Microsoft Word soliha ayollar ziyouz com doc


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/55
Sana05.01.2022
Hajmi154.05 Kb.
#232299
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
Bahriddin Umrzoq. Soliha ayollar

 

Ummu Muhammad 

(quddisa sirruho) 

 

Shayx Abu Abdulloh ibn Xafifning volidai muhtaramasidir. Obida va qanoatli xonimlardan 



edi. Abu Abdulloh ibn Xafif bilan dengiz yo‘li bilan hajga borgan. Bu obida ayolning 

mukoshafa (kashfu karomatlari) va mujohada (riyozatlari) juda ham ko‘p. 

 

Aydilarki, Shayx Abu Abdulloh ibn Xafif ham Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida tunlarini 



ibodat bilan kechirardi. Qadr kechasi kelganida tomga chiqib namoz o‘qir edi. Ana 

shunday bir kecha uning onasi uy ichida Haq taologa mutavajjih (sidqu ixlos bilan 

yuzlangan holatda) o‘tirgan edi. Tuyqus qadr kechasining fayz va nuri zohir bo‘la 

boshladi. Shunda “Muhammad, bolajonim! Qaerdasan? Sen u yerda izlayotgan narsa bu 

yerdadir”, deya ovoz berdi. Shayx tomdan pastga tushdi va porlab jilvalanayotgan 

nurlarni ko‘rib, volidasining oyoqlariga o‘zini otib o‘pdi, yig‘lay boshladi. 

 

Shayx (Abu Abdulloh ibn Xafif) keyinchalik shunday degan: “Men onamning qadru 



qiymatini ana o‘shanda yana bir karra bilib olganman”. 

 


Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling