Microsoft Word sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish doc
Download 66.12 Kb.
|
xidirova Munisa Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish
KURS ISHINING TARKIBIY TUZILISHI. Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
bob. Sinfdan tashqari oʻqishni tashkil etish metodlari Boshlangʻich sinflarda sinfdan tashqari oʻqishga kichik yoshdagi oʻquvchilarni ona tilini puxta oʻzlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari oʻqishning maqsadi kichik yoshdagi oʻquvchilarni bolalr adaboyoti va xalq oʻgzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir. Sinfdan tashqari oʻqish dasturining mazmuniga koʻra ta’limning har bir bosqichida ikki-asosiy boʻlimga ajratiladi. boshqichda oʻqish doirasi,ya’ni oʻqitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda oʻqish bilan tanishtirish yuzasidan oʻquvchilarga koʻrsatma beriladi. bosqichda shu oʻquv materiallari asosida bilim,koʻnikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy oʻrta ta’limning Davlat standartlari va oʻquv dasturiga koʻra 1-sinfda sinfdan tashqari oʻqish mashq’ulotlarida savod oʻrgatish darslarida hosil qilingan koʻnikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan,istiqlol,milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlari kengay-tiriladi,boyitiladi. Sinfdan tashqari oʻqish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod oʻrgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adaboyoti bilan tanishtiriladi.Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uygʻotish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir.Asosan bu sinf oʻquvchilariga kitob bilan muamola qilish,kitob oʻqish qolidlari, kitobni asrash,asar qhramonlarining hatti-harakatlarini kuzatish,ijobiy tamonlarni oʻrgamnish,obrazli qilib qayta hikoya qilib berish, bilim,koʻnikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf oʻquvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi.Oʻqituvchi bolalarning his-tuygʻularini oʻstiradigan kitoblarni oʻqib berish orqali mustaqil mamlakatimiz,uning goʻzal shaharlari,qishloqlari,milliy urf-odatlari,qadriyatlari,oʻtmishi,insonlarning orzu- istaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi. 2-sinfda oʻquvchilar kichik hajmdagi asarlarni oʻqituvchining yordami va topshirrigi asosida mustaqil oʻqishga oʻtadilar.Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari oʻqish darlari oʻtkaziladi.Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati,oʻsimliklar,qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini oʻqituvchi topib,tanlab oʻquvchilarga oʻqish uchun tavsiya qiladi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlarida oʻquvchilarning mustaqil oʻqishlari uchun kishilarninig hayoti,yorqin tasvirlardan,ularning ma’naviy- ahloqiy turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4 sinflarda sinfdan tashqari oʻqish darslari ikki harflarda bir marta oʻtkaziladi.Bu sinflarda oʻqituvchi sinf kutubxonasida kerakli boʻlgan oʻquvchilar yoshiga mos kitoblarni oʻqish darslari ikki haftada bir marta oʻtkaziladi.Bu sinflarda oʻqituvchi sinf kutubxonasiga kerakli boʻlgan oʻquvchilar yoshiga mos kitoblarni toʻplashni davom ettiradi.Sinfdan tashqari oʻqish burchagi turlicha bezatishi mumkin.Bunda oʻqituvchi va oʻquvchilar hamkorlikda ish olib boradilar.Badiiy va ilmiy-ommsbop asarlar mustaqil ravishda va izchil oqib borilsagina,oʻquvchilarning dunyoqarasglarini kengaytirishga,shakllantirishga xixmat qiladi. Sinfdan tashqari oʻqish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat uygʻotish,boglanishli nutqni oʻstirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo oʻzining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning goʻzalligi,tilning ifodaliligi,she’riy soʻzlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham koʻrsatadi.Bolalar adabiyoti oʻquvchilarga jonajon oʻlka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan ishlari va koʻrsatayotgan qahramonliklari,bolalar hayotidan olingan voqelikni,bolalarning oʻyinlarini tushunshga oʻrgatadi. Download 66.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling