Tuhfa
(quddisa sirruho)
Sirriy Saqatiy (quddisa sirruh) hikoya qiladi: “Bir kecha uyqum qochdi, tahajjuddan ham
mahrum qoladigan darajada iztirobli va behuzur bo‘ldim. Bomdod namozini o‘qigach, bu
iztirob va behuzurligimdan qutilaman degan o‘y bilan tashqariga chiqdim. Aylandim.
Ammo hech foyda bermadi. So‘ng dardmandlarni ko‘rib achinar, ibrat olar, shu tariqa
tasalli olarman deya ruhiy shifoxonaga bordim. U yerga kirdimu, ichim yorishdi, ko‘nglim
tinchlandi, rohat topdim. Nogahon, u yerda benihoya go‘zal, yoshgina joriya (qiz)ni
ko‘rib qoldim. Qimmatbaho kiyimlar kiygan. Undan dimog‘imga shirin, ajoyib bir xush
bo‘y urildi. Yuzi go‘zal, chehrasi ochiq, chiroyli ko‘rinishi bor edi. Qo‘llari va oyoqlari
bog‘langandi. Meni ko‘rib ko‘zlari porlab, sevinchga to‘ldi, bir miqdor she’r o‘qidi.
Shifoxona egasidan bu qizning kimligini so‘radim. “Devona bo‘lib qolgan bir joriya, –
dedi u. – Xo‘jayini, zora aqli kelib qolar degan umidda qo‘l-oyog‘iga zanjir taqib, bu
yerga olib keldi”. Joriya uning so‘zlarini eshitar ekan, bo‘g‘zida tugun bo‘lgan yig‘isini
ko‘zlarida yosh bilan aritdi va mana bu baytlarni o‘qiy boshladi:
“Ey, odamlar! Men majnun emasman,
Mastman, ammo qalbim uyg‘oq!
Begunoh bo‘lganim holda qo‘llarimni bog‘ladingiz,
Birdan bir gunohim – bor kuchim bilan Uni sevmoq.
Va bu da’vo yo‘lida xor-zorlikka tayyor bo‘lmoq.
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
Do'stlaringiz bilan baham: |