Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet276/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
«Adamga aytmang», deb iltimos qildi. 
XXV b o b 
1 
Oysanam Erkaevaning uyiga poyloqchi qo‘yish kutilgan natija bermadi. Kesakpolvon bu 
uyga boshqa kelmadi. Asadbekning davrasidagi bo‘lak odamlardan ham darak bo‘lmadi. 
Shundan so‘ng Zohid mo‘ljalidagi ikkinchi ishni amalga oshirishdan oldin haydovchi 
Eshpo‘latovning uyiga borib, uning xotini bilan gaplashdi. Avvaliga Zohid uchun 
yangilik bo‘luvchi biron yangi gap chiqmadi. Oldingi tergovchining bayonnomasidagi 
gaplardan nariga o‘tmadi. Shunda Zohid so‘radi: 
— Eringizni tuhmat bilan o‘tiribdi, deb o‘ylaysizmi? 
— Unda nimaga o‘tiribdilar? 
— Eringizning chiqib kelishini istaysizmi? 
— Voy, nega xohlamas ekanman? Bolalarim «adam qachon chiqadilar?» deb siqilib 
ketishdi. 
— Unda yaxshilab eslang: Shokarimov yo‘qolgan kunlari eringiz uyga vaqtida kelgan 
ekan. Keyin-chi? Kechki payt uni hech kim chaqirmadimi? 
Xotin o‘ylanib turib: 
— Chaqirdi, — dedi. 
— Kim chaqirdi? 
— Qayinsinglim, Oysanam. 
— Nega chaqirdi? 
— Bilmadim. 
— Oldin ham chaqirib turarmidi? 
— Ha. Mashinasiz bir qadam yurmaydi. Sal narsaga yakshanba kuni ham chaqiraverardi. 
Boyaqish adamiz dam olish nimaligini bilmasdilar. 
— O‘shanda qaysi kiyimda borib-keldilar, eslang. 
— Ishga kiyadigan kiyimlari. 
Zohidning talabi bilan xotin o‘sha kiyimlarni javondan olib ko‘rsatdi. Zohid uning ijozati 
bilan boshqa kiyimlarini ham ko‘zdan kechirib, ayrimlarini tekshirtirish uchun oldi. 
Tekshirish natijasi o‘sha kuniyoq ma’lum bo‘ldi: pidjakning yengidagi qon dog‘i, shimdagi 
tuproq qoldiqlari Zohidni gumon sahrosidan haqiqat vodiysi tomon boshlaganday bo‘ldi. 
U shosh-qich ravishda tintuvga ruxsatnoma olib, qidiruv guruhi bilan Shokarimovning 
uyiga bordi. Yerto‘ladagi kavlab, jasad ko‘mib qo‘yilgan joy uning barcha savollariga 
javob berdi. 
Erining o‘sha kuni barvaqt kelgani, so‘ng orada mashmasha chiqib, katta janjalga 
aylangani, oqibat musht ishga tushganini Oysanam uyda emas, qamoqning 
so‘roqxonasida aytdi. «Men o‘zimni himoya qildim. «Bo‘g‘aman», deb yopishganlarida 
itarib yubordim, yiqilib, boshlari dazmolning uchiga tegdi. Shu bilan... jonlari chiqdi», 
deb uvvos tortib yig‘lashni boshladi. 
Masala yechilgach, necha oy davom etgan ish Zohidga oddiy gapday bo‘lib ko‘rindi. 
Zaripovani ozod qilish haqidagi qarorni yozib berdi. Bir ko‘ngli qarorni o‘zi olib borib, bu 
jabrdiyda ayolni kuzatib qo‘ymoqchi ham bo‘ldi. Lekin bahsda yengilganini tan olib 
borishni istamadi. Buning ustiga respublika prokuraturasidan Said Qodirov yo‘qlab qoldi. 
Zohid «Ish»ning yakuni haqida hisob berganidan so‘ng Said Qodirov: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling