Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
269 — Bas qil, go‘rdan chiqib, go‘rga kiradigan gaplarni aytma. — Ha... to‘g‘ri aytding, go‘rga kiradi... — Bo‘tam, Ollohga tavakkul qiling, Ollohdan najot so‘rang. — Hadeb Olloh, Olloh deysiz... Ollohga so‘zingiz o‘tsa, ayting, o‘g‘limni qaytarsin. Bu gapni eshitgan Muhiddin ota beixtiyor ovozini ko‘tarib «Astag‘firulloh!» deb yubordi. Jalil esa «Voh!» deb nido qilganicha — boshqa gapirmasin, degan maqsadda uning og‘ziga kaftini qo‘ydi: — Tavba qil, bunaqa ahmoq gapni ayta ko‘rma, tavba qil! — Bo‘tam, shaytonga bo‘sh kelmang, shaytonni yenging, — dedi Muhiddin ota. — Shaytoni mag‘lub etishning eng oson yo‘li — masjidga chiqing. Masjid qurdirishning o‘zi kifoya emas, unga kirib, sajdaga bosh qo‘ying. Asadbek do‘stining qo‘lini chetga surib, Muhiddin otaga qaradi. Uning ko‘zlari g‘alati javdiradi: — Ota, mening Xudo bilan shartnomam bor: endi men uning uyiga qadam bosmayman, u menikiga kirmaydi. Bu gapdan Muhiddin ota seskanib ketdi. Jalil esa shapaloq tortib yubordi. So‘ng yelkasidan ushlab silkidi: — Tavba qil, ahmoq! Darrov tavba qil! Jalilning vajohatini ko‘rgan Muhiddin ota o‘rnidan turib, uni ajratdi-da, Asadbekning yelkasini siladi. Bu bosh, bu yelka necha yillar mobaynida silovchi bir mehribon qo‘lga muhtoj edi. Shirin so‘z nondek arzanda bo‘lgan kezlari haqorat eshitdi. Otaning mehribon qo‘llari silashi kerak bu betlarga «xalq dushmani»ning o‘g‘li deb tupurildi. Hozir silanayotgan yelka ne malomatlarni, ne tashvish tog‘larini ko‘tarmadi. Jalilning o‘zi ba’zan do‘stining bu dunyo alamlariga dosh berishiga qoyil qolib, «o‘rtog‘im tuproqdan emas, temirdan yaralgan», deb qo‘yardi. Hozir o‘sha ta’rifni eslab, «temirligi rost, yuragi ham temirga aylanib qolibdi», deb afsuslandi. Temir yurakni eritish yo‘lini bilolmay o‘zining boshini changallab, tebranib o‘tirdi. Bu manzarani ko‘rib turgan Manzura shiypon tomonga bir intildi-yu, qizi bilan kelinlarining ham shu yoqqa tikilib turganlarini ko‘rib, joyida qotdi. Vujudida mehribon qo‘lning taftini sezgan Asadbek ota qadrdonining ko‘ksiga bosh qo‘yishni, to‘yib-to‘yib yig‘lashni istadi. Ammo yolg‘izligida bostirib keluvchi yig‘i bu safar unga xiyonat qildi. — Sabr qiling, bo‘tam, toqatliga tog‘lar bosh egarkan. Ollohning «ey Odam farzandi, sabrli bo‘l va o‘zingni past tut, seni o‘zim oliy darajaga ko‘taraman», degan va’dasi bor. Bu ko‘rgulik siz bilan biz uchun Oldohning bir sinovi. «Faqat sinov emas, qilgan gunohlari uchun olgan mukofoti» deb o‘yladi Jalil. Muhiddin ota esa yig‘loqi bolani yupatayotganday mehribonlik bilan davom etdi: — Olloh biz, g‘ofil bandalarga aytadiki: «men bir mo‘’min kishini biron musibat yetkazib imtihon qilsam, u menga hamd aytib, mening imtihonimga sabr qilsa, gunohlardan onasi tuqqan kunidagidek pok bo‘lib turadi...» Ollohning shu marhamatiga yetishmoq siz bilan bizga nasib etgan. Jalil bu gapdan so‘ng armon bilan bosh chayqadi-da, yalindi: — Jon oshna, bir marta «tavba» deb qo‘ygin... — Ha, bo‘tam, «astag‘firulloh» deng... Ular Abdurahmon tabibnikida shifo topayotgan Asadbekning iymonga kirishiga ishonib, Yaratganga shukrlar aytishgan edi. Undan sal ilgariroq gap talashib qolishganda Asadbek iymonga da’vat etilishiga javoban yarim hazil, yarim chin ohangida «Ko‘ramiz, sening iymoning kuchlimikin yoki mening shaytonim qudratliroqmikin?» deb javob qaytarib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling