qilarsan? 
— Yo‘g‘-e? 
— Molning yarmi shu yerda-ku? Sen to‘rtinchi kasalxonaga bor. O‘likni yorgan odamni 
top. Siquvga ol. Ammo qochirib yuborma, bizga ham bir xizmat qilib berishi mumkin. 
Agar men Xongireyning o‘rnida bo‘lganimda qoradorini chet elga Maskov orqali 
yubormas edim. Chegaradan katta molni olib o‘tish osonmas. Maskovga olib ketgan 
molni o‘sha atrofda pullaydi. Chet el bilan ahdi bo‘lsa — eng oson yo‘l shu. Bojxonada 
o‘lik titib ko‘rilmaydi. Sen Tarzanga tayinla. Yigitlarni xitlatib qo‘ymasdan Haydar 
akangni kuzatsin. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling