Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet273/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
Polkovnik «internatsional burchini bajara turib qahramonona halok bo‘lgan vatan o‘g‘loni 
orden bilan mukofotlanganini, tushunmovchilik tufayli orden vaqtida topshirilmaganini» 
aytib uni SSSR Mudofaa vaziri nomidan topshirdi. Yaralari yangilangan ota-ona farzandi 
yuzini silaganday ordenni silashdi. Ular bilishmasdiki, Moskvaning Arbat deb atalmish 
eski ko‘chasidan bunaqangi ordendan istaganchasini sotib olish mumkin, guvohnomasini 
esa kompyuter degan beminnat dastyor aslidan ham yaxshiroq qilib tayyorlab berardi. 
Ordenni topshirish paytida Mamatbey bilan Kesakpolvon qabristonda edilar. Izma-iz 
yetib kelgan odamlari yuk mashinasidan qabrtoshni tushirishdi. Ish shoshqich ravishda 
amalga oshirilib, qabr ochilib, temir tobut teshilganini go‘rkov ham sezmay qoldi. 
Polkovnik temir tobut minalashtirilmaganiga qa-sam ichgan bo‘lsa ham Mamatbey unga 
yaqinlashishga qo‘rqdi. Qabriston darvozasi yonidagi chog‘roq xonada go‘rkovni gapga 
solib o‘tirdi. Oq marmardan ishlangan qabrtosh tuproq ustiga o‘rnatilib, ish bir soatga 
qolmay yakunlandi. Ana shundan keyin Mamatbey marhumning uyiga xabar yubordi. 
Shu tarzda boshqa qishloqlarga ham borishgach, ishning zo‘r darajada uyushtirganlari 
uchun Mamatbey, Kesakpolvon, Jamshid xo‘jayinlaridan olqish eshitdilar. 
— Qabrtosh o‘rnatishni zo‘r topibmanmi? — dedi Xongirey, — o‘lik bo‘lishsa ham ular 
bizning sheriklarimiz. Men sheriklarimning o‘ligini ham hurmat qilaman. 
Ish oxiriga yetgach, Asadbeknikiga fotihaga kelishdi. 
So‘ng Mamatbeyning qarorgohida ziyofat bo‘ldi. 
Ziyofatdan keyin Jamshid polkovnikni mehmonxonaga boshlab ketdi. Polkovnik u yerda 
ham aroqxo‘rligini davom ettirdi. Jamshidga uni tashlab kelish emas, ertalabgacha 
yonidan jilmaslik topshirilgan edi. Yarim kechagacha polkovnikning jag‘i tinmadi. 
Afg‘ondagi ishlarini aytib, maqtanib, shuning orasida o‘zi bilmagan holda temir 
tobutlarga qoradorini qanday mahorat bilan joylashtirganini ham oshkor etib qo‘ydi. 
— Sen kim bilan ishlayotganingni bilasanmi? — dedi polkovnik Jamshidning bo‘yniga qo‘l 
tashlab olib.— Xongirey! U haqiqiy erkak! Selimni bilarmiding? U meni laqillatmoqchi 
bo‘ldi. Men esam unga minalashtirilgan tobutni ro‘para qildim. Menga qara, ahmoqqa 
o‘xshaymanmi, a? Ha! Men o‘ljaga bir to‘da odamning tashlanishini bilardim. Xongirey 
mardlik qildi. Selim bilan teng sheriklikka kelishuvdim. Xongirey o‘ttiz foiziga ko‘ndi. 
Menga yetmish foiz tegadi. Tushunyapsanmi? Men eng boy polkovnik bo‘laman. O‘sha 
yetmish foiz hisobidan Xongirey menga Shaxovskiydagi uyini berdi. Men seni o‘sha 
yoqqa birga olib ketaman, uyni yuvamiz... 
Tun yarimlaganda Mamatbey qo‘ng‘iroq qilib, polkovnikning ahvoli qandayligi bilan 
qiziqdi. Jamshidning «ichib, sayrab o‘tiribdi», degan javobini eshitib amr qildi: 
— Ziyrak bo‘lib tur, mazasi qochsa, «tez yordam» chaqir. To‘rtinchi kasalxonaga olib 
borasan. 
Oradan bir soat o‘tmay, polkovnik yuragi qattiq sanchayotganini aytgach, Jamshid «tez 
yordam»ni chaqirdi. Bemor kasalxonaga yetkazilganidan so‘ng ham Jamshid iziga 
qaytmadi. Ertalabga yaqin vrach chiqib, polkovnikning «uzilgani»ni aytgach, 
Mamatbeyga qo‘ng‘iroq qildi-da, «o‘sha yerdan jilma», degan buyruq oldi... 
Jamshid shu voqealarni Asadbekka batafsil bayon qilgach: 
— Polkovnik uchun maxsus tobut yasatibdi. Uni Xongireyning o‘zi olib ketdi, — dedi. — 
Nazarimda yig‘ilgan qoradorilarning yarmi shu tobutda ketdi. Polkovnikning ixtirosi 
o‘zining boshini yedi. 
— Yarmi ketganini qaerdan bilasan, ko‘rdingmi?— deb so‘radi Asadbek. 
— Ko‘rmadim, meni bu ishga yaqinlashtirishmadi. Qaerga yashirishganini ham 
bilmayman. Xongirey ketadigan paytda Mamatbeyga «qolgan yarmi uchun boshing bilan 
javob berasan», deganini eshitdim. 
— Nima uchun hammasini olib ketmadi? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling