Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet270/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
Jalilning dilini xufton qilgan edi. O‘shanda ham Jalil tavbaga undagan, biroq do‘sti gapni 
hazilga burib yuborgan edi. Bu gap Jalilning yuragiga qirrali toshcha kabi o‘rnashib qolib, 
gohi-gohida qo‘zg‘olib azob berardi. Tabibning uyida do‘stining ruhi ham shifo 
topayotganini bilgan ondan bu toshcha eriy boshladi. Jalil uni butunlay erib bitdi, deb 
yanglishgan ekan. Asadbekning hozirgi gapidan so‘ng toshcha yana qo‘zg‘olib, 
shaytanatdan diyonatga o‘tmoq oson emasligiga imon keltirdi. Bu safar qirrali toshcha 
Jalilning yuragini qattiq tildi. Uning ruhi qaqshagandan qaqshadi. Agar oshnasi dard 
iskanjasida ezilmayotganida uni do‘pposlab qolishdan qaytmasdi, xumordan chiqish 
uchun ham do‘pposlardi. 
Agar bu onda Ollohning kalomini mukammal biluvchi olim ular huzurlariga kelib: 
— Siz shayton yetovidagi shu muhabbatsiz qalbga achinyapsizmi? G‘aflat uyqusidagi bu 
bandaning iymon sari yurishi aldamchi manzara edi. U Islomdan faqat foyda ko‘zladi. U 
iymon yo‘li bilan tijorat yo‘lini chalkashtirib yubordi. Manfaat va ziyon tarozusiga qarab 
yurmoqni ixtiyor etdi. Siz bilmaysizmiki, Olloh: «Odamlardan Ollohga bir tomonlama 
ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko‘ngli to‘lur. Agar unga balo 
yetsa, yuz o‘girib ketur. U dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko‘rur. Ana o‘sha ochiq-
oydin ziyondir*», deganida aynan shu birodarimiz kabilarni nazarda tutgan, — desa Jalil 
ham, Muhiddin ota ham unga zid gap aytolmagan bo‘lishardi. 
Muhiddin ota ikkinchi marta tavbaga da’vat etganidan so‘ng Asadbek xayolini jamlab, 
aytgan gapining ma’nosini angladi-yu, o‘zi ham qo‘rqib ketib, tavba kalimasini aytmoqni 
ixtiyor qildi. Biroq, «Azzz...» dedi-yu, u yog‘iga tili aylanmadi. Buni sezgan Muhiddin ota 
uni quvvatladi: 
— Xudoyim o‘zing kechir, deng, bo‘tam. 
Asadbek duduq bola kabi aytdi. 
Jalil bundan bir oz yengil tortib, o‘rtog‘iga qaradi-yu, uning terga botganini, og‘zida 
ko‘pik paydo bo‘lganini ko‘rib qo‘rqib ketdi. Muhiddin ota ham cho‘chib, shoshilganicha 
unga dam soldi. 
________________ 
* «Haj» surasining 11-oyatidan ma’no tarjima. («Tafsiri hilol»-dan) 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling