Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet272/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
Kesakpolvon «sizlar o‘tiraveringlar, o‘zim kuzataman», deb mehmonlarni boshlab ketdi. 
Asadbek orqasiga o‘girilayotgan Jamshid bilan ko‘z urishtirib olishga ulgurdi. Bir hafta 
bo‘ldimikin, Jamshid daraksiz edi. Bular bilan boshlashib kirib kelishidan Asadbek bir 
balo boshlanayotganini sezdi. 
Muhiddin ota mehmonlarning tashrifi mezbonga yoqmaganini sezdi. Bosh egganicha 
sukutga berilgan Asadbekni turli xayollar oqimidan tortish maqsadida so‘z qotdi: 
— Haydar oshnangiz ko‘p icharkan, chamasi, a? 
— Ko‘p emas, tinmay ichadi, u haromi, — dedi Jalil. — O‘tgan yili ramazondan oldin 
«baliq yeb, xalqumni tozalayapman», devdi. «Sen Qora dengizning barcha baliqlarini 
pishirib yesang ham halquming toza bo‘lmaydi», dedim. 
— Hay-hay bo‘tam, bandani bunday haqoratlamang. 
— Men uni haqoratlamadim. Siz uning qiliqlarini bilmaysiz. Agar Abu Jaxl tirilib kelib shu 
kaltakessakka ro‘para bo‘lsa, «olamda mendan o‘tadiganlar ham bor ekan-ku», deb 
ko‘ngli ancha taskin topardi. 
Muhiddin ota «hay-hay, astag‘firulloh», deb Asadbekka qarab oldi. Jalil bir kuni 
Kesakpolvon bilan jig‘illasha turib «senlar ko‘p qon to‘kkansanlar», deganida uning 
tirjaygancha «qon yorug‘lik, akaxon», deb javob berganini ham aytmoqchi bo‘ldi-yu, 
oshnasiga gap yoqmayotganini bilib, indamadi. 
Asadbek Jalil bilan Muhiddin otaning gaplariga be’etibor edi. Agar xayoli joyida 
bo‘lganida «Abu Jaxl deganing kim?» deb so‘rar, Jalil esa chala ilmini jamlab, 
musulmonlarga, xususan Ollohning rasuliga qilingan yomonliklardan gapirib berarmidi... 
Ular shom yaqinlashganini bahona qilib o‘rinlaridan turishdi. 
— Shomni machitda o‘qib, o‘shanaqasi uyimga ketaman. Menda gaping yo‘qmi? — deb 
so‘radi Jalil. 
— Samad olib borib qo‘yadi, — dedi Asadbek. 
Jalil odatiga ko‘ra «avtobusda ketaveraman, onam meni mashinada tug‘maganlar», 
demoqqa og‘iz juftladi-yu, mavridi emasligini fahmlab, «Rahmat, oshna», deb qo‘ydi. 
Asadbek Jamshidni shu kecha kelib qolar, deb kutdi. Lekin undan darak bo‘lmadi. 
Ertasiga ham kelmadi. Tunlarni bedor o‘tkazib, vujudining qaqshab og‘rishidan xorigan 
Asadbek tongga yaqin mizg‘ib olardi. Xongireyning tashrifidan so‘ng bu ham yo‘qqa 
chiqdi. Bu safar subhi kozibda ham, subhi sodiqda ham Asadbek bedor edi. Tong otdi
ammo uning vujudidagi zulmatga nur oralamadi. 
Peshinga yaqin Jamshid keldi. Asadbek maydalab so‘rab-surishtirmasa ham, bir haftaga 
yaqin nima uchun ko‘rinmaganini tushuntirib berdi. Gapni Xongireyning atayin fotiha 
o‘qish uchun kelmaganidan boshladi. 
2 
«Polkovnikning yuragi kasal ekan, o‘ldi», deb Xongirey navbatdagi yolg‘onini ishlatgan 
edi. Polkovnikning o‘lishi yoki tirik qolishi o‘zi uchun ahamiyatsiz bo‘lgani sababli 
Mamatbey bu gapning chin yoki yolg‘onligini surishtirib ko‘rmagan ham edi. 
Xongireyni kutib olgani chiqqanida yonida polkovnikni ko‘rib, «ie, o‘lgan edi-ku?» 
deb ajablanmadi ham. Kesakpolvon «Xongirey avval fotiha o‘qigani borar», degan 
maqsadda «oshnasining g‘oyatda qayg‘uda o‘tirgani»ni aytdi. Xongirey mamnun holda 
Mamatbey bilan ko‘z urishtirib olgach: 
— Oldin ishni qilaylik. Fotiha qochmaydi, — degach, shaharda qolmay, yo‘lga tushishdi. 
Jamshid ularni Afg‘on urushidan o‘liklari kelgan askarlardan birining uyiga boshlab bordi. 
Marhumning ota-onalari maskovlik aziz mehmonlarni izzat-ikrom bilan kutib olishdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling