Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet271/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

XXIV bob 
I 
Asadbek dastlab Halimjonni tanimadi, uni fotihaga kelganlardan, deb o‘yladi. Ozib 
ketgan, ko‘zlari kirtaygan, yuzlari, qo‘llariga toshgan yaralar hali butkul tuzalmagan bu 
yigitdan «boshingdan qanday savdolar o‘tdi?» deb so‘rashga hojat bo‘lmasa-da, 
Asadbek: 
— Ancha mazangni qochirishibdi-ku? — dedi. 
— «Kurort»ning qanaqaligini o‘zingiz bilasiz-ku?— dedi Halimjon, keyin Asadbekning 
«Men qayoq-dan bilaman, bir-ikki marta qamalibmidim?» degan ma’nodagi qarashiga 
javoban izoh berdi: — Tergovni birdan to‘xtatib, jinnixonaga o‘tkazishdi. Keyin chiqarib 
yuborishdi. 
— Seni men chiqartirmadim, — dedi Asadbek. 
Halimjon «unda kim?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, botinmadi. Unga Asadbekning o‘zi izoh 
berdi: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
— Men bunaqa ishlarga aralashmayman. Sen qanaqa laqmasan, o‘zing? Mol olib bor
desa indamay ko‘tarib ketaverasanmi? 
— O‘ylab ko‘rishimga ham fursat berishmadi, — Halimjon bo‘lib o‘tgan voqealarni so‘zlab 
berdi. Asadbek uning gaplarini diqqat bilan eshitsa-da, «bu yigit militsiyaning odamimi 
yo yo‘qmi?» degan gumonini ajrim qilolmadi. O‘zining «odamga butunlay ishongandan 
ko‘ra, ishonmayroq turilgani ma’qul», degan aqidasiga amal qilib, ko‘p so‘rab-
surishtirmadi. Halimjon hikoyasini tugatgach, faqat: 
— Haydar akangga uchrashgandirsan, nima deyapti?— deb so‘radi. 
— Hozircha dam ol, — dedilar. 
— To‘g‘ri aytibdi. Endi ko‘zingni ochib yur, bola. Ularga o‘chakishma. Ko‘rganlaringni 
xatto xotiningga ham aytma. Seni qozonga solib bir qovurib, tortib olishibdi. Keyingi 
safar qozonda jizg‘anak bo‘lib qolib ketishing ham mumkin. 
— Xizmat bo‘lsa aytavering. 
— Damingni ol. 
Halimjon Asadbekning ehtiyotkor bo‘lib qolganini sezdi. Garchi qamoqda barcha 
azoblarga chidab, birovning nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, Kesakpolvon ham unga 
ishonqiramay qaradi. Halimjon aynan mana shunga tushunmadi. Bekorga azob 
tortibmanda, degan xayol bilan Asadbekning uyini tark etdi. 
Asr namozini masjidda o‘qigan Jalil Muhiddin ota bilan kelayotganda darvozadan chiqib 
ketayotgan Halimjonga duch keldi. Abgor holatdagi yigitning salomiga alik oldi-yu, 
orqasidan ajablanib qaradi. 
Tunov kungi tavbadan so‘ng Asadbek o‘zini qo‘lga ola boshlagan bo‘lishiga qaramay, ular 
xavotirlaridan qutulmagan edilar. Kunda bir xabar olish odatlariga xilof qilmay kirib 
keldilar. Ular hol-ahvol so‘rashishga ulgurmay darvozaxonada avval Kesakpolvon, so‘ng 
Xongirey bilan Mamatbey, keyin Jamshid ko‘rinishdi. 
— Obbo, kaltakessaging keldi-ku, ko‘zing uchib turuvdimi? — dedi Jalil. — Kimlarni 
boshlab kelyapti? 
Asadbek darvozaxona tomon qarab, bir titrab oldi. Yuzlari uchdi. Mushtumini qisdi. 
Undagi o‘zgarishni Jalil ham Muhiddin ota ham sezishdi. Shuning uchun Asadbekni 
mehmonlar bilan yolg‘iz qoldirishmadi. 
Xongirey kelib, Asadbek bilan quchoqlashib ko‘rishib, hamdardlik bildirdi. Asadbek uni 
shu onning o‘zida bo‘g‘ib o‘ldirgisi keldi, hatto uni bir oz qisdi ham. Lekin ilojsizligini 
bilib, Xongireyning o‘lim topadigan baxtiyor kunini nariga ko‘chirdi. Xongirey 
Asadbekning qattiqroq quchganini sezdi, buni yomonlik emas, yaxshilikka yo‘yib, 
xushnud bo‘ldi. Mamatbey, uning izidan Kesakpolvon ham quchoqlashishdi. 
Kesakpolvondan aroq hidi gupurib, Asadbek yuzini chetga burdi. Jamshid salom berib 
so‘rashdi-yu, iziga chekinib, uch-to‘rt qadam narida, amrga mahtal mulozim kabi qo‘l 
qovushtirib turdi. 
Xongirey qadrdonining boshiga tushgan kulfatdan g‘oyat alamda ekanini, otasi o‘lganida 
ham bunchalik qayg‘urmagani, vaqtida kelolmagani uchun hijolatda ekanini 
aytayotganida Asadbek uning so‘zlarini eshitmas, ma’nosiz boqayotgan ko‘zlarini 
ro‘paradagi atirgul g‘unchasiga qadab olgan edi. 
Birovlarning yuragida ilon mudraydi, birovlarning yuragida sher na’ra tortadi. 
Asadbekning yuragida esa bularning barchasi mujassam: ilon uyg‘onsa, sher hamlaga 
intiladi. Ularni jilovlash uchun Asadbekdan qanchalar kuch talab etilayotganini 
o‘tirganlarning hech biri xis etolmasdi. 
Asadbekning baxtiga mehmonlar uzoq o‘tirishmadi. Xongirey o‘rnidan turib «sog‘ bo‘l», 
deb qo‘l uzatdi. Uning bu tilagi Asadbekning qulog‘iga «yo‘q bo‘l» kabi eshitilib, vujudiga 
titroq yugurdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling