Microsoft Word sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish doc


Download 66.12 Kb.
bet5/11
Sana29.03.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1307504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xidirova Munisa Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish

1.1. Sinfdan tashqari oʻqishning maqsad va vazifalari.
Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar oʻz orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida koʻrishni istaydilar.Shu sababdan ham oʻquvchilarga ertaklarni oʻqishga tavsiya qilinadi.Ertak oʻqigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir,jasur boʻlishga intiladilar.Oʻquvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir boʻlagiman,men oʻz xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib boʻlib ulgʻayishim kerak desalargina oʻz xalqini munosib farzandlari boʻla oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.”Uch ogʻayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va Toʻgʻri” kabi bir qator ertaklar oʻquvchilarning sevimli ertaklaridir.Oʻquvchilar bu ertaklardan kishi oʻz mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni oʻqituvchi yordamida tushinib yetadilar.
“Ur toʻqmoq” ertagining bola harakterining shakllanisida alohida oʻrni bor: ertak yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon boʻlish kerak degan muhim qoidani oʻrtaga tashlaydi.Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxon”larini zoʻrovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur toʻqmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.
Sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlari oʻqish darslari bilan bogʻlab olib boriladi.Oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar,soʻngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga oʻtadilar.Bunga asosan oʻqituvchi oʻquvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib,bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham oʻquvchilarga ertak,hikoyalar oʻqishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari oʻqish darslari,oʻqish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari oʻqish darslari boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan barcha predmet dasturlarining boʻlimlari bilan bevosita bogʻliq.
Oʻqish darslarida oʻtilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish oʻquvchini ijod qilishga undaydi.
Har bir sinfda sinfdan tashqari oʻqilgan barcha asarlarni oʻquvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin.Bu boladagi nutqni rivojlantirishga,lugʻat boyligini oshirishga yordam beradi.Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan oʻquvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati oʻsadi.Hatto sahnalashtirish oʻquvchini har tomonlama yoʻnaltiradi,ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi,suxandonlik,rejissorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni oʻrgata boshlaydi.Asarni sahnalashtirishga davrida albatta oʻqituvchi rahbarlik qiladi.Oʻquvchilar ifodali oʻqishlari oʻquvchilarda zavq-shavq uygʻotib kitobga,badiiy asarga havas,uni oʻqib oʻrganishga intilish uygʻtoadi.Sinfdan tashqari oʻqish darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim.Q.Muhammadiy,P.Moʻmin,Z.Diyor,A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotadi.Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi oʻquvchilar oʻrtasida turli mavzularda ijod ahli boʻlgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak.Bunday uchrashuvlar oʻquvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi.Kitobni,asarni qanday paydo boʻlishini,uni hurmat qilish, asrab-avaylashni oʻ’rgatadi.Shunday qilib badiiy adabiyot,bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish,yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi.Ularda hayot goʻzalligini idrok etishga oʻrgatadi.Soʻz san’ati badiiy asarda oʻz ifodasini topadi.Xalq badiiy soʻzning yosh avlod tarboyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan.Badiiy soʻz xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan.Buning uchun esa oʻquvchi albatta ogʻzaki xalq ijodni yaqindan oʻrganishi lozim.Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday oʻquvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard,jasur,vatanparvar,mehribon boʻlishga,topishmoqlar oʻqir ekan,topogʻon,bilimdon,zukko boʻlishga intiladi.Shu bilan bir qatorda sinfdan tashqari oʻqish darslarini samaradorligini oʻstirishda “Sinfdan tashqari oʻqish”
burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega.Chunki “Sinfdan tashqari oʻqish burchagi turlicha bezatilishi mumkin.Bu ishlar oʻquvchilarning ilgʻor pedagogik mahoratiga va ijodkorligiga bogʻliqdir.”Sinfdan tashqari oʻqish burchagi” qanday bezatilmasin,u yerda topshiriq,,rasm va shu kabilarni ishlab ilib qoʻyish uchun taxta yoki kitob javoni boʻlishi shart.(150x100) kattalikdagi stend devorga qistirilib,uning tepa qismiga “Sinfdan tashqari oʻqish burchagi” deb yozub qoʻyiladi.Oʻquvchilar navbatdagi sinfdan tashqari oʻqish darsigacha oʻqishlari uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati unga joylashtirilishi mimkin. Masalan:“ Doʻstlik” mavzusida sinfdan tashqari oʻqish burchagi tashkil qilsak ishni quyidagicha bajaramiz.

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar:

Ertak asosida chizilgan sur’atlar va
aplikassiyalar.

_ 1.”Laylak bilan tulki” Oʻzbek xalq ertagi. 2.”Arslon bilan it”. Lev Tolstoy.
3.”Kapalak” Zulfiya. Sherlar toʻplami. 4.”Oʻtinchi yigit bilan sher” ertak.

  1. ”Koʻngilchan oʻtinchi” ertak.

  2. ”Asalari bilan pashsha” ertak.


Oʻqilgan adabiyotlar. Oʻquvchilar
tavsiya qiladigan adabiyotlar.

Oʻquvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.Oʻzlariga yoddan asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida oʻqigan kitoblari asosida sahna koʻrininshlari tayyorlaydilar,monolog va diologlar oʻiydilar.Savol-javob,test uslublaridan foydalanadilar.


Darsllar jarayonida oʻzgangan xalq maqollari,hikmatli soʻzlar,tez aytishlardan foydalanib oʻquvchilarning oʻgʻzaki nutq koʻnikmalarini shakllantiish,mustaqil fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishga ega boʻladilar.
Masalan:”Mexnatsevarlik” mavzusida quyidagi interfaol uslublardan foydalanish mumkin.



Mehnat-mehnatning. raxat

Mehnat keltirar

Xunar-xunardan unar

Ishlagan tishlaydi,
Ishlamagan ......

Ishlaganing uyingga,
oʻrganganing ........

Halol mehnat yahshi odat,
berar senga .......

Yigit kishiga .......

Xarakating erta boʻlsa
Kyzda oʻrasan.

Gap bilan berma,
Ish bilan dalda ber

Mehnat bersa toʻyimli.

Kelajagimiz boʻlgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sogʻlom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli, ammo sharafli kasbimizni bajarishda izlanuvchan ijodkor boʻlishimiz zarurdir.Chunki yurtboshimiz aytganidek, ”Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli boʻlishlari shart”


    1. Download 66.12 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling