Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
281 yigitlaring shu yerda turishadi. Bir hafta ichida pul kelmasa, bularning o‘liklarini olib ketasan. Ha, olib ketasan. Bu yerga ko‘mdirmayman ularni. Katta boylik havasida yo‘lga chiqqan Xongirey orqasidan tepki yeb xorlangan it kabi Moskvaga qayt-di-yu, Kesakpolvonni chaqirtirdi.Xongireyning rejasini o‘zicha to‘g‘ri o‘qigan Asadbek aynan shu yerda yanglishdi: Xongirey nima gap bo‘lganini surishtirish uchun o‘zi kelmay, aybdorlarni chaqirtirishni ma’qul ko‘rdi. 4 Moskvaga shoshqich chaqirtirilganlarining boisini Mamatbey ham, Kesakpolvon, Jamshid ham bilishmas edi. Xongirey ularning har biri bilan alohida, alohida gaplashdi. Unga qadar Kesakpolvon ham, Jamshid ham zindon kabi qop-qorong‘u va zax yerto‘lada mahbus kabi saqlandilar. Jamshid o‘z vazifasini bexato bajargan edi. U polshalikning vafotidan keyingi bo‘lajak voqealardan bexabar edi. Keyingi ishlardan faqat Mamatbey bilan Kesakpolvongina xabardor edi. Shuning uchun Jamshidning boshi ustidagi gumon buluti tarqalib, Kesakpolvon tomonda quyuqlashdi. Polkovnikning tobuti yonida ham, krakovliknikida ham Kesakpolvon turgan edi. U tobut qopqog‘ini mahkam mixlatib, qotirib ketgandi. Ketishi bilan Tarzanning kelishi, tobut ochilib, qoradori olinishi, marhumning qorni avvalgiday tikib qo‘yilishini u yetti uxlab, bir tushida ko‘rmagan edi. Masalaga qorinni yorgan do‘xtir oydinlik kiritishi mumkin edi. Ammo Xongirey Kesakpolvonga bunday imkoniyat bermadi. Jamshid bilan qaytgan Mamatbey o‘sha odamni qidirdi. Biroq, topolmadi. Xongirey «Asadbekka sovg‘a», deb bir quti berib yuborgan edi. Jamshid unda nima borligini taxminan bilganligi uchun ko‘rsatgisi kelmadi. Lekin sovg‘a olib kelganini bildirdi. — Ko‘rsat,— deb talab qildi Asadbek. Jamshid uni uyga olib kirishni istamadi. Asadbek ko‘chaga chiqqach, mashina yukxonasini ochib, quti bog‘langan shoyi tasmani yechdi. Jamshidning taxmini to‘g‘ri edi — qutida Kesakpolvonning kallasi yotardi. Asadbek unga uzoq tikilmadi. Bir paytlar uning yuziga tupurgan lablar go‘yo alam bilan qimtilgan edi. Chaqchayib qolgan ko‘zlar esa go‘yo «Men o‘lmaganman, tirikman, men o‘lmayman» deya-yotganday edi. Asadbek bu o‘lik basharaga tupurgisi, tupurib xumordan chiqqisi keldi. Biroq o‘zini tutdi. Qutining qopqog‘ini yopdi-da: — Ko‘mdirib qo‘y, — dedi. — Qaerga? — deb so‘radi Jamshid. — Malla go‘rkovga ayt, Hosilning go‘riga qo‘ysin. Jamshid mashinaga o‘tirayotganida Asadbek uni to‘x-tatdi: — Mallaga tayinla, ko‘zlarini yumdirib, keyin qo‘ysin. Go‘rkov xarchand urinmasin, qotib qolgan mijjalar yumilmadi. Shundan so‘ng u ochiq ko‘zlar ustiga bir hovuch tuproq to‘kdi-da, lahad ustidan tuproq tortdi. Bu dunyoga sig‘ishmay, talashgan ikki odam bir lahadda jam bo‘lishdi... Bir haftadan so‘ng pochtachi Asadbeknikiga qalin xatjild tashlab ketdi. Asadbek birovga xat ham yozmasdi, maktub ham olmasdi. Shuning uchun ajablanib, jild-ni ochdi. Undan gazeta chiqdi. Yarim betga yaqin joyni egallagan maqola o‘rtasida Xongireyning rasmi bor edi. Yo‘g‘on harflar bilan «XX asr: Girey xonning hojatxonada o‘ldirilishi» deb sarlavha qo‘yilgan maqola «O‘tgan kuni Moskvada «Xongirey» nomi bilan mashhur |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling