Microsoft Word sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish doc


Download 66.12 Kb.
bet7/11
Sana29.03.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1307504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xidirova Munisa Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish

T a y yo r l o v b o s q i ch i:

Bu 1-sinfning savod oʻrgatish davriga toʻgʻri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun STU mashgʻuloti deb yuritiladi. Uning oʻziga xos xususiyatlari shundaki, oʻqituvchi asarni oʻzi tanlaydi, asarning kichik hajmda boʻlishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni oʻzi oʻqib beradi. Oʻquvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga oʻrgatiladi,
asar mazmunini hikoyalab berishga oʻrgatiladi. Oʻqish gigienasi,kitobga qanday munosabatda boʻlish bilan tanishadilar.



      1. B o sh l a n i ch b o s q i ch:

1-sinfning 2-yarim yilligiga toʻgʻri keladi. 1 va 2 –bosqichdagi STU haftada 1 marta oʻtkaziladi. Boshlangʻich bosqichda 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan asar yaxshi oʻqiydigan oʻquvchiga maxsus tayyorgarlikdan soʻng oʻqitiladi. Asarning oson oʻqiladigan oʻrinlarini boʻsh oʻqiydigan oʻquvchilarga oʻqitish mumkin. Bu ularda oʻqishga qiziqish uygʻotadi. Asar oʻqilgan oʻquvchilar asar nomini, muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.



      1. A s o s i y b o s q i ch:

2-4 sinfga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻquvchilarning oʻqish malakalari mustaqkamlanadi. Bu bosqichda oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqiganlariga baho quyiladi. Baho qoʻyishda dastur talablariga asoslaniladi: sinfning umumiy ishlariga qatnashishi, oʻqigan kitoblarining sifat oʻzlashtirishiga miqdoriga, oʻqigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda oʻquvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni oʻqib keladilar, ularning ayrim oʻrinlarini ifodali oʻqib beradilar, oʻqigan asarlarini oʻzaro taqqoslaydilar.
STOʻ darslarini xususiyatlari. STOʻ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari, oʻquvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni oʻqituvchi oʻqib bersa, oʻqilganlari yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash oʻtkazilsa, boshlangʻich bosqichda butun sinf oʻquvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha oʻquvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar koʻrgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichida oʻqishga topshirilishi ham mumkin, al’bomlar tayyorlanadi,kinofil’m,diafil’mlardan
parchalar koʻrsatiladi, musiqiy daqiqalar oʻtkaziladi, asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdiriladi, kitobni saqlash maqsadida kitobni yamash, urash oʻrgatiladi,
«ertaklar bayramlari», «Ifodali oʻqish konkursi» oʻtkaziladi.
Asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, oʻquvchilar oʻqiganlarini taqqoslashga umumlashtirishga, xulosalashga oʻrgatiladi. Qahramonlarni elementar tavsiflaydi. Rollarga boʻlib oʻqishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STU darslari 2-sinfda haftada 1 marta,3-4 sinflarda 2 haftada 1 marta oʻtkaziladi. Oʻquvchilar mustaqil oʻqishga oʻrgatiladi, ular «Gʻuncha», «Gulxan» jurnalari bilan, «Tong yulduzi» gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda oʻzbek, qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Qoʻshimcha sahnalashtirishlardan foydalaniladi. Bir darsga oʻquvchilar bir nechta asarlar oʻqib kelib, ular haqida oʻz fikrlarini aytib beradilar. Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar. Yozuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. Shu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi.



Download 66.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling