Microsoft Word sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish doc


Download 66.12 Kb.
bet6/11
Sana29.03.2023
Hajmi66.12 Kb.
#1307504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xidirova Munisa Sinfdan tashqari asosiy bosqich darslarini tashkil etish

Sinfdan tashqari oʻqishda yosh xususiyatlarini hisobga olish

Maktabdagi tarbiya ishlari, avvalo ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga ta’lim berishda faqat ma’lum bilimlargagina berish bilan cheklanmay, ularda kuchli e’tiqod, iroda va xarakter sifatlarini ham tarkib toptirishi, qobiliyat va iste’dodlarini oʻstirish kerak.


Maktabda ta’lim- tarbiya ishlarini yaxshilashda, oʻquvchilarning har tomonlama kamol topishida sinfdan tashqari oʻqish darslarini muntazam ravishda oʻtkazib turish yoshlarning hayotda oʻz oʻrinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir.
Bolalar va oʻsmirlar ta’limga boʻlgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab ehtiyojlarini undirish ularning boʻsh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoa tashkilotlari shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun, mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirishi kerak: ta’lim berish va kamol toptirishga yoʻnaltirilgan xizmatlar koʻrsatuvchi muassasalar tarmogʻini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini koʻpaytirish;
Milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilgʻor tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya sogʻlomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq xunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
Sinfdan tashqari oʻqishning asosiy maqsadi, oʻquvchilarni kitoblarga, badiiy asarlarga qiziqishlarini oshirish, bilimlari asosida kitob ustida ishlash yuzasidan koʻnikma va malakalar hosil qilish, dunyoqarashi va nutqlarini oʻstirish hamda kutubxonada mustaqil ishlash tajribalarini paydo qilishdan iboratdir. Boshlangʻich
ta’lim va nutq oʻstirish dasturida sinfdan tashqari uqishning maqsadi oʻquvchilarning bilimlarini kengaytirish, kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash, kitob bilan mustaqil ishlash malakasini takomillashtirish, ularning kitob oʻqishga qiziqishlarini oshirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yosh kitobxonlarda kitobni mustaqil oʻqishga havas uygʻotish; yosh xususiyatlariga mos boʻlgan adabiyotlar va ularning turlari bilan oʻquvchilarni tanishtirish, mustaqil oʻqish uchun kitob tanlash, tanlangan kitoblarni ongli ravishda oʻqib, oʻqilganlarning mazmunini idrok etish, fikrlash, mulohaza yuritishga oʻrgatish talab etiladi. Sinfdan tashqari oʻqish uchun kitob tanlashda uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari oʻqish sinfdagidek dars shaklida emas, balki suhbat, ertaklik, mustaqil oʻqish kabi turli koʻrinishlarda amalga oshiriladi. Ammo, oʻqish dasturidagi talablar asosida, sinfdagi dars mashgʻulotlari bilan bogʻliq holda oʻquvchilar bilimini kengaytirish, oʻqish koʻnikma va malakalarini oʻstirish maqsadida guruh tartibda olib boriladi.
Sinfdan tashqari oʻqish uchun oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi materiallari, oʻzbek bolalar yozuvchilari asarlari va Oʻzbekiston tabiati manzaralari asos qilib olinadi. Sinfdan tashqari oʻqish bolaning sinfda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi. Oʻquvchi maktabga qadam qoʻygan kundan boshlab kitobni mustaqil oʻqish malakalari shakllana va bosqichli amalga osha boradi.




      1. Download 66.12 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling