Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
268 ya?» degan tashvish o‘tsa-da, sir boy bermay «tashvishlanma, bu o‘tkinchi narsa», deb qo‘ydi. Do‘stining yonida yotib qolishini aytganida Muhiddin ota «bo‘tam battar qiynaladilar», deb shashtidan qaytardi. O‘zi esa Asadbekning qorovul bo‘lish haqidagi taklifini qabul qilgan bo‘lib, masjidga ko‘chib chiqdi. Asadbek o‘ziga ham xayrixohlik, ham tashvish bilan tikilayotgan ko‘zlarni his etib turardi. Ammo tungi talvasadan qutulishga o‘zida kuch topolmasdi. Qorong‘u tushishi hamon qorasoch kecha kokillari bilan uni bo‘g‘a boshlardi. Uyga kirdi, degunicha burchakda ko‘zoynakli ilon lunjini shishirib turgandek bo‘laverardi. Sukunatdan panoh topish umididagi Asadbekni sharpalar ta’qib etar, kimdir uning orqa tomoniga kelib olib, «ux» tortaverardi. Avvaliga «onamlarmikin», deb o‘yladi. Keyin bolaning tovushi keldi. — Samandar! — deb chaqirib, orqasiga o‘girildi: hech kim yo‘q... Yana xo‘rsindi. Yana bola... Kim bu? Abdulhamidmi? Yuragi potrayotgan Asadbek yana o‘girildi: hech kim yo‘q... So‘ng... ko‘zoynakli ilon o‘rnida otasini ko‘rib, u tomon yurdi. «Adajon!» deb quchoqladi. — Menman, toychoq, men keldim, — dedi otasi. — Adajon, sizdan tuproq isi kelyapti. — Nega ajablanasan? Axir men qabrdan chiqib kel-yapman-ku? — Ada, siz menga yog‘och chana yasab qo‘yuvdingiz, bolamni olib ketdingiz... — Bolangni olib ketuvchi men emasman... — Otasi shunday deb stol ustidagi ne’matlardan yeya boshladi. — Qorningiz ochdimi, ada? — Ochdi. O‘lik to‘ysa — tirik to‘yadi. Arvohlarni ziyofat qilmaysanmi? — Albatta, albatta mehmon qilamiz. Hammani chaqiring. — Asadbek shunday deb ochiq deraza yoniga kelib chaqirdi: — Manzura, tez kel, adamlarni mehmon qilamiz... Ada, keliningizning qo‘lidan bir piyola choy iching. Nevara kelinlaringizni ham chaqiraymi?.. Birdan hammasi yo‘qoldi: otasi ham, ilon ham, stol ustidagi ne’matlar ham... Atrofni zulumot bosdi... Bomdod azonini eshitib, ko‘zlarini ochdi: shiyponda yotibdi. Yonida qayg‘uli ko‘zlaridan yosh to‘kayotgan Manzura. Asadbek nima voqea yuz berganini idrok etolmay xotiniga tikilib yotdi. Masjid tomondan Muhiddin otaning tovushi eshitildi: — Hayya alal falax... Najotga chorlangan Asadbek joyidan jilolmadi. Kun yorishganda Jalil bilan Muhiddin ota kirib kelishdi. — Isitmang bor-ku, ukaxon, — dedi Jalil, Asadbek bilan ko‘risha turib, — shamolladingmi, deyman? — Shunaqaga o‘xshaydi, — dedi Asadbek. Kichik xontaxta atrofida nonushta qilishdi. — Jalil, tushimda adamlarni ko‘ribman, — dedi Asadbek, dasturxonga fotiha o‘qilgach. — Tushida o‘lik ko‘rgan, o‘ngida tirik ko‘radi. Sog‘ingan odaming kelib qoladi, — dedi Jalil. — Arvohlarni ziyofat qilish kerak... — Nima?! Nima deding? — Jalil «isitma aralash valdirayaptimi?» degan ma’noda Muhiddin otaga qarab oldi. — Shunaqa gap bor-ku? — deb izoh berdi Asadbek. — Gap bo‘lsa, bu bir bid’at! Nima dedingiz, otaxon? — Ha, bo‘tam, arvohlarni yo‘qlash duo bilan bo‘ladi. — Meni adam anchadan beri chaqirar edilar, aslida men ketishim kerak edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling