Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
267 — Mening o‘zimga yarasha baxtim bor. — Ana endi o‘zingga kelding. Sen baxt deb yurgan narsa, aslida baxtsizlik, oshnajon. Chunki sen hayoting-da sira ham baxt izlamading. Sen qasos izlading. Qasos izlab shu baxtsizligingni topding. Bolalikda adangni qamoqqa olib ketishayotganda «Men ularni o‘ldiraman», deganing hali ham qulog‘im ostida ja-ranglab turibdi. — Qasos olishim shart edi. Boshqacha yashashim mumkin emasdi. — Bir donishmandning gapiga qaraganda, agar kerak bo‘lsa, zaharni asal, cho‘chqani tog‘a, eshakni amaki, deyish kerak ekan. — Eshakni amaki deydigan dono senmisan? — Gapni boshqa yoqqa aylantirma. Sening yana bitta xatoing – do‘zax azobidan qo‘rqmading. — Do‘zax azobidan deysanmi?.. Jalil, oshnam, boshimga tushgan balolarni, azoblarni boshqalar bilmasa ham sen yaxshi bilasan. Sen meni do‘zax bilan qo‘rqitma. U yerda odam kuysa balki kuyar, lekin «xalq dushmanining bolasi» deb aftiga tupurishmas, a? Men ko‘rgan azoblar oldida do‘zaxing hech gap emasdir? — Do‘zax meniki emas... Sen azob, azob, deysan-u, lekin senga dushmanlaringdan ko‘ra ko‘proq do‘st deb yurganlaring zarar yetkazdilar. Chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, ammo do‘stning dushmanligidan qutulish qiyin... — Gapirish oson. Sening hayoting boshqa, meniki boshqa... — Sen hali shuni hayot deb bilasanmi?.. O‘shandagi bu suhbat osoyishta tarzda kechgan edi. O‘shanda Asadbek qalbida imonga moyillik uyg‘onay degandi. Lekin «tun zulmati muvaqqat, qalb zulmati abadiy» deganlaridek, Asadbek qalbi ko‘r sho‘rliklar toifasidan yulqinib chiqolmadi... Nomus kuchlilik qilib, Asadbek qiziga «o‘zingni os», degan maqsadda arqon tashlab chiqqanida farzand dog‘i nima ekanini idrok qilolmasdi. Balki o‘shanda Zaynab imillamay, ota amrini bajarganida Asadbek hozirgiday azob chekmasmidi, o‘zini oqlashga bahonalar topa olarmidi... Endi o‘zini oqlay olmaydi. Ayniqsa Iliko kelib-ketganidan keyin... Hamdardlik bildirgani kelgan Iliko Asadbekning ahvolini ko‘rib, topshirig‘ining natijasini aytishni lozim ko‘rmagan edi. Asadbek «iltimosim nima bo‘ldi?» deb ikki qayta so‘ragach, turmada qon olgan hamshiraning kim ekanini aniqlagani, lekin uning izsiz yo‘qolganini aytishga majbur bo‘ldi. Shuning o‘ziyoq Asadbekdagi gumonning to‘la haqiqatga aylanishi uchun kifoya bo‘ldi. Olovni olov bilan o‘chirish mumkin emasligini Iliko rad etmas edi, ammo qonni qon bilan yuvish mumkinmasligini tan olishni istamasdi. Shunga qaramay, u qasos o‘tida yonayotgan Asadbekni to‘xtatishni xohlardi. Asadbekka bu on nasihat kor qilmasligini bilib bemaslahat bir ish boshlamay turishni so‘radi. Abdulhamidning janozasi kuni yomg‘ir bir maydalab o‘tganicha havo ochilib ketdi. Shundan so‘ng osmon bulutdan holi bo‘ldi. Kunduzlari quyosh porlardi. Lekin Asadbekning xonadoni zulmat ichra qolaverardi. Kechalari Asadbek hovlisi ustidan suzib o‘tuvchi Oy chehrasida motam, yulduzlar ko‘zlarida esa alam zohir edi. Odam taftini odam olishini Asadbek kunduzlari his etardi. Tun kirdi, deguncha uning isitmasi ko‘tarilib, alaxsiray boshlardi. Manzuraga farzand dog‘i azobi kamlik qilib, erining tungi talvasalari ming g‘amiga yana g‘am qo‘shardi. Manzura qaynonasining hajri qarobatga chidolmay aqldan ozganini eshitgan edi. Erining kech kirishi bilan o‘zgarishi uni tashvishga solib, Jalilga aytdi. Jalilning ko‘nglidan ham «onasiga o‘xshab jinni bo‘lsa- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling